Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
VITAMED MEDICAL KLINIKASIDA KOMPLEKS TEKSHIRUVLAR
08.08.2018 · 👁 2,585

VITAMED MEDICAL KLINIKASIDA KOMPLEKS TEKSHIRUVLAR

Sog‘liqni sotib olib bo‘lmaydi! XXI asrda bu ibora alohida ma’no kasb etmoqda. Zamonaviy hayotning barcha murakkabliklarini (stress, yomon ekologiya, hayotning tez sur’ati) hisobga olsak, organizm ishdan chiqqan paytni osongina boy berib qo‘yish mumkin.

Ba’zan kasallik ko‘rinishidagi bu nosozlik o‘zini juda kech bildiradi, bu esa davolash jarayonini ancha murakkablashtiradi. Shifokorlar bemorlarga ko‘pincha: tashxis ertaroq qo‘yilganida hammasi ancha yaxshi va oson bo‘lardi, deb aytishadi.

Aynan o‘z organizmi oldida aybdorlik hissini tuymaslik va boy berilgan vaqt uchun o‘zini koyimaslik uchun tobora ko‘proq odamlar muntazam tahlil topshirishga va ko‘rikdan o‘tishga intilmoqda.

Yaxshi sog‘liq – bu uyg‘unlikdagi tana. Biroq yaxshi sog‘liqni o‘z-o‘zidan bo‘ladigan narsa deb hisoblab bo‘lmaydi.

Kundalik tashvishlar girdobida biz o‘z sog‘lig‘imiz haqida o‘ylashga doim vaqt topa olmaymiz. Shifokorlarga faqat xavotirlanishga asos paydo bo‘lgandagina boramiz.

Agar siz allaqachon biror kasallikdan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yiliga necha marta profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz va tegishli tekshiruvlarni qildirishingiz kerakligini tavsiya etishi lozim. Masalan, gipertoniya kasalligi yoki YuIK (yurak ishemik kasalligi) bor bemorlar har 3 oyda kardiologga borishlari kerak: qon bosimini tushiruvchi dorilar dozasini to‘g‘rilash, xavf omillarini aniqlash, gipertoniya kasalligining xatarli asoratlari – miokard infarkti, insult, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, buyrak yetishmovchiligining oldini olish uchun.

Sog‘lig‘ingizning hozirgi holatini baholash maqsadida VITAMED MEDICAL klinikasi sizga quyidagi kompleks tekshiruvlarni taklif etadi:

  1. BAZAVIY tekshiruvlar kompleksi qon va siydik tahlillari, o‘pka rentgenografiyasi, EKG, ExoKG, Tredmil test, stomatolog va terapevt ko‘rigini o‘z ichiga oladi.
  2. Yurak operatsiyalaridan (AKSh — aortokoronar shuntlash, koronar arteriyalarni stentlash, yurak klapanlarini protezlash) keyingi bemorlar uchun dastur qon va siydik tahlillari, o‘pka rentgenografiyasi, EKG, ExoKG, Tredmil test, stomatolog va kardiolog ko‘rigini o‘z ichiga oladi.
  3. “SOG‘LOM YURAK” dasturi ham qon va siydik tahlillari, o‘pka rentgenografiyasi, EKG, Stress-ExoKG, bo‘yin tomirlari dopplerografiyasi, stomatolog, oftalmolog va kardiolog ko‘rigini o‘z ichiga oladi.
  4. DIABETGA CHALINGANLAR UCHUN dastur qon va siydik tahlillari, o‘pka rentgenografiyasi, EKG, kardiolog, oftalmolog, stomatolog, nevrolog va endokrinolog ko‘rigini o‘z ichiga oladi.
  5. GIPERTONIKLAR UCHUN dastur qon va siydik tahlillari, o‘pka rentgenografiyasi, EKG, ExoKG, Tredmil test (ko‘rsatma bo‘yicha), ABSM (arterial bosimni sutkalik monitoring qilish), impuls-to‘lqin tahlili, buyrak tomirlari dopplerografiyasi, terapevt, stomatolog, otorinolaringolog va kardiolog ko‘rigini o‘z ichiga oladi.
  6. Ayollar\erkaklar uchun «ORGANIZMNI TO‘LIQ TEKSHIRISH» dasturi qon tahlillari, jumladan onkomarkerlar, gepatit B, C va OIV markerlariga tahlillar, siydik tahlili, o‘pka rentgenografiyasi, Stress-ExoKG, bo‘yin tomirlari dopplerografiyasi, spirometriya, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a’zolari UTT, terapevt, stomatolog, otorinolaringolog, oftalmolog, ginekolog/urolog va kardiolog ko‘rigini o‘z ichiga oladi.

 

  1. «UMRGA UMR QO‘SHING» dasturi «ORGANIZMNI TO‘LIQ TEKSHIRISH» dasturida nazarda tutilgan barcha test va maslahatlarni, shuningdek koronar arteriyalarning kalsinoz darajasini baholash bilan kompyuter tomografiyasi angiografiyasi kabi testlarni o‘z ichiga oladi.

Tekshiruvdan o‘tganingizdan keyin tibbiy xulosangizni olasiz. Yakuniy maslahatda shifokor-koordinator tibbiy xulosa mazmunini tushuntiradi, sog‘lig‘ingiz holatiga asoslangan zarur tavsiyalarni beradi.

Vaqtingiz bebaho ekanini tushunamiz, shuning uchun barcha tekshiruvlardan bir kun ichida o‘tish mumkin bo‘lgan reja tuzdik.

Zarurat bo‘lsa, shifokor-koordinator shikoyatlaringiz va mavjud surunkali kasalliklaringizni hisobga olib, sizga individual tekshiruv rejasini tavsiya etishi mumkin.

Bizning maqsadimiz – sog‘lig‘ingizni saqlash.

Tekshiruv dasturlari haqida batafsilroq ma’lumotni VITAMED MEDICAL klinikasida shifokor-koordinator kabinetida yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib olishingiz mumkin:


+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08

Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz

Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03

Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!

 

 

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar