dr hasan
🏥kliniki*
Bachadon bo‘yni kasalliklari
07.09.2023 · 👁 1,181

Bachadon bo‘yni kasalliklari

 
Aksariyat hollarda bachadon bo‘yni kasalliklari deyarli belgilarsiz kechadi va ayol shifokor huzuriga rejali ko‘rikka kelganida aniqlanadi. Aynan shuning uchun barcha ayollarga yiliga kamida ikki marta ginekologda profilaktik ko‘rikdan o‘tish tavsiya etiladi.
 
Ba’zan bachadon bo‘ynidagi o‘zgarishlar jinsiy yo‘llardan hayz sikli bilan bog‘liq bo‘lmagan, ko‘pincha jinsiy aloqa yoki jismoniy zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladigan qonli ajralmalar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu shifokorga rejadan tashqari borish uchun albatta sabab bo‘ladi.
 
Bachadon bo‘yni kasalliklari paydo bo‘lishiga gormonal buzilishlar, og‘ir, jarohatli tug‘ruqlar, abortlar, boshdan kechirilgan yuqumli va yallig‘lanish kasalliklari, immunitetning umumiy zaiflashuvi sabab bo‘lishi mumkin.
 
Bachadon bo‘yni kasalliklari diagnostikasi
Bachadon bo‘yni kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlashning asosiy vositasi ginekolog shifokor ko‘rigidan muntazam o‘tishdir. Buning uchun bachadon bo‘ynini ko‘zgular yordamida ko‘zdan kechirishdan tashqari, kolposkopiya (bachadon bo‘ynini maxsus mikroskop yordamida ko‘rish ) va bachadon bo‘ynidan olingan qirindini sitologik tekshirish (PAP-test) kabi aniqroq tekshiruv usullari qo‘llanadi.
 
Bachadon bo‘yni - bu bachadonning qin orqali ko‘rikda ko‘rish mumkin bo‘lgan qismi. Uning ichida bachadon bo‘shlig‘iga olib boradigan servikal kanal joylashgan. Bachadon bo‘ynining 2 qismi ajratiladi: ichki -endoserviks (servikal kanal tomonga qaragan) va tashqi-ekzoserviks (qin tomonda joylashgan). Endoserviks yuzasi me’yorda silindrsimon epiteliy bilan, ekzoserviks yuzasi esa -yassi epiteliy bilan qoplangan. Faqat qizlarda ma’lum yoshgacha silindrsimon epiteliy hujayralari bachadon bo‘ynining ichki qismi chegarasidan chiqib, bachadon bo‘ynining tashqi qismini qoplaydi. Me’yorning bu variantini "tug‘ma eroziya" deb atash qabul qilingan.
 
Bachadon bo‘ynining tashqi va ichki qismi tutashgan joyda joylashgan soha transformatsiya zonasi deb ataladi. Bu rezerv hujayralar manbai bo‘lgan o‘ta muhim zona. Bular ham yassi, ham silindrsimon epiteliy hujayralariga aylana oladigan hujayralar turidir. Bachadon bo‘ynining turli kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli jarayonlar ko‘pincha aynan shu yerda kechadi.
 
Bachadon bo‘yni kasalliklari
Bachadon bo‘ynining asosiy patologiyalariga quyidagilar kiradi:
 
bachadon bo‘yni eroziyasi - bu shunday o‘zgarishki, unda bachadon bo‘ynining tashqi qismida (ekzoserviksda) turli o‘lchamdagi silindrsimon epiteliy hujayralari sohasi aniqlanadi. Ko‘pincha bachadon bo‘yni eroziyasi "yara" yoki shikastlangan sohaga o‘xshab ko‘rinadi;
bachadon bo‘yni leykoplakiyasi - bu bachadon bo‘ynidagi oqimtir dog‘, uni o‘ziga xos qadoqqa o‘xshatish mumkin. Bu kasallik ko‘pincha virusli tabiatga ega. Leykoplakiya saraton oldi holatlari rivojlanishi bilan zo‘rayib borishi mumkin.
endometrioz - bachadon devori ichki qavati hujayralarining uning chegarasidan tashqarida o‘sib ketishi;
poliplar - servikal kanal shilliq qavatida turli tuzilishdagi o‘smalarning paydo bo‘lishi.
ektropion- bu servikal kanal bir qismining qin tomonga ag‘darilib chiqishi. Ko‘pincha tug‘ruqdan keyin yuzaga keladi.
bachadon bo‘ynining retension kistasi (nabot kistalari) - bachadon bo‘ynida ichida to‘planib qolgan sekret bilan to‘lgan, yopilib qolgan va kengaygan bezlarning paydo bo‘lishi;
bachadon bo‘yni papillomalari va kondilomalari - bachadon bo‘ynidagi virusli ko‘rinishlar;
bachadon bo‘yni displaziyalari - xavfli o‘smaga aylanish xavfi yuqori bo‘lgan atipik hujayralar mavjudligi bilan tavsiflanadigan saraton oldi kasalliklari.
bachadon bo‘yni karsinomasi - bachadon bo‘yni saratoni.
Bachadon bo‘yni kasalliklarini davolash
Bachadon bo‘yni kasalliklarini davolashning turli variantlari orasida zamonaviy tibbiyotda radioto‘lqinli usulga ustunlik beriladi. «Kuydirish» chandiq qoldirgan va tug‘magan bemorlar uchun mumkin bo‘lmagan davr o‘tib ketdi. Endi Surgitron apparatida samarali va og‘riqsiz radioto‘lqinli muolaja yordamida kasallikni davolash va bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishi xavfini bartaraf etish mumkin.
 
Ushbu usul bachadon bo‘yni kasalliklarini davolashning oltin standarti hisoblanadi, tug‘magan bemorlarga to‘g‘ri keladi, tajribali ginekolog jarrohlar tomonidan ambulator sharoitda bajariladi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar