Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
ERKAKNING - KUCH-QUVVAT MANBAI
28.07.2018 · 👁 3,095

ERKAKNING - KUCH-QUVVAT MANBAI

O‘rta yoshdagi erkak - bu sekin-astalik bilan hayotga qiziqishini, o‘z kuchi va quvvatini yo‘qotib boruvchi kishidir. Harakatchan inson kamharakat odamga aylanadi va aqlan, jismonan tez toliqadigan bo‘lib qoladi. Jo‘shqin, xushmuomala, xushchaqchaq insondan birdaniga sustkash depressiv pessimistga aylanadi. Bunday kishi bilan ishlash, yashash borgan sari qiyinlashib boradi.

Ishda o‘zligini yo‘qotadi, hech narsa uni avvalgidek ishga qiziqib kirishib ketishga unday olmaydi. Oiladagi vaziyat, o‘zaro munosabatlar taranglashadi, asta-sekin do‘stlari bilan ham aloqalarni uza boshlaydi.. Bu esa o‘z navbatida asabiylik va jinsiy ojizlikka olib kelishi mumkin. Jinsiy hayotida va umuman turmushida muammolar paydo bo‘ladi, erkak kishi o‘zligini, ya’ni ichki «men»ini yo‘qotadi. Buning sababi erkaklarda andropauzaning boshlanishidir. «Andropauza» so‘zi ikkita grek so‘zidan iborat bo‘lib, «andro» - erkak, «pausae» - to‘xtash, ya’ni «erkaklik xususiyatining to‘xtash vaqti» degan ma’noni anglatadi.

Bu holat ko‘p hollarda 50 yoshdan so‘ng uchraydi, lekin shunga qaramasdan 30 yoshdan keyin ham kuzatilishi mumkin. Buning sababi organizmda testosteron gormoni miqdorining kamayishidir. Biz testosteron gormoni evaziga hayotga kelamiz. U ham erkaklarda, ham ayollarda jinsiy xohishni boshqaradi, ya’ni jinsiy sifat bo‘lmish ustunlik, jo‘shqinlik, kuch, o‘ziga ishonchni oshiradi.

Testosteron gormoni urug‘ ishlab chiqarilishini, erkaklik quvvatini boshqaradi va erkaklarning farzandli bo‘lishga moyilligini oshiradi. Hech kimning kuch-quvvati, ruhiy va jinsiy faoliyat doirasi ham cheklanmagan qudratga ega emas. Shunday ekan, har birimiz vaqti-vaqti bilan shifokorlar nazoratidan o‘tib tursak, hech qachon yutqazmaymiz.

Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar