Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
YOMON SPERMOGRAMMA: SABABI NIMADA?
21.09.2022 · 👁 1,342

YOMON SPERMOGRAMMA: SABABI NIMADA?

«Sizda spermogramma yomon» — bu deganda bir nechta ko‘rsatkichning me’yordan chetga chiqqani tushuniladi. Me’yorda spermatozoidlar harakatchan va yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Sperma sutdek oq rangda va begona aralashmalarsiz bo‘lishi lozim. Shuningdek, spermogrammada bundan kam ahamiyatli bo‘lmagan boshqa qator ko‘rsatkichlar ham ko‘rsatiladi, masalan: spermatozoidlarning harakat tezligi, spermaning yopishqoqligi va h.k.
❓ Sperma sifatiga nima salbiy ta’sir qiladi va ko‘rsatkichlarning me’yordan chetga chiqishiga sabab bo‘ladi?
• Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksion kasalliklar, jinsiy a’zolardagi yallig‘lanish jarayonlari.
• Varikotsele.
• Gormonal muvozanatning buzilishi va testosteronning kam ishlab chiqarilishi.
• Zararli odatlar: alkogol, chekish, semizlik, gipodinamiya.
• Zaharli moddalar, masalan, benzin bug‘lari ta’siri.
• Doimiy stresslar.
• Jinsiy a’zolarning qizib ketishi (saunaga tez-tez borish, o‘rindiq isitgichidan foydalanish va h.k.).
• Jinsiy a’zolar va urug‘ chiqaruvchi yo‘llarning shikastlanishi.
• Genetik kasalliklar.
Bular sperma ishlab chiqarilishini buzadigan va uning sifatini yomonlashtiradigan patologiyalarning faqat bir qismi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 04 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar