29.06.2021 · 👁 1,629
Arterial bosim ko‘tarilishining sabablari
Oshgan yoki yuqori arterial bosim (keyingi o‘rinlarda — AB) — namoyon bo‘lishi jihatidan xilma-xil holat. Uning asosida arteriolalar — kapillyarlardan oldin keladigan mayda qon tomirlari tonusining kuchayishi yotadi. Ko‘pincha bu holat fiziologik bo‘lib, hayotga xavf solmaydi. Masalan, sog‘lom odamda tunda bosim ko‘rsatkichlari biroz pasayadi, ertalab, faollik boshlanganda esa — ko‘tariladi.
Bosimning chegaraviy qiymatlari 140/90 mm sim. ust.ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlardan oshishi kasallik rivojlanayotgan bo‘lishi mumkinligidan va davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarurligidan dalolat beradi.
Agar arterial bosimning ko‘tarilishi tizimli tus olsa, ya’ni qayta-qayta takrorlansa, gipertoniya kasalligi, essensial gipertenziya yoki arterial gipertoniya deb ataladigan kasallik rivojlangani haqida gapiriladi. Arterial gipertoniya ko‘pincha ko‘plab surunkali kasalliklarga, masalan, qandli diabet yoki yurakning ishemik kasalligiga hamroh bo‘ladi.
Asosiy sabablar
«Bosimim baland», — deyishadi ko‘pincha kundalik hayotda. Arterial bosimning ko‘tarilishi turli sabablarning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishiga yordam beradigan omillarni — ya’ni umumiy yurak-qon tomir xavfini — hisobga olish arterial gipertoniyani o‘z vaqtida aniqlash uchun juda muhim. Shu tufayli shifokor prognozni va davolash zarurligini vaqtida baholay oladi, chunki gipertoniya ko‘pincha alomatlarsiz kechadi.
Arterial bosim barqaror yuqori bo‘lganda odatda gipertoniyaning ikki turi ajratiladi: birlamchi va ikkilamchi.
Birlamchi yoki essensial gipertenziya (boshqacha aytganda, uni gipertoniya kasalligi ham deyishadi). Gipertoniya kasalligi arterial gipertoniyaning barcha shakllari orasida ustunlik qiladi, uning tarqalganligi 90% dan ortiq. Bu surunkali kechadigan kasallik bo‘lib, unda AB ko‘tarilishi ikkilamchi arterial gipertenziya rivojlanishiga olib keladigan aniq sabablar aniqlanishi bilan bog‘liq emas. Ko‘pincha kasallik sekin, ko‘p yillar davomida, turli salbiy omillar ta’sirida, odatda, irsiy moyillik fonida rivojlanadi.
Ikkilamchi yoki simptomatik gipertenziya. Bular — AB ko‘tarilishiga turli a’zo yoki tizimlarning zararlanishi sabab bo‘ladigan kasalliklar bo‘lib, arterial gipertoniya kasallikning alomatlaridan biri, xolos. U bir qator kasalliklar yoki patologik holatlar, masalan, endokrin kasalliklar, buyraklarning surunkali kasalliklari, qon tomirlari patologiyasi va boshqa ko‘plab holatlar fonida rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim dori vositalarini (gormonal kontratseptivlar, kortikosteroidlar va boshq.) qabul qilish ham ikkilamchi arterial gipertoniya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gipertoniya sabablari xilma-xil bo‘lgani uchun bemorlarga xavf darajasini mustaqil baholash qiyin. Shuning uchun o‘z vaqtida tashxis qo‘yish uchun shifokor maslahati zarur. U kerakli davoni tayinlaydi va asoratlar rivojlanishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytadi.
Xavf omillari
Arterial bosim darajasining oshishiga ko‘plab xavf omillari ta’sir qilishi mumkin. Ularning u yoki bu kasalliklar rivojlanishiga irsiy moyillik fonida uzoq vaqt ta’sir etishi gipertoniya kasalligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Xavf omillarini nazorat qilish asoratlar, masalan, infarkt, insult rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini beradi.
Yosh. Gipertoniya rivojlanish xavfi yosh o‘tishi bilan ortadi. Odatda, dastlabki holatlar erkaklarda 55 yoshgacha, ayollarda — 65 yoshdan keyin namoyon bo‘ladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori arterial bosim dunyodagi har uchinchi katta yoshli odamda kuzatiladi. Bu holatda yoshning ta’siri tomirlardagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar va hamroh surunkali kasalliklar sonining ortishi bilan bog‘liq. Boshqa xavf omillari, masalan, ortiqcha vazn, zararli odatlar, kamharakat turmush tarzi, nosog‘lom ovqatlanish ta’sirining to‘planib borishi ham rol o‘ynaydi.
Irsiy moyillik. Oilaviy anamnez — arterial bosim ko‘tarilishi va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini baholashdagi eng muhim omillardan biri. Oilada kasalliklarning erta rivojlangani, xususan, erkaklar uchun — 55 yoshdan oldin, ayollar uchun — 65 yoshdan oldin rivojlangani alohida ahamiyatga ega. Bunda yuqori arterial bosimga moyillikning nasldan o‘tishi 35 dan 50% gacha deb baholanadi.
Ortiqcha vazn yoki semizlik. Tana vaznining ortiqchaligi arterial bosimning ko‘tarilishi bilan chambarchas bog‘liq. Ortiqcha vaznning har 5 kg ini yo‘qotish esa ko‘rsatkichlarning 2–10 mm sim. ust.ga pasayishiga yordam berishi mumkin.
Jismoniy faollikning pastligi yoki yo‘qligi. JSST fikricha, jismoniy faollikning yo‘qligi dunyoda o‘lim xavfi omillari orasida ahamiyati bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. JSST tavsiyalariga ko‘ra, 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan katta yoshlilar jismoniy yuklamaga haftasiga kamida 150 daqiqa ajratishlari kerak. 65 yoshdan oshganlar uchun bu tavsiyalar saqlanib qoladi, faqat mashqlar kuch yetadigan darajada bo‘lishi va bemorlarning jismoniy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.
Boshqa tomondan, haddan tashqari, kuch yetmaydigan jismoniy yuklama hatto sog‘lom va chiniqqan odamda ham bosim ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zaiflashgan, jismonan tayyor bo‘lmagan odamlarda to‘satdan berilgan yuklama odatda arterial bosim darajasining yanada yaqqolroq ko‘tarilishiga olib keladi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish. Sog‘lom, ratsional ovqatlanish tamoyillariga rioya qilmaslik bir qator yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Xususan, ovqatda hayvon yog‘larining ko‘pligi qondagi xolesterin darajasiga ta’sir qiladi. Bu qon tomirlari bo‘shlig‘ini toraytiradigan aterosklerotik pilakchalar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ratsionda meva va sabzavotlarning kamligi ham arterial bosim ko‘tarilishi xavfiga ta’sir qilishi mumkin. O‘simlik mahsulotlari inson uchun kaliy va magniy tuzlarining asosiy manbalaridan biridir. Ularning tanqisligi tuz muvozanatining buzilishiga va arterial bosimning ko‘tarilishiga olib keladi.
Ratsionda tuzning ortiqchaligi Ko‘plab klinik tadqiqotlar ma’lumotlari tasdiqlaydi: ovqat bilan muntazam ravishda 9–12 g dan ortiq osh tuzi iste’mol qilish arterial bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Tuz miqdorini sutkasiga 5 g gacha kamaytirish arterial bosim darajasini 4–5 mm sim. ust.ga pasaytiradi.
Spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish. Ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilish bilan arterial gipertoniya o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik bor. Mutaxassislar spirtli ichimlik iste’mol qilishni butunlay to‘xtatishni tavsiya etadilar.
Uzoq davom etgan stress. Organizmga cho‘zilgan stress ham, qisqa muddatli kuchli hissiy kechinmalar ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’sirlantiruvchi omillarga keskin hissiy javob berishga moyil odamlarda gipertoniya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Chekish - har bir sigareta chekilgandan keyin kamida 15 daqiqa davomida arterial bosim va yurak qisqarishlari chastotasining oshishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, nikotin qon tomirlari tonusiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, endoteliy – tomirlarning ichki devori funksiyasi buzilishiga yordam beradi. Chekishdan butunlay voz kechish yurak-qon tomir kasalliklari, masalan, infarkt va insult paydo bo‘lishi, yurakning ishemik kasalligi rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 210-30-30
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi