12.03.2019 · 👁 2,601
YUQUMLI KASALLIKLARDAN O‘ZINGIZNI QANDAY HIMOYA QILISH MUMKIN
O‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan har bir inson yuqumli kasalliklardan himoyalanishi mumkin va shart.
Har bir kishi yodda tutishi kerakki, yuqumli kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda atrofdagilar bilan muloqotni cheklash va tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.
O‘z immunitetini mustahkamlash haqida qayg‘urish har bir insonning qo‘lidan keladi. Buning uchun, eng avvalo, sog‘lom turmush tarzini olib borish kerak.
To‘g‘ri ovqatlanish organizmning immun tizimiga infeksiyani yengishga yordam beradi. Agar tabiiy vitaminlar yetarli bo‘lgan xilma-xil, muvozanatli parhezga rioya qilsangiz, immunitetingiz viruslar va bakteriyalarga qarshi ishonchli qalqonga aylanadi.
Shakarga to‘yingan mahsulotlar iste’molini cheklang.
Tarkibida rux bo‘lgan mahsulotlarni (dengiz mahsulotlari, go‘sht, yong‘oqlar, tuxum, pishloq, donli mahsulotlar) ko‘proq iste’mol qiling.
Pestitsidlar qo‘llanilmasdan yetishtirilgan sabzavotlardan foydalaning.
Organizmdagi probiotik (foydali bakteriyalar) zaxirasini to‘ldiring. Jonli yogurtlar, bosh piyoz, porey piyozi, sarimsoq, artishok, banan yeng.
A va C vitaminlariga boy sabzavotlarni (brokkoli, sabzi, yashil bargli ekinlar) ko‘proq iste’mol qiling
Selen — kuchli antioksidant bo‘lib, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Dengiz mahsulotlari, donli va boshoqli ekinlar, jigar, buyrak, Braziliya yong‘og‘ida bo‘ladi.
Flavonoidlar — saratonga qarshi kuchli vositalar va immun tizimi stimulyatorlari. Pomidor, bosh piyoz, yong‘oqda bo‘ladi.
OITS va gepatit B kabi ayrim yuqumli kasalliklar uchun profilaktika kurashning asosiy usuli hisoblanadi. Tibbiyot rivojining hozirgi darajasida bu kasalliklarni davolash qiyin yoki umuman davolab bo‘lmaydi. Ular odamdan odamga qon orqali yuqadi, shuning uchun bu kasalliklar viruslarining kirish yo‘llari qatoriga qon quyish, zararlangan igna va jinsiy yo‘l kiradi. Shundan kelib chiqib, ushbu o‘lim xavfini tug‘diruvchi kasalliklar profilaktikasi quyidagi choralarni o‘z ichiga oladi:
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- tartibsiz jinsiy aloqalarga yo‘l qo‘ymaslik;
- jinsiy aloqada maxsus himoya usullarini qo‘llash;
- bir martalik shpritslardan foydalanish;
- tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish.
Bu kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish o‘ta muhim, chunki kasallikning erta bosqichlarida to‘liq tuzalish bo‘lmasa ham, hech bo‘lmaganda bemorning umrini sezilarli darajada uzaytirish mumkin. Bunda o‘zida ushbu kasallik borligini bilgan odam uning tarqalishining oldini olish uchun barcha ehtiyot choralariga rioya qilishi kerak. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda OITS va gepatit B ga anonim diagnostik tekshiruv punktlari mavjud bo‘lib, u yerda har bir kishi o‘z sog‘lig‘i holatini nazorat qilishi mumkin. Shu bilan birga, bu o‘limga olib keluvchi kasalliklar tug‘diradigan xavfni yodda tutgan holda, masalan, OITS bilan kasallangan odam u bilan muloqot qilish qoidalariga rioya qilinganda yuqumli emasligini unutmaslik kerak.
Karimova Gulnora Raupdjanovna
Maqolaning tibbiy eksperti
Турсунова Назокат Омилхоновна
ginekolog, reproduktolog · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 210-30-30
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi