dr hasan
🏥kliniki*
Farzandsiz nikohlar sonining ortishiga olib keladigan sabablar
25.11.2017 · 👁 2,375

Farzandsiz nikohlar sonining ortishiga olib keladigan sabablar

Farzand ko‘rish – tabiat insoniyatga in’om etgan buyuk ne’mat. Biroq insoniyatni nasl qoldirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ta’qib etadi. Er-xotinlarning taxminan 15% i homilador bo‘lishga ilk urinishdayoq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko‘pchilik shifokorlar kontratsepsiyasiz bir yil davomida homiladorlik yuz bermagan hollarda birlamchi bepushtlik tashxisini qo‘yadi. Statistikaga ko‘ra, er-xotinlarning 80-85% ida kontratsepsiyasiz jinsiy hayotning 12 oyi ichida homila paydo bo‘ladi, shu davr ichida homiladorlik yuz bermagan holatlar esa ehtimoliy bepushtlik deb baholanadi va bemorlarga tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi. So‘nggi 20 yilda olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, homilador bo‘lishdagi muammolarning taxminan 30% ida faqat erkak omili rol o‘ynaydi va taxminan 20% ida buzilishlar erda ham, xotinda ham aniqlanadi. Shunday qilib, erkak omili, hech bo‘lmaganda qisman, bepushtlik holatlarining 50% ida rol o‘ynaydi. Urug‘lanishda asosiy rolni sperma sifati o‘ynaydi.
Sperma hosil bo‘lishi (spermatogenez) – murakkab jarayon. Spermatozoid rivojlanishining olti bosqichi ajratiladi. Spermatozoidning birinchi bosqichdan oltinchi bosqichgacha rivojlanishi bir siklni tashkil etadi. Odamda har bir siklning davomiyligi taxminan 16 kun, ilk spermatogoniydan yetuk spermatozoidga aylanish yo‘li esa 4,6 siklni egallaydi. Shunday qilib, odamlarda spermatogenez davomiyligi taxminan 74 kunni tashkil etadi.
O‘rtacha sog‘lom erkak har bir eyakulyatsiyada 120 dan 600 milliongacha spermatozoid ajratadi. Bundan tashqari, eyakulyat tarkibida suv, ularning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan glyukoza va boshqa qandlar; ishqorlar, prostaglandinlar (bachadon va bachadon naylarini qo‘zg‘atib, ularning qisqarishini keltirib chiqaradi), xolesterin, rux, C vitamini va boshqa moddalar bo‘ladi.
Farzandsiz nikohlar sonining ortishiga olib keladigan sabablar xilma-xil. Asosiy omillar – varikotsele (urug‘ tizimchasi venalarining kengayishi), erkak jinsiy tizimining surunkali infeksiyalari, qandli diabet, moyaklar, gipofiz va gipotalamus faoliyatining yetishmovchiligi, spermatozoidlarning urug‘ chiqaruvchi yo‘llar orqali chiqishining buzilishi (tug‘ma anomaliyalar yoki jarohatlar, operatsiyalar, yallig‘lanishlar oqibatida yuzaga kelgan buzilishlar), kasbiy zararli omillar.
Erkaklar bepushtligining quyidagi turlari farqlanadi: sekretor bepushtlik va ekskretor bepushtlik. Er-xotinni tekshirishni bir vaqtda boshlash kerak, ayniqsa erkakni tekshirish ayollarni tekshirishga qaraganda ancha oson, tez va arzon, chunki u faqat bitta sperma tahlilidan iborat. Afsuski, ko‘pincha shunday vaziyatga duch kelamiz: ayol uzoq vaqt, ba’zan yillab tekshiriladi va davolanadi, erning tekshiruvi esa davolovchi shifokorning qat’iy tavsiyalariga qaramay, noma’lum muddatga qoldiriladi. Erkak keltiradigan eng ko‘p uchraydigan vajlar: «menda muammo yo‘q, demak, reproduktiv funksiyada ham buzilish bo‘lishi mumkin emas» va ikkinchisi, eng «ishonarlisi» - «menda hammasi joyida, chunki boshqacha bo‘lishi mumkin emas». Bu vajlar ortida, odatda, shu mutaxassislikdagi shifokorga borishdan tushuntirib bo‘lmaydigan qo‘rquv yashiringan bo‘ladi.
Holbuki, sabablarni aniqlash uchun faqat sperma tahlilini topshirish kifoya. Spermaning urug‘lantirish qobiliyatini baholash uchun bir millilitrdagi spermatozoidlar soni, faol harakatchan spermatozoidlar foizi, morfologik jihatdan normal (yetuk) shakllar foizi va bir qator boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Spermogrammani baholash Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qo‘llanmasi tavsiyalariga muvofiq o‘tkazilishi kerak.
Barcha mavjud davolash usullari qo‘llanilganda bepusht juftliklarda homiladorlik yuz berishining o‘rtacha ko‘rsatkichi 35-40% ni tashkil etadi. Ehtimol, deyarli har bir er-xotin birinchi farzand haqida o‘ylar ekan, uning jinsini niyat qiladi. Kimdir birinchi bo‘lib o‘g‘il tug‘ilishini, kimdir esa qiz tug‘ilishini istaydi… 
Yangi Zelandiya olimlarining ishonchi komilki, rahbar lavozimlarda ishlaydigan ayollarda o‘g‘il tug‘ish ehtimoli ancha yuqori. Aniqlanishicha, g‘ayratli ayollarning qonida testosteron darajasi me’yordan biroz yuqori bo‘ladi, shuning uchun sog‘lom o‘g‘il bola dunyoga keltirish ehtimoli 80% ni tashkil etadi! Olimlarning ishonchi komilki, aynan testosteronning yuqori darajasi o‘g‘il tug‘ilishini kafolatlaydi.
Bo‘lajak bolaning jinsi uchun spermatozoid javob beradi. Spermatozoidlarning yarmi X xromosomani, ikkinchi yarmi – Y xromosomani tashiydi, tuxum hujayra esa doimo X xromosomaga ega. Shunday qilib, jinsiy hujayralar qo‘shilganda yo qiz (XX), yo o‘g‘il (XY) paydo bo‘ladi.
"O‘g‘il bola" spermatozoidlari chaqqon va epchil, - haqiqiy sprinterlar. Ular 15-20 santimetrlik masofani tezroq bosib o‘tib, maqsadga - tuxum hujayraga yetib boradi. Agar u bachadon nayida bo‘lsa, katta ehtimol bilan unga birinchi bo‘lib aynan Y-spermatozoidlar – “o‘g‘il bola” spermatozoidlari yetib boradi.
"Qiz bola" X spermatozoidlari "o‘g‘il bola" spermatozoidlariga qaraganda kamroq harakatchan bo‘lsa-da, ancha chidamli va yashovchan. Y spermatozoidlar kuchini tez yo‘qotadi – bir-ikki kundan keyinoq ular harakatsiz bo‘lib, amalda o‘yindan chiqadi. Jang maydonida faqat X spermatozoidlar qoladi va ular yolg‘iz o‘zi qizlarni “yaratadi”.
Bola jinsini rejalashtirish usullaridan biri ayol organizmida ovulyatsiya yuz beradigan kunni hisoblashga asoslanadi. Aytib o‘tilganidek, "erkak" Y-xromosomasini tashuvchi spermatozoidlar "ayol" X-xromosomasini tashuvchi spermatozoidlarga qaraganda kamroq yashaydi, ammo faolroq harakatlanadi. Shuning uchun agar bu ovulyatsiya kuni sodir bo‘lsa, tuxum hujayraga birinchi bo‘lib "erkak" spermatozoidlar yetib boradi va 9 oydan so‘ng o‘g‘il bola dunyoga keladi. Agar bu ovulyatsiyadan 1-2 kun oldin sodir bo‘lsa (eslatib o‘tamiz, spermatozoidlar o‘z faolligini 3 sutka davomida saqlaydi), tuxum hujayra yetilgunga qadar "erkak" spermatozoidlar nobud bo‘lishga ulguradi va qiz bola rivojlanadi.
Nasl qoldirish qobiliyati – salomatlik ko‘zgusi (xuddi yuz – qalb ko‘zgusi bo‘lgani kabi), shuning uchun agar siz sog‘lom turmush tarzini olib borsangiz, to‘g‘ri ovqatlansangiz, tug‘ma anatomik anomaliyalaringiz bo‘lmasa, moyaklarning yallig‘lanish kasalligini yoki jarohatini boshdan kechirmagan bo‘lsangiz, baxtli ota bo‘lish imkoniyatingiz ancha yuqori.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, erkaklar bepushtligi muammosining jiddiyligiga qaramay, o‘z vaqtida murojaat qilinganda aksariyat hollarda muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Urolog-androlog shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi  Yarmuhamedov Alisher Salidjanovich

Maqolaning tibbiy eksperti
Турсунова Назокат Омилхоновна
ginekolog, reproduktolog · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar