Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Amaliy keys: “Uretra strikturasi”
07.05.2019 · 👁 3,169

Amaliy keys: “Uretra strikturasi”


Uretra strikturasi (US) deb siydik chiqarish kanali bo‘shlig‘ining anatomik torayishi yoki sezilarli darajada kichrayishiga aytiladi, bu esa siydik chiqarishni qiyinlashtiradi. US bilan og‘rigan bemorlar siydik oqimining sust, ingichka va kuchsizligidan, qovuq to‘liq bo‘shamagandek tuyulishidan, tez-tez va ba’zan og‘riqli siydik chiqarishdan, to‘liq siyish uchun qorin mushaklarini zo‘riqtirishga majbur bo‘lishdan shikoyat qiladilar.

US bilan og‘riganlar ko‘pincha kechasi siyish uchun bir necha marta uyg‘onishga majbur bo‘ladilar. Qovuqning qiyin bo‘shashi uning mushagini ortiqcha zo‘riqtiradi: mushak avval gipertrofiyaga uchraydi, keyin esa holdan toyib, atrofiyalanadi, natijada uning qisqarish qobiliyati pasayadi. Shu tariqa qovuq to‘liq bo‘shamay qo‘yadi va uning bo‘shlig‘ida doimo qoldiq siydik deb ataladigan siydik (har bir siyishdan keyin qovuq bo‘shlig‘ida qoladigan siydik) saqlanib turadi. Agar qoldiq siydik miqdori 100 ml dan oshsa, bu jiddiy patologiya hisoblanadi. Qoldiq siydikning bo‘lishi siydik yo‘llarining surunkali infeksiyalariga, siydik tizimida toshlar hosil bo‘lishiga va buyraklardan siydik oqib chiqishining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. So‘nggi holat buyrak bo‘shliqlari tizimining kengayishi (gidronefroz) va oxir-oqibat buyrak yetishmovchiligi kabi dardlarga olib kelishi mumkin; buyrak yetishmovchiligi esa qaytmas va hayot uchun xavfli tus olishi mumkin.

Hurmatli do‘stlar, uretrada muvaffaqiyatli o‘tkazilgan rekonstruktiv operatsiyalarga oid navbatdagi keyslarni Siz bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz.
Bemor T., 36 yosh

Tashxis: Uretraning bulbar-osilgan qismi strikturasining qaytalanishi. Siydik yo‘llari infeksiyasi (asoratlangan)
Yotqizilgandagi shikoyatlari: siydik oqimining sustligi, siydik chiqarishning qiyinlashgani, qovuq to‘liq bo‘shamagandek tuyulishi.

Anamnezidan: turli klinikalarda bir necha marta uretroplastika qilingan.
Klinikamizda bemorga operatsiya o‘tkazildi: Bukkal uretroplastika. Operatsiyadan keyingi 3-kuni uyiga javob berildi.

Nazorat uretrografiyasida uretra o‘tkazuvchanligi to‘liq tiklangan. (suratga qarang).

Hurmatli do‘stlar, bilasizki, ko‘pincha juft holatlar uchrab turadi. 1,5 oy muqaddam biz tashxislari deyarli bir xil bo‘lgan bemorlarga shunga o‘xshash operatsiyalarni bajardik. Operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tdi. Bemorlar sog‘ayib ketishdi.
Bu holatlar haqida qisqacha so‘zlab beramiz.
Bemor T.S., 49 yosh

Tashxis: Meatostenoz. Uretraning total strikturasi.
Yotqizilgandagi shikoyatlari: siydik chiqarishning qiyinlashgani, oqimning sustligi, tez-tez siyish, qovuq to‘liq bo‘shamagandek tuyulishi, 3 martagacha nikturiya.
Anamnezidan: avval surunkali prostatit yuzasidan yashash joyidagi urologda bir necha bor davolangan.
1996-yilda uretra strikturasi aniqlangan va o‘shandan beri muntazam ravishda uretrani bujlash amalga oshirilgan.
«Urologic complex» klinikasidagi tekshiruvda uzunligi 21 sm gacha bo‘lgan uretraning total strikturasi aniqlandi.
Biz operatsiya o‘tkazdik: Glanuloplastika. Orandi usuli bo‘yicha jinsiy olat terisini qo‘llagan holda uretraning panuretral bukkal plastikasi.
Operatsiyadan keyingi 3-kuni uyiga javob berildi.
Nazorat uretrografiyasida uretra o‘tkazuvchanligi to‘liq tiklangan (suratga qarang).

Bemor U.F., 44 yosh

Tashxis: Meatostenoz. Uretraning osilgan qismi strikturasi. Sistostoma. Siydik yo‘llari infeksiyasi (asoratlangan).
Yotqizilgandagi shikoyatlari: sistostomik drenaj borligi.
Anamnezidan: ko‘p yillardan beri kasal.
2014-yilda yashash joyidagi shifoxonada (Xo‘jand sh., Tojikiston Resp.) meatotomiya o‘tkazilgan.
Keyin konservativ davolangan, samarasi bo‘lmagan.
03.03.2019 da uretraning total strikturasi, siydikning surunkali tutilishi aniqlangan va teri orqali (perkutan) sistostomiya qilingan.
Operatsiya o‘tkazildi: Glanuloplastika. Orandi usuli bo‘yicha jinsiy olat terisini qo‘llagan holda panuretral bukkal plastika.
Operatsiyadan keyingi 3-kuni uyiga javob berildi.
Nazorat uretrografiyasida uretra o‘tkazuvchanligi to‘liq tiklangan (suratga qarang).
Bugungi kunga qadar UROLOGIC COMPLEX klinikasida uretra strikturalari bo‘yicha 283 tadan ortiq rekonstruktiv operatsiya o‘tkazilgan. Shulardan 198 tasi lunj shilliq qavati laxtagini qo‘llash bilan (bukkal plastika) bajarilgan.
Aziz do‘stlar, klinikamizda o‘tkazilayotgan noyob operatsiyalar uretra strikturasidan butunlay xalos bo‘lish hamda to‘laqonli va faol hayotga qaytish imkonini beradi.
Ilgari bemorlar bunday operatsiyalarni o‘tkazish uchun xorijga borishga majbur edilar. Endi qimmat operatsiyalar uchun xorijga chiqishga hojat yo‘q.
UROLOGIC COMPLEX klinikasi mutaxassislari Sizga barcha urologik muammolarni hal etishda yordam berishga tayyor.

Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlariga hamda Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram kanal: https://t.me/urologic_uz

 
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar