19.10.2018 · 👁 2,777
VITAMED MEDICAL KLINIKASINING UROLOGIYA BO‘LIMIDAGI OPERATIV ARALASHUV TURLARI
Urologik kasalliklar «faqat erkaklarga xos» degan ishonch, afsuski, bugungi kunda ham saqlanib qolmoqda. Ko‘plab ayollar o‘z muammolari bilan yanglishib ginekolog va boshqa shifokorlarga borib, vaqtni boy beradi va kasallikni o‘tkazib yuboradi. Erkaklar ham o‘zida urologik kasallik belgilarini payqaganda, qaysi shifokorga murojaat qilish kerakligini har doim ham bilavermaydi. Aslida shunday kasalliklar borki, ularni yengishda har ikki jins vakillariga faqat urolog yordam bera oladi.
Terapevtik davolashdan tashqari, VITAMED MEDICAL klinikasining urologiya bo‘limida jarrohlik faoliyatining asosiy yo‘nalishi endourologiya va kam invaziv jarrohlikdir.
Ushbu maqolada VITAMED MEDICAL klinikasining urolog shifokori urologiya bo‘limidagi operativ aralashuv turlari haqida so‘zlab beradi.
Endourologik operatsiyalar turlari:
Prostata bezi adenomasini transuretral lazer yordamida olib tashlash (sinonimlari: prostata TUR i, prostata adenomasi enukleatsiyasi, prostata adenomasining plazmali ablyatsiyasi) – bugungi kunda prostata bezi adenomasini davolashda oltin standart hisoblanadi va prostata to‘qimalarini tashqi kesmalarsiz olib tashlash usulidir.
Buyrak toshlarini teri orqali olib tashlash (sinonimlari: perkutan nefrolitotripsiya, perkutan nefrolitolapaksiya)
Bu operatsiyaning o‘ziga xosligi uning kam invazivligida — toshlar buyraklardan teridagi kichik kesma orqali olib tashlanadi. Bu usul buyraklardan yirik va marjonsimon toshlarni olib tashlashning eng samarali va xavfsiz kam invaziv usullaridan biri. Usulning mohiyati shundaki, tosh buyrakdan beldagi kichik teshik orqali buyrakning kosacha-jom tizimiga kiritilgan naycha orqali olib tashlanadi.
Siydik nayi toshlarini lazer yordamida olib tashlash (sinonimi: kontakt ureterolitotripsiya)– bu parchalovchi asbobni (litotriptorni) pastroqda joylashgan siydik yo‘llari orqali toshga yaqinlashtirib, siydik nayi toshlarini parchalashdir. U masofaviy litotripsiya samara bermagandan so‘ng siydik nayining o‘rta va pastki 1/3 qismidagi toshlarda qo‘llaniladi.
Shuningdek, quyidagi endourologik operatsiyalar o‘tkaziladi:
Siydik pufagi toshlarini lazer yordamida olib tashlash
Siydik nayini stentlash (ichki va tashqi siydik nayi stentini o‘rnatish)
Nefrostomik drenajni teri orqali punksion o‘rnatish (ChPNS)
Uretra strikturalarida lazerli uretrotomiya
Siydik nayi torayishini lazer yordamida bartaraf etish (jom-siydik nayi segmenti strikturalarida endopiyelotomik stent o‘rnatish bilan endopiyelotomiya, balonli dilatatsiya, bujlash)
Siydik pufagi, kistalar, o‘smalarning transuretral rezeksiyasi (TUR)
Sistostomiya
Diagnostik ureterorenoskopiya
Sistoskopiya
Siydik pufagi biopsiyasi bilan sistoskopiya
Laparoskopik operatsiyalar turlari:
Retroperitoneoskopik jarrohlik - bu buyraklar va siydik naylarida operatsiyani qorin parda orti bo‘shlig‘i orqali teshiklar yordamida bajarishdir. Bu zamonaviy urologiyaning nisbatan yosh yo‘nalishi. Retroperitoneoskopik jarrohlikning asosiy xususiyati shundaki, barcha aralashuvlar deyarli kesmalarsiz - teridagi kichik teshiklar orqali (diametri 5 va 10 mm bo‘lgan asbob bilan) videoskopik nazorat ostida amalga oshiriladi.
Jom-siydik nayi segmentining laparoskopik plastikasi-inson siydik ajratish tizimining shu qismidagi buzilishlarni davolashda eng samarali operatsiyalardan biri.
Agar ilgari laparoskopik plastika yonboshdagi bitta kesma yordamida qilingan bo‘lsa, bugungi kunda bu operatsiya qorin bo‘shlig‘ining old devoridagi 3-4 ta teshik yordamida o‘tkaziladi.
Bujmaygan buyrakning laparoskopik va retroperitoneoskopik nefrektomiyasi.
Nefrektomiya buyrakni olib tashlashni anglatadi. Operatsiya qorin bo‘shlig‘i orqali — transperitoneal yo‘l bilan va qorin parda orti bo‘shlig‘i orqali — retroperitoneal yo‘l bilan o‘tkazilishi mumkin.
An’anaviy operatsiyalar turlari:
Ayollarda siydik tuta olmaslikda sling operatsiyasi (TVT, TVT-O).
Ayollarda stressli siydik tuta olmaslik aksirganda, yo‘talganda, jismoniy zo‘riqishda siydik oqib ketishi bilan namoyon bo‘ladi, ko‘pincha qin devorlarining tushishi yoki hatto bachadonning tushib qolishi bilan birga kechadi. Yo‘qotiladigan siydik miqdori kam bo‘lganda stressli siydik tuta olmaslikni davolash konservativ bo‘lishi mumkin. Konservativ davolash samara bermaganda bu patologiyadan faqat operativ yo‘l bilan xalos bo‘lish mumkin.
Hozirgi vaqtda ayollarda stressli siydik tuta olmaslikni davolashning eng samarali va xavfsiz usuli TVT yoki TVT-O operatsiyasi (sling operatsiyalari) hisoblanadi. Bu operatsiyalar kam invaziv va yuqori texnologiyali. Operatsiyaning mohiyati siydik chiqarish kanalining o‘rta qismi ostiga erkin sintetik halqa joylashtirishdan iborat bo‘lib, u uretrani «ushlab turadi» va zo‘riqishda siydik yo‘qotilishiga to‘sqinlik qiladi.
Varikotseleda venalarni mikroxirurgik bog‘lash (chov osti bog‘lashi)
Varikotsele — bu moyakning uzum boshisimon (toksimon) chigali deb ataladigan chigalni hosil qiluvchi venalarning varikoz kengayishi
Varikotseleni davolashning eng afzal usuli — chov osti mini-kesmasi orqali mikroxirurgik bog‘lash. U boshqa yondashuvlarga qaraganda retsidiv va asoratlar (moyak pardalari istisqosi, varikotsele retsidivi, moyak atrofiyasi) soni eng kamligi, kam invazivligi va to‘qimalarning arzimas darajada shikastlanishi tufayli bu patologiyani bartaraf etishning eng samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi.
Uretra strikturalarida bukkal uretroplastika.
“Uretroplastika” so‘zining o‘zi – siydik chiqarish kanalining tuzilishi va funksiyasini tiklashga qaratilgan operativ muolajani anglatadi. Lotinchadan tarjimada bucca – bu lunj, demak, ushbu operatsiya uchun lunj shilliq qavatining bo‘lagi ishlatiladi (bukkal uretroplastika). Bu operatsiya uchun ishlatiladigan bo‘lak - lunjning ichki yuzasidagi shilliq qavat bo‘lib, u operatsiya vaqtida olinishi mumkin va uretraning toraygan qismi sohasiga biriktiriladi. Bu qism toraygan holatdan chiqishi uchun uni kengaytirishda turli-tuman “yamoqlar”dan foydalanish mumkin: jinsiy olat terisi, yorg‘oq terisi (hozirgi vaqtda o‘ta kam qo‘llaniladi), lunj, til, lab shilliq qavati. Bir vaqtlar siydik pufagi shilliq qavati va vena ham ishlatilgan. Hozirgi vaqtda eng maqbul tanlov lunjning ichki yuzasidagi shilliq qavat hisoblanadi. Bunday xulosaga uretra uchun ham, ushbu “yamoq” olinadigan tana qismi uchun ham bitish jarayonining qulay kechishini hisobga olgan holda kelingan.
Gipospadiyada uretroplastika.
Gipospadiya — bu siydik chiqarish kanali anatomik tuzilishining tug‘ma buzilishi bo‘lib, bunda uning teshigi odatdagi joyda (ya’ni olat boshchasida) emas, balki jinsiy olatning orqa yuzasida, oraliqda yoki yorg‘oqda ochiladi.
Gipospadiyani davolash urologiya va plastik jarrohlikning murakkab vazifasi bo‘lib, jinsiy olatning to‘laqonli funksiyasini tiklash va kosmetik nuqsonni bartaraf etish maqsadlarini ko‘zlaydi. Bunda operativ aralashuvning erta muddatlariga (1-3 yosh) afzallik beriladi. Hozirgi vaqtda gipospadiyani tuzatishning ko‘plab bir bosqichli va bosqichma-bosqich jarrohlik usullari qo‘llaniladi.
Kriptorxizmda moyakni tushirish, orxipeksiya.
Kriptorxizm – tug‘ma anomaliya bo‘lib, o‘g‘il bola tug‘ilgan paytda yorg‘oqda bitta yoki ikkala moyakning bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi; bunga ularning qorin parda orti bo‘shlig‘idan chov kanali bo‘ylab tushishining kechikishi sabab bo‘ladi. Kriptorxizmda diagnostika yorg‘oq a’zolari UTT (ultratovush tekshiruvi), MRT (magnit-rezonans tomografiya), moyaklar ssintigrafiyasi, qorin aortasi angiografiyasi va moyak venasi venografiyasini o‘z ichiga oladi. Kriptorxizmni davolashning asosiy usuli – operativ: tushmagan moyakni tushirish va uni yorg‘oqqa mahkamlash.
Sirkumsiziya (xatna), moyak pardalari istisqosini jarrohlik yo‘li bilan davolash va uretral meatotomiya ham VITAMED MEDICAL klinikasida o‘tkaziladi.
Sizni qiziqtirgan savollarni elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib berishingiz mumkin:
info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz
Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 78) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 55 055 10 04
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi