Toshkent va Andijonda Medanta The Medicity klinikasining yetakchi mutaxassisi, nevrolog Dr Arun Garg ishtirokida bepul konsultatsiyalar o‘tkazildi.
VITAMED MEDICAL XK MChJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2017 yildagi «Sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2863-son qarori ijrosi yuzasidan Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor sh., Oyjamol mahallasi, 20-uy manzilida joylashgan nodavlat tibbiyot muassasasi — OOO «KUYGANYOR LUX SERVICE» bilan tuzilgan «Tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi sheriklik bitimi»da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida, shuningdek 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga muvofiq, 2017 yil 28 avgust kuni OOO «KUYGANYOR LUX SERVICE» nodavlat tibbiyot muassasasida xayriya aksiyasi o‘tkazildi: muassasa shifokorlari MEDANTA THE MEDICITY klinikasining yetakchi hind mutaxassisi - nevrolog Doktor Arun Garg bilan birgalikda bepul konsultatsiyalar berdi. Aksiya davomida markaziy va periferik nerv tizimining turli kasalliklari hamda ularning asoratlari bo‘lgan jami 40 dan ortiq bemorga maslahat berildi.
VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazida ham xayriya aksiyalari davom etmoqda. 2017 yil 29 avgust kuni xayriya aksiyasi o‘tkazildi: markazimiz shifokorlari MEDANTA-THE MEDICITY klinikasining yetakchi hind mutaxassisi - nevrolog Doktor Arun Garg bilan birgalikda bepul konsultatsiyalar berdi.
Dr. Arun Garg - jahonga tanilgan yetakchi mutaxassis bo‘lib, zamonaviy nevrologiya, markaziy va periferik nerv tizimi patologiyasi, insultni davolash va insultdan keyingi reabilitatsiya muammolariga ixtisoslashgan.
Aksiya davomida markaziy va periferik nerv tizimining turli kasalliklari hamda ularning asoratlari bo‘lgan jami 30 dan ortiq bemorga maslahat berildi.
Yangiliklarni rasmiy saytimizda kuzatib boring: www.vitamed.uz
O‘zingizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda berishingiz mumkin — buning uchun elektron pochtaga so‘rov yuboring yoki biz bilan telefon orqali bog‘laning:
info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →