shifonur
🏥kliniki*
MDS-Service’da MSKT-angiografiya
17.06.2020 · 👁 2,640

MDS-Service’da MSKT-angiografiya

"MDS-Service" klinikasida angiografiya.
⠀
Bosh aylanishi, qo‘l-oyoqlarning uvishishi yoki qon aylanish tizimi kasalliklaridan darak beruvchi boshqa belgilar bormi?
⠀
MDS-Service klinikasida siz multispiral kompyuter tomografi yordamida organizm qon tomirlarining holatini tekshirish imkoniyatiga egasiz. Bu tekshiruv usuli angiografiya deb ataladi va zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi.
⠀
Kompyuter angiografiyasi qon tomirlarning anatomik holatini tekshirish, ulardagi patologik o‘zgarishlarni aniqlash, shuningdek, qon oqimining xususiyatini baholash imkonini beradi. Bu usul bosh miya, bo‘yin, qo‘l-oyoqlar, o‘pka, yurak, buyraklar, ko‘ks oralig‘i, shuningdek, qorin bo‘shlig‘i va chanoq qon tomirlarini tekshirish uchun qo‘llaniladi.
⠀
Tekshiruv qisqa vaqt ichida o‘tkaziladi va kontrast modda yuborish uchun vena ichiga kateter qo‘yishni hisobga olmaganda, hech qanday muolajani talab qilmaydi.
⠀
Tekshiruvdan oldin bemor mochevina va kreatinin uchun tahlil topshirishi kerak bo‘ladi va tekshiruv o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan hech qanday og‘ish aniqlanmasa, u KT-tekshiruvga yoziladi.
⠀
Savollaringiz bormi? +998 55 055 10 03 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki telegram-botimizga yozing: https://t.me/mds1080bot
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Botkin ko‘chasi, 110/3
Pochta: info@mds.uz
Sayt: www.mds.uz
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar