Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Erkaklarda bepushtlik sabablari
05.03.2019 · 👁 2,165

Erkaklarda bepushtlik sabablari

Bepushtlik - bu muntazam jinsiy hayot kechiradigan va homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanmaydigan erkakning doimiy jinsiy sherigida 1 yil va undan ortiq vaqt davomida homiladorlik yuz bermasligi. Bepushtlik ikkala jinsiy sherikda ham reproduktivlik pasayganda namoyon bo‘lishi mumkin. Reproduktivlik deganda urug‘lantirish (homila paydo qilish) qobiliyati tushuniladi. Jinsiy tizim kasalligi tufayli yuzaga kelgan erkaklar bepushtligi generativ va kopulyativ funksiyaning buzilishiga olib keladi. Erkaklarda bepushtlikning turli sabablari bo‘lishi mumkin.
Siydik chiqarish va jinsiy tizim a’zolarining tug‘ma va orttirilgan anomaliyalari.
• Siydik-tanosil sohasining infeksiyalari va yallig‘lanish kasalliklari.
• Endokrin buzilishlar.
• Genetik va immunologik buzilishlar.
• Urug‘ venasining kengayishi (varikosele).
Statistikaga ko‘ra, jinsiy faol juftliklarning 15 foizi shu vaqt ichida homiladorlikka erisha olmaydi va shifokorlarga murojaat qiladi, ulardan 5 foiz juftlik davolanishga qaramay bepusht bo‘lib qoladi.
30 foiz holatda bepushtlikka erkakdagi muammo, 35 foizda – ayoldagi patologiyalar sabab bo‘ladi, bepushtlikning 15 foizi ikkala sherikning kasalligi bilan izohlanadi. Qolgan hollarda bepushtlik sababini aniqlab bo‘lmaydi.
Bunday bemorlarda bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘tkazilgan kasallikka ishora bo‘lmaganda, umumiy ko‘rik va endokrinologik tekshiruv natijalari me’yorda bo‘lganda, sperma tahlili (spermogramma) jarayonida spermatozoidlar sonining kamayishi (oligospermiya), ularning harakatchanligi pasayishi (astenozoospermiya), spermatozoidlar tuzilishida turli anomaliyalar borligi (teratozoospermiya) aniqlanadi. Spermogrammadagi bu og‘ishlar ko‘pincha birga uchraydi; bunday kombinatsiyalangan buzilishlar OAT sindromi (oligospermiya, astenospermiya, teratospermiya) deb ataladi. Urug‘ suyuqligida spermatozoidlarning umuman yo‘qligi azoospermiya deb ataladi.
Erkaklardagi idiopatik bepushtlik bir nechta omil ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, jumladan surunkali stress, atrof-muhit buzilishining oqibatlari, genetik buzilishlar.
Asosiy noqulay omillar uch guruhga bo‘linadi: fizik, kimyoviy, maishiy.
Fizik omillar.
Spermatogenezga ta’sir qiluvchi fizik omillardan eng kuchli ta’sirni harorat, nurlanish va vibratsiya ko‘rsatadi. Bularga tana haroratining ko‘tarilishi kiradi (ishlab chiqarish omillari ta’siri, isitmali holatlar, tez-tez issiq vanna qabul qilish, saunaga borish tufayli). Spermatogenez varikosele va kriptorxizm kabi kasalliklarda ham zarar ko‘radi, ularda shikastlovchi omillardan biri moyaklardagi yuqori harorat bo‘ladi. Hatto tanaga yopishib turadigan kiyim kiyish oqibatida moyaklarning mo‘tadil mahalliy qizib ketishi ham spermatogenezga halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Spermatogen funksiyani buzadigan ma’lum omil – nurlanish, uning ta’siri umumiy dozaga, necha marta takrorlanganiga, ta’sir davomiyligiga va erkakning yoshiga bog‘liq.
Yana bir fizik omil - vibratsiya, u ayrim kasb egalari (haydovchilar, mexanizatorlar, konchilar va boshqalar) uchun kasbiy zararli omillar qatoriga kiradi.
Kimyoviy omillar.
Bunday ta’sirga ega moddalarga organizmga oziq-ovqat mahsulotlari bilan tushadigan o‘simlik tabiatli tabiiy estrogenlar (fitoestrogenlar, masalan, pivoda) kiradi. Shuningdek, spermatogenezga turli kimyoviy birikmalar, og‘ir metallar tuzlari, pestitsidlar va insektitsidlar, fungitsidlar (DDT), dori preparatlari (sedativ vositalar va antidepressantlar, ayrim antibiotiklar va barcha sulfanilamidlar, diuretiklar, gipolipidemik vositalar, gormonlar, yaraga qarshi preparatlar, gipotenziv vositalar, o‘smalar kimyoterapiyasi vositalari) salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maishiy omillar.
Maishiy omillarning ta’siri turmush tarzining spermatogenezni muntazam ravishda susaytiradigan individual xususiyatlari bilan bog‘liq.
Bular:
• Muntazam spirtli ichimlik iste’mol qilish;
• Chekish;
• Giyohvand moddalarni iste’mol qilish
• Tez-tez stressli vaziyatlar;
• Spermatozoidlar ishlab chiqarilishi yoki ularning moyaklardan eyakulyatga tashilishi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar.
Agar juftlik homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanmasa va doimiy jinsiy sherigida 1 yil va undan ortiq vaqt davomida homiladorlik yuz bermasa, har bir erkak urolog shifokorga murojaat qilishi va kompleks tekshiruvdan o‘tishi zarur.
Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlari orqali hamda Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram kanali: https://t.me/urologic_uz
Maqolaning tibbiy eksperti
Абдусамадова Мадина Фаррух кизи
akusher-ginekolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar