Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Erkaklar urogenital yo‘li mikroflorasini real vaqt rejimidagi PZR usulida tekshirish endi AKFA Medline’da
02.07.2018 · 👁 2,762

Erkaklar urogenital yo‘li mikroflorasini real vaqt rejimidagi PZR usulida tekshirish endi AKFA Medline’da

Siydik-tanosil tizimining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari erkaklar salomatligidagi muammolarning, jumladan reproduktiv funksiya buzilishining asosiy sababidir.
 
PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) tekshiruvi bakterial prostatit rivojlanishida ishtirok etadigan mikroorganizmlarni aniqlash va ularning miqdorini belgilash, o‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonining sababini topish imkonini beradi — hatto kasallikning o‘ziga xos belgilari va shikoyatlar bo‘lmagan taqdirda ham. Ushbu tekshiruv erkaklar mikroflorasi uchun maxsus moslashtirilgan.
 
Endi erkaklar urogenital yo‘li mikroflorasini real vaqt rejimidagi PZR usulida tekshirish AKFA Medline’da ham mavjud.
 
Tekshiruv nima uchun qo‘llanadi?
 
Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (JYYI) qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash;
erkaklarning siydik-tanosil yo‘lida bo‘lishi yoki siydik-tanosil tizimining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan shartli-patogen mikroorganizmlarni tahlil qilish;
infeksion jarayonning etiologiyasini aniqlash;
tayinlanadigan davolash hajmini oldindan belgilash imkoniyati;
dinamik kuzatuv olib borish imkoniyati;
biomaterial olish sifatini nazorat qilish (odam genom DNKsini miqdoriy baholash).
Natijalar nimani anglatadi?
 
Test natijasi jadval ko‘rinishida, grafik shaklda taqdim etiladi.
Reaksiya natijalarini hisobga olish va talqin qilish avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan namunada shartli-patogen mikroorganizmlar DNKsi bo‘lsa, mikroorganizm miqdori ko‘rsatiladi. Bo‘lmasa, «aniqlanmadi» deb yoziladi.
Tekshiruv natijasida olingan ma’lumot zarur davolash hajmini belgilash, takroriy tekshiruv esa davolash samaradorligini baholash imkonini beradi.
Usul erkaklar urogenital yo‘li mikroflorasi tarkibini 24 ko‘rsatkich bo‘yicha miqdoriy aniqlash imkonini beradi:
 
-fakultativ-anaerob mikroorganizmlar: Lactobacillus spp., Streptococcus spp., Staphylococcus spp.; Corynebacterium spp.
 
-bakterial vaginoz bilan bog‘liq ShPM (shartli-patogen mikroorganizmlar): Gardnerella vaginalis/ Fusobacterium spp., Megasphaera spp./Veilonella spp./Dialister spp., Leptotrhia spp./Sneathia spp./Mycoplasmahominis/, Ureaplasmaurealyticum.; Ureaplasmaparvum./ Atopobiumclaster/
 
-ShPM anaeroblar: Bacteroidesspp/Porphyromonasspp./Prevotellaspp./Anaerococcusspp./ Peptostreptococcusspp./Parvimonasspp./ Eubacteriumspp.
 
-ShPM Haemophilus spp.: Haemophilus spp.
 
-ShPM Pseudomonas aeruginosa/ Ralstonia spp./ Burkholderia spp./ Enterobacteriaceae spp./ Enterococcus spp./
 
-Achitqisimon zamburug‘lar: Candida spp.
 
-Patogenlar: Mycoplasma genitalium/ Trichomonas vaginalis/ Neisseria gonorrhoeae/ Clamydia trachomatis/.
 
PZR tekshiruvi yordamida natijani bir necha kun ichida olish mumkin.
 
Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99871 203 30 03. Call-markaz: 1141
Manzilimiz: Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5A
Mo‘ljal: «Beruniy» metrosi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Омонжонов Хусниддин Салохиддинович
otorinolaringolog (LOR) shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar