14.07.2021 · 👁 1,474
Infeksionist COVID-19 hind shtammining xavfli alomatlarini sanab o‘tdi
Shifokorlar koronavirusning "hind" mutatsiyasiga xos xavfli alomatlarni aytib o‘tdi, bu haqda Britaniyaning Express nashri yozmoqda.
Infeksionist Abdul Gafurning ta’kidlashicha, hind shtammi nomi bilan tanilgan SARS-CoV-2 ning delta-varianti yuqqanlarda ko‘pincha diareya kuzatiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiyaning birinchi to‘lqinida bunday alomat ancha kam uchragan.
Shuningdek, hind shtammi yuqqan bemorlarda gangrenaga olib keladigan tromblar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bemorlar eshitishning buzilishi va oshqozon faoliyatining og‘ir buzilishlaridan shikoyat qiladi.
"Ayyor" shtamm
Koronavirusning hind shtammi va uning mutatsiyalari xavfli, chunki virusning bu varianti hujayralarga kirganida antitanalarga juda chidamli bo‘lib qoladi, biroq Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalardan himoya qilish uchun yetarlicha yuqori antitanalar titrini beradi, deb ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg.
"U hujayralarni yemirmaydi, balki bir hujayradan boshqasiga o‘tib, ko‘p yadroli hujayralar hosil qilgan holda tarqaladi, shu tariqa ichkariga kirib olgach, qonda aylanib yuradigan antitanalarga juda chidamli bo‘lib qoladi, uning ayyorligi ana shunda", - dedi Gintsburg.
Uning ta’kidlashicha, "Sputnik V" bilan emlash beradigan antitanalar zaxirasi bugungi kunda ma’lum bo‘lgan barcha shtammlardan himoya qilish uchun yetarlicha yuqori.
Hind shtammi
Koronavirusning B.1.617 shtammi Hindistonda 2020-yil 5-oktabrda Maharashtra shtatida aniqlangan, so‘nggi paytda u ko‘plab mamlakatlarda topildi. Mahalliy shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, bu mutatsiya Hindistondagi koronavirusning ikkinchi to‘lqini sabablaridan biri bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq bu shtammning uchta kichik turi - B.1.617.1, B.1.617.2 va B.1.617.3 aniqlangan edi, yangi kichik tur esa spayk oqsilida K417N mutatsiyasi borligi bilan farq qiladi, u kasallikni boshdan kechirgan va emlangan odamlarning zardobi hamda antitanalari faolligini pasaytirishi mumkin. Hind shifokorlarining ta’kidlashicha, bu shtamm ilk bor shu yilning mart oyida Yevropada aniqlangan.
Hindiston aniqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda qolmoqda.
90 dan ortiq mamlakat
Dunyoning 90 dan ortiq mamlakati koronavirusning "delta" varianti tarqalganini qayd etdi, u Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (JSST) xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda avvalroq JSST favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove bayonot bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "delta" varianti tashkilotda xavotir uyg‘otmoqda, chunki u dunyo bo‘ylab juda tez tarqalmoqda.
JSST vakili, shuningdek, koronavirusning oldini olish uchun mavjud preparatlar to‘liq emlash kursidan o‘tilganda hind shtammi "delta"dan himoya qilishini ta’kidladi. Mutaxassisning qayd etishicha, "delta"-variant o‘lim holatlarining ko‘payishiga olib kelishi haqida hozircha tasdiq yo‘q. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotda yakuniy xulosalar chiqarish uchun ma’lumotlar yetarli emas.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 210-30-30
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi