01.12.2020 · 👁 1,591
Buyrakdagi toshlar: ular qayerdan paydo bo‘ladi va oldini olish uchun nima qilish kerak?
Buyrakdagi toshlar: ular qayerdan paydo bo‘ladi va oldini olish uchun nima qilish kerak?
Siydik-tosh kasalligi – dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri.
Bu kasallik haqida siz albatta bilishingiz kerak bo‘lgan 5 ta fakt:
FAKT№1.
‼️Nefrolitiaz har qanday yoshdagi odamlarda rivojlanadi. Kasallanganlarning 10% i – 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
FAKT№2.
‼️Buyrak toshlari turli o‘lchamda bo‘ladi – 0,1 sm li eng maydalaridan tortib, tennis to‘pini eslatadigan 10-15 sm li yiriklarigacha.
FAKT№3.
‼️O‘ng buyrakda toshlar chap buyrakdagiga qaraganda ko‘proq hosil bo‘ladi. Bemorlarning 15-20 % ida – toshlar bir vaqtning o‘zida ikkala buyrakda kuzatiladi.
FAKT№4.
‼️Toshlar turli kimyoviy tarkibda bo‘ladi: oksalatlar, fosfatlar, karbonatlar, uratlar va boshqalar.
FAKT№5.
‼️Buyrakdagi toshlar umuman qayerdan paydo bo‘ladi?
Bu savolga aniq javob yo‘q. Toshlar paydo bo‘lishiga yordam beradigan omillarga quyidagilar kiradi:
- irsiyat
- gipervitaminozlar
- moddalar almashinuvining buzilishi
- urologik infeksiyalar
- siydik kislotaliligining oshishi
- sutkalik suyuqlikni yetarli iste’mol qilmaslik
Shuni ta’kidlash kerakki, nefrolitiaz beozor kasallik emas, u asoratlarga: o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir yetishmovchilik yoki buyraklarning burishishiga olib kelishi mumkin.
Quyidagi qoidalarga amal qilinsa, buyrakda tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytirish mumkin:
- Ko‘proq suyuqlik ichish (2 litrdan boshlab)
- Tuz, shakar va shirinlashtirgichlarni cheklash
- Qizil go‘sht iste’molini kamaytirish
- Sport bilan shug‘ullanish
- Gazlangan ichimliklardan voz kechish
- Yangi meva va sabzavotlarni ko‘p yeyish
- Spirtli ichimlik va chekishdan voz kechish
Agar bel sohasida vaqti-vaqti bilan kuchli yoki o‘tkir og‘riq bezovta qilsa va siyishda qiyinchilik bo‘lsa, urolog yoki nefrolog shifokorga borishni kechiktirmang.
1141 yoki 71 2033003
Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5A
Beruniy metrosi.
www.akfamedline.uz
#akfamedline #фактыоздоровье #урологи #почки
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахматуллаев Баходир Мирзиятович
urolog-androlog shifokor · klinika «Андролог и Я»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 275-82-73
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi