Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Vitamed Medical klinikasida varikotseleni mikroxirurgik ligirlash
16.10.2017 · 👁 3,366

Vitamed Medical klinikasida varikotseleni mikroxirurgik ligirlash

Varikotsele — moyakning uzumsimon (tok novdasimon) chigali deb ataladigan tuzilmani hosil qiluvchi venalarning varikoz kengayishidir. «Varikotsele» so‘zi lotincha «varix» — vena tuguni va yunoncha «kele» — o‘sma so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, ularni birgalikda vena tugunlaridan iborat «o‘sma» deb talqin qilish mumkin.
 
Bu — erkaklar jinsiy tizimining barcha yosh guruhlarida ancha keng tarqalgan patologiyasi, biroq u ko‘pincha o‘smirlarda, ularning jadal o‘sish davrida (14-15 yosh) uchraydi.
Operatsiya – varikotseleni davolashning yagona samarali usuli. Uning asosiy maqsadi – uzumsimon chigalga boradigan va qon orqaga qaytib oqadigan barcha kengaygan vena tomirlarini kesib qo‘yish. Hozirgi vaqtda urug‘ tizimchasi venalarining varikoz kengayishini jarrohlik yo‘li bilan davolashning 120 dan ortiq usuli ma’lum.
 
Varikotseleni davolashning eng ma’qul usuli — chov osti mini-kesmasi orqali mikroxirurgik ligirlash (venalarni bog‘lash). U ushbu patologiyani bartaraf etishning eng samarali va xavfsiz usuli hisoblanadi: boshqa yondashuvlarga nisbatan retsidiv va asoratlar (moyak pardalari istisqosi, varikotsele retsidivi, moyak atrofiyasi) eng kam uchraydi, aralashuv kam invaziv bo‘lib, to‘qimalar juda kam shikastlanadi. Operatsiya maxsus mikroxirurgik asboblar yordamida bajariladi. Teri qoplami va teri osti yog‘ kletchatkasi kesilgach, jarroh urug‘ tizimchasini topadi va mikroskop nazorati ostida uning venalarini bog‘laydi. Urug‘ tizimchasining barcha tuzilmalarini optik kattalashtirib ko‘rish venalarni ligirlash muolajasini nervlarga ham, limfa tomirlariga ham, arteriyaga ham shikast yetkazmasdan, maksimal darajada to‘g‘ri bajarish imkonini beradi. Bundan tashqari, urug‘ tizimchasi tarkibida o‘tadigan ichki urug‘ venasi bilan bir qatorda ingvinal (chov) vena kollaterallarini, shuningdek kremaster venasini va moyakning yo‘naltiruvchi boylami venalarini ham bog‘lash mumkin.
 
Bunda statsionarga yotish talab etilmaydi, bemor o‘sha kuniyoq klinikadan chiqib, uyiga qaytishi mumkin. Jarrohlik aralashuvining o‘zi esa nisbatan tez bajariladi – barcha muolajalarga qirq daqiqacha vaqt kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng bemor bir necha soat shifokor nazorati ostida qoladi. Reabilitatsiyaga odatda ikki kuncha, kamdan-kam hollarda ko‘proq vaqt talab etiladi.
 
Aslini olganda, hozirgi vaqtda varikotseleni davolashning mikroxirurgik varikotselektomiyadan ko‘ra zamonaviyroq boshqa usuli yo‘q. U erkakka operatsiyadan keyin odatiy turmush tarzini o‘zgartirmaslik imkonini beradi.
 
Jahon amaliyoti ma’lumotlariga ko‘ra, mikroxirurgik varikotselektomiya erkakning buzilgan reproduktiv funksiyasi tiklanishiga deyarli ikki baravar ko‘proq olib keladi. Nyu-York shifoxonasi professori Mark Goldshteyn (Mark Goldstein) bir yarim ming bemorda varikotseleni mikroxirurgik operatsiya yordamida bartaraf etish natijalarini tahlil qilgan. U e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatuvdagi er-xotin juftliklarda homiladorlik ushbu operatsiyadan keyin bir yil davomida 43% holatda, ikki yil o‘tgach esa 69% holatda yuz bergan. Shu bemorlarning faqat o‘n to‘rt nafarida (1% dan kam) varikotsele retsidivi qayd etilgan. Moyak istisqosi (gidrotsele) ham, uning atrofiyasi ham kuzatilmagan.
 
VITAMED MEDICAL klinikasida varikotseleni mikroxirurgik ligirlash Carl Zeiss firmasining OPMI® Sensera™ operatsion mikroskopi yordamida amalga oshiriladi. S7 shtativiga o‘rnatilgan OPMI® Sensera™ tizimi jarrohlik aralashuvlarida nozik va yuqori aniqlikdagi muolajalarni bajarish uchun maxsus ishlab chiqilgan. 
 
Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda berishingiz mumkin – buning uchun elektron pochtaga so‘rov yuboring yoki biz bilan telefon orqali bog‘laning:
 
info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
 
Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz
Telegram kanali - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03
 
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 04 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar