VITAMED MEDICAL KLINIKASIDA FIZIOTERAPIYA
Fizioterapiya – tabiiy omillarning organizmga ta’sirini o‘rganadigan tibbiyot sohasi. Tabiiy omillardan foydalanib davolash bemor qabul qiladigan farmakologik preparatlar miqdorini kamaytirish, ayrim hollarda esa ulardan butunlay voz kechish imkonini beradi.
FIZIOTERAPIYAGA KO‘RSATMALAR:
* yurak va qon tomir kasalliklari;
* nafas a’zolari kasalliklari;
* LOR kasalliklari ;
* asab tizimi kasalliklari;
* oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari;
* urologik kasalliklar va buyrak patologiyalari;
* erkaklar jinsiy a’zolari kasalliklari;
* teri kasalliklari;
* tayanch-harakat tizimi kasalliklari;
* stomatologik kasalliklar;
* endokrin tizim kasalliklari;
Davolovchi ta’sirlari:
* Qon va limfa aylanishini yaxshilash;
* Og‘riqsizlantirish;
* Immunitetni rag‘batlantirish;
* Moddalar almashinuvi jarayonlarini rag‘batlantirish;
* To‘qimalarning reparatsiya va regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish;
* Shishni so‘rdirish;
* Miostimulyatsiya;
* Miorelaksatsiya;
* Umumiy relaksatsiya;
* Organizmning kompensator imkoniyatlarini oshirish;
* A’zo va to‘qimalarning normal funksiyasini tiklash;
* Ish qobiliyatini oshirish;
* Depressiv holatlarga qarshi kurash;
* Reabilitatsiya davrini qisqartirish.
VITAMED MEDICAL klinikasi BTL kompaniyasining Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan eng yangi, o‘ta zamonaviy fizioterapevtik apparaturasi bilan jihozlangan; u ko‘plab kasalliklarda fizioterapiyani qulay, sifatli va samarali o‘tkazish imkonini beradi.
Fizioterapiya bo‘limi maxsus uskunalarning to‘liq to‘plamiga ega bo‘lib, unga quyidagilar kiradi: elektroterapiya, magnitoterapiya, ultratovush terapiyasi, mikroto‘lqinli va qisqa to‘lqinli terapiya, vakuum-terapiya, UYuCh (ultra yuqori chastotali) terapiya, Nebulayzer ingalyatori. Fizioterapevtik apparatlarning, xususan BTL kompaniyasi apparatlarining asosiy afzalligi shundaki, ular muayyan bemor va muayyan tashxisga mo‘ljallangan noyob dasturlar bilan jihozlangan, shu orqali individual yondashuvni ta’minlaydi, bu esa davolashdagi asosiy mezondir. Masalan, elektroterapiya apparati galvanik, diadinamik va shu kabi klassik an’anaviy toklardan tashqari, TENS toklari, Trabert toklari, elektrostimulyatsiyaning turli xillari kabi ko‘plab har xil toklarni o‘zida jamlagan. Bundan tashqari, u muolajalarni bir vaqtning o‘zida ikki bemorga o‘tkazish imkonini beradi; bu ham bemorning navbat kutib o‘tirmasligiga, shu orqali qimmatli vaqtini tejashiga yordam beradi. Yoki, masalan, ultratovush terapiyasi apparati asosiy ultratovush datchigidan tashqari, HANDSFREE SONO applikatori — « erkin qo‘llar» deb ataladigan moslama bilan ham jihozlangan; u ham bemorlar uchun qulaylik yaratadi, shifokor esa bu vaqtda boshqa bemorni ko‘rikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Fizioterapiya noinvaziv davolash usulidir, chunki bu tabiiy fizik omillar bilan davolashdir; uning afzalliklaridan biri ham shunda — u bemorlarni dori vositalarini nooqilona va nazoratsiz qo‘llashdan asraydi.
Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib berishingiz mumkin:
info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →