shifonur
🏥kliniki*
VITAMED MEDICAL klinikasida endourologik davolash usullari
31.03.2017 · 👁 3,184

VITAMED MEDICAL klinikasida endourologik davolash usullari

VITAMED MEDICAL klinikasining urolog, endourolog shifokori Rahmatillayev Shohruhbek Yusupjonovich sizni «Endourologik davolash usullari» mavzusidagi maqola bilan tanishtiradi

Zamonaviy endourologiya siydik-tanosil tizimi a’zolarida va qorin parda orti bo‘shlig‘ida rentgen-televizion, ultratovush, endoskopik yoki aralash nazorat ostida, transuretral yoki perkutan (teri orqali) yo‘l bilan bajariladigan instrumental diagnostik va davolash muolajalarini (operatsiyalarni) o‘z ichiga oladi.

Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarining urologiyaga keng joriy etilishi siydik-tanosil tizimi a’zolarining aksariyat kasalliklarida diagnostika va davolash taktikasiga an’anaviy yondashuvni sezilarli darajada o‘zgartirdi. Bu, avvalo, quyidagilarga taalluqli:

* siydik-tosh kasalligi;
* buyraklarning kistoz kasalliklari;
* o‘tkir va surunkali obstruktiv-yallig‘lanish kasalliklari;
* yuqori va quyi siydik yo‘llarining strikturalari, oqma yaralari, yot jismlari va papillyar o‘smalari;
* prostataning xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi), sklerozi va saratoni.

So‘nggi vaqtgacha bu kasalliklarning barchasi asosan ochiq, ko‘pincha takroriy va shikastli yoki a’zoni olib tashlaydigan operatsiya yo‘li bilan davolangan. Bunday operatsiya katta jarrohlik mahorati va tajribasini talab qilgan, shunga qaramay ko‘pincha ko‘plab asoratlar bilan kechgan. Davolanish bemorlarning statsionarda uzoq yotishini talab qilgan hamda davomli reabilitatsiya va bemorlarning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan birga kechgan. Ayrim hollarda davolanish muddati va shikastliligini, shuningdek, unga ketadigan xarajatlarni oshiradigan eksplorativ va birlamchi palliativ operatsiyalar o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.

Xo‘sh, endourologik aralashuvlarning ochiq yo‘l bilan bajariladigan standart operatsiyalardan afzalliklari nimada?

1. Ularning ko‘pchiligi o‘z asosida rentgenologiya, ultrasonografiya, jarrohlik va endoskopiya yutuqlarini birlashtiradi.
2. Kasalliklar diagnostikasining sifatini yaxshilaydi va uni tezlashtiradi.
3. Diagnostika bosqichini bir vaqtning o‘zida samarali instrumental davolash ta’siriga o‘tkazish imkoniga ega — bu diapevtika deb ataladi.
4. Ularning aksariyati bajarilishi nisbatan oddiyligi, kam shikastliligi, asoratlari kamligi bilan ajralib turadi, minimal anesteziya talab qiladi.
5. Bemorlarning jismoniy va ruhiy azoblarini, shuningdek, ularni davolash va tiklanish davriga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi; tiklanish muddati 3—5 baravar qisqaradi.
6. Bemor va a’zo uchun xavfni oshirmasdan takrorlash imkoniga ega, shuningdek, ulardan keyin an’anaviy operatsiyalar o‘tkazishni deyarli qiyinlashtirmaydi.
7. Shifoxonada yotish muddati qisqa (ko‘pincha bu aralashuvlar ambulator tartibda bajarilishi mumkin). Reabilitatsiya davri qisqa
8. Kosmetik samara (terida chandiqlar qolmaydi)

Yangi diagnostik va operativ usullar o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilishda davom etmoqda. Ular bunday kasalliklarda aksariyat hollarda ochiq operatsiya va narkozdan qochish hamda davolashning fundamental tamoyillari va asoslarini o‘zgartirmagan holda o‘sha natijaga, biroq bemor va a’zo uchun ancha kam xavf bilan erishish imkonini beradi.

Bular rentgen-televizion, ultratovush, endoskopik yoki aralash nazorat ostidagi instrumental davolash va diagnostik muolajalar (operatsiyalar) — teri orqali (perkutan) yoki transuretral yo‘l bilan bajariladigan, endourologik aralashuvlar deb ataladigan amaliyotlardir. Ular orasida:

* prostata va siydik pufagining transuretral elektrorezeksiyasi (TUR);
* prostata bezi adenomasining transuretral lazerli enukleatsiyasi.
* buyrak toshlarini teri orqali (perkutan) olib tashlash.
* siydik nayining kontakt litotripsiyasi (toshlarni olib tashlash);
* diagnostik va davolovchi nefroureteroskopiya,
* yuqori va quyi siydik yo‘llari strikturalarini bujlash, ballonli dilatatsiya, endotomiya va protezlash;
* buyrak kistalarini punksiya qilish;
* papillyar o‘smalarning endorezeksiyasi.

Endourologiya ikki yirik urologik yo‘nalishni — endoskopik jarrohlik va intervension urorentgenologiyani birlashtirdi, bunga asosan uchta omil sabab bo‘ldi.

1. Buyrak va siydik nayi uchun maxsus endoskoplarning yaratilishi va takomillashtirilishi.
2. Supravezikal rentgen-endoskopik aralashuvlarning tez rivojlanishi; ularni bajarish uchun tobora ko‘proq aralash rentgen-televizion, ultratovush va endoskopik nazorat (kombinatsiyalangan nazorat) talab qilingan.
3. Bunday muolajalarni radiologlar emas, balki urologlarning tobora ko‘proq bajarishi.

Shunday qilib, keng ma’noda hozirgi vaqtda endourologik aralashuvlarga siydik-tanosil tizimi a’zolarida va qorin parda orti bo‘shlig‘ida to‘qimalarni kesmasdan, rentgen-televizion, ultratovush, endoskopik va aralash nazorat ostida bajariladigan barcha diagnostik va davolash muolajalari kiradi. Endourologiyaning ahamiyatini shu fakt ham tasdiqlaydi: so‘nggi barcha urologik konferensiya, plenum va qurultoylarda muhokama qilinadigan mavzulardan biri endourologiya bo‘lmoqda. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, endourologiya sohasi nihoyatda keng va yangi usullarni egallash istiqbollari ulkan.

Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda berishingiz mumkin: buning uchun elektron pochtaga so‘rov yuboring yoki biz bilan telefon orqali bog‘laning: info@vitamed.uz +998 55 055 10 08
Qo‘shimcha ma’lumot: www.vitamed.uz Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03

Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 04 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar