Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
SALUS VITA klinikasida UZI
17.09.2019 · 👁 2,707

SALUS VITA klinikasida UZI

UZI (ultratovush tekshiruvi) – ehtimol, eng ommabop diagnostika usuli. U xavfsiz va og‘riqsiz.
 
Bugungi kunda ultratovushning imkoniyatlari har qachongidan ham beqiyos darajada yuqori. Bor-yo‘g‘i o‘n-o‘n besh yil avval ultratovush apparati monitorida ko‘ringan xira oq-qora tasvirni barcha tafsilotlarni aks ettiruvchi, kompyuterda qayta ishlangan zamonaviy rangli uch o‘lchamli tasvir bilan solishtirib bo‘ladimi?
 
Tovush tezligidagi tashxis
20 yil avval UZI faqat buyrakdagi toshlarni aniqlashni «bilgan» bo‘lsa, hozir ultratovushning sezgir to‘lqinlaridan yashirina oladigan kasallik deyarli qolmadi. Oshqozon osti bezi va qalqonsimon bez, o‘t pufagi va qovuq, o‘t yo‘llari, sut bezi kasalliklari – ultratovush organizmdagi deyarli har qanday buzilishni aniqlaydi, rentgenning ko‘p turlari o‘rnini bosadi va shu tariqa nurlanish yuklamasidan saqlanishga yordam beradi.
 
Zamonaviy UZI apparatlari tufayli ayrim shikastli tekshiruv usullari asta-sekin o‘tmishga aylanmoqda. Masalan, buyrak va jigar holatini tekshirish uchun bugun arteriyalarga kontrast modda yuborish shart emas, birgina ultratovushning o‘zi yetarli. Xuddi shu qonsiz usul bilan limfa tizimi, yurak va qon tomirlarni ham tekshirish mumkin. Bu usulning «tishi o‘tmaydigan» yagona narsa – suyak to‘qimasi va hazm yo‘lidagi nosozliklarni ilg‘ash bo‘lsa kerak: bu ishni rentgen va endoskopiya yaxshiroq uddalaydi.
 
UZI faqat diagnostikada emas, davolash jarayonida ham qo‘llanadi. Uning yordamida boshqa tekshiruvlarning aniqligini nazorat qilish va shu bilan birga bemorni ortiqcha noxush sezgilardan xalos etish mumkin. Shuningdek, uzoq davom etadigan davolashda ham UZI tengsiz – u kasallik dinamikasini aniqlash va sog‘ayish jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.
 
Yiliga ikki marta UZIga!
Ginekologiya sohasida UZI diagnostikasi – yaqqol yetakchi. Ultratovush deyarli to‘liq ko‘rinish beradi, ayol a’zolarining anatomik xususiyatlarini baholash hamda endometrioz o‘choqlari, poliplar, mioma va bachadon hamda tuxumdonlarning boshqa kasalliklarini millimetrgacha aniqlikda topish imkonini beradi.
 
Maxsus vaginal datchiklar yordamida o‘tkaziladigan transvaginal UZI ayniqsa ko‘p ma’lumot beradi. Masalan, bachadondan tashqari homiladorlikni odatiy usulda aniqlash ancha qiyin, transvaginal usulda esa bu juda oson. Biroq UZI o‘tkazishning an’anaviy usulini hisobdan chiqarishga hali erta – bachadon o‘lchami katta bo‘lganda va boshqa anatomik xususiyatlarda undan qo‘shimcha ravishda foydalanish mumkin.
 
Ultratovushning foydasi: yuzni tozalashdan sellyulitni davolashgacha
Ginekologlar ayollarga, xavotirga yaqqol sabab bo‘lmasa ham, yiliga ikki marta UZI qildirishni tavsiya etadi.
 
O‘g‘ilmi yoki qiz?
Bo‘lajak ota-onalarning aksariyati UZI aynan shu hayajonli savolga javob olish uchun kerak, deb biladi. Aslida esa homiladorlik davrida ultratovush boshqa maqsadlarda qo‘llanadi. Shifokorlar 9 oy davomida 3–4 marta UZI qildirishni tavsiya etadi. Erta muddatlarda (6–8 hafta) – ayolda bachadondan tashqari homiladorlikni istisno qilish, bachadonda nechta homila borligini sanash va homiladorlik to‘g‘ri rivojlanayotganini tasdiqlash uchun. Aynan dastlabki haftalarda homiladorlik muddatini eng aniq (uch kungacha xatolik bilan) belgilash mumkin.
 
Homiladorlikning ikkinchi trimestrida UZI homila patologiyasini istisno qilish, shuningdek yo‘ldoshning joylashuvi va yetilganligini baholash uchun o‘tkaziladi. Kechki muddatlarda ultratovush chaqaloq tanasining holatini aniqlaydi va uning vaznini hisoblaydi – bu tug‘ruqni olib borish usulini tanlash uchun zarur.
 
Bugun urfga kirgan uch o‘lchamli ultratovush ona qornida rivojlanayotgan jajji odamchaning sifatli fotosurati yoki videoyozuvini olish imkonini beradi; bu, albatta, juda qiziq va g‘ayrioddiy, shu bois bo‘lajak ona va otalar uchun nihoyatda jozibali. Ammo aksariyat hollarda ikki o‘lchamli UZI uch o‘lchamlisiga qaraganda aniqroq tashxis qo‘yadi va uch barobar kam vaqt talab qiladi.
 
SALUS VITA klinikasi premium toifadagi «Siemens Acuson X300» ko‘p funksiyali raqamli ultratovush skanerlari bilan jihozlangan. Ular bolalar va kattalarda barcha a’zo va tizimlarni to‘qima garmonikasi, rangli doppler xaritalash, energetik doppler (ultratovush angiografiyasi), shuningdek qon oqimining miqdoriy ko‘rsatkichlarini hisoblaydigan dopplerografiya va 3D – tasvir qo‘llagan holda tekshirish imkonini beradi.
 
SALUS VITA klinikasida UZIni oldindan yozilib ham, zarurat bo‘lsa, qo‘yilgan tashxisni tasdiqlash uchun shifokor qabulidan so‘ng darhol ham o‘tkazishingiz mumkin.
 
Barcha zarur ma’lumotni olish, xizmat narxlari bilan tanishish va qabulga yozilish uchun telefonlar:
+ (99878) 150-07-30; + (99878) 150-07-31
 
Shuningdek, saytda onlayn yozilish ham mumkin.
Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar