VITAMED MEDICAL klinikasida «SHIFOKOR AMALIYOTIDA BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM. KOMBINATSIYALANGAN DORI VOSITALARINING AFZALLIKLARI» mavzusida davra suhbati
VITAMED MEDICAL klinikasida «SHIFOKOR AMALIYOTIDA BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM. KOMBINATSIYALANGAN DORI VOSITALARINING AFZALLIKLARI» mavzusida davra suhbati
Hurmatli Hamkasblar!
2017-yil 29-iyun kuni soat 14:00 da VITAMED MEDICAL Tibbiyot Markazida «Boehringer Ingelheim» farmatsevtika kompaniyasi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Shifokor amaliyotida bronxoobstruktiv sindrom. Kombinatsiyalangan dori vositalarining afzalliklari» mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.
Kun tartibi:
1. Tashmetova Gulchehra Talipovna, VITAMED MEDICAL klinikasining pulmonolog shifokori, ToshVMOI pulmonologiya kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi, «Bronxoobstruktiv sindrom: klinik jihatlar» mavzusidagi ma’ruza.
2. Djambekova Gulnara Suleymanovna, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi, «O‘tkir bronxoobstruksiyada nebulayzer terapiyasi» mavzusidagi ma’ruza.
3. VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazining texnologik va kadrlar salohiyati taqdimoti.
4. Kofe-breyk.
Biz qiziqqan mutaxassislarni (UASh, terapevtlar, otorinolaringologlar, allergologlar, pulmonologlar, pediatrlar, laborant shifokorlar va boshq.) davra suhbati ishida qatnashishga taklif etishdan mamnunmiz.
Seminarda qatnashishni istagan mutaxassislardan oldindan ro‘yxatdan o‘tishni va ishtirokini quyidagi telefonlar orqali tasdiqlashni so‘raymiz:
+998 55 055 10 08, (+998 97) 739-53-35.
O‘tkaziladigan joy: VITAMED MEDICAL tibbiyot markazining konferens-zali, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 109a. Mo‘ljal – «Азия-Ташкент» mehmonxonasi.
Davra suhbati ishtirokchilarini ro‘yxatga olish soat 13:00 dan VITAMED MEDICAL Markazining xollida boshlanadi.
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →