Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Prostatitda nima sodir bo‘ladi?
15.06.2017 · 👁 3,186

Prostatitda nima sodir bo‘ladi?

Prostatit — bu prostata bezining yallig‘lanishi. Ko‘pincha prostatit surunkali shaklda, bir necha yil davomida, ortiqcha bezovta qilmasdan rivojlanadi. Bunda kuchli bo‘lmagan og‘riqlar, oraliq sohasida dumg‘aza, jinsiy a’zolar yoki to‘g‘ri ichakka tarqaladigan noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan tez-tez, og‘riqli, ba’zan qiyinlashgan siyish, siydik chiqarish kanalidan oz miqdorda ajralma kelishi kuzatiladi.
 
Afsuski, erkaklarning ko‘pchiligi bu bosqichda bunday alomatlarga e’tibor bermaydi.
20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning 30% ga yaqini surunkali prostatitdan aziyat chekadi.
Surunkali prostatitning xavfi shundaki, uning tarqalishi siydik-tanosil tizimi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Prostata bezidagi yallig‘lanish jarayonlari keyinchalik prostata adenomasi rivojlanishiga va hatto ereksiya bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Erkaklarda prostatitni davolashning zamonaviy usullari juda xilma-xil bo‘lib, kasallikning darajasi va turiga, asoratlar bor-yo‘qligiga, qancha vaqtdan beri davom etayotganiga, shuningdek bemor organizmining xususiyatlariga bog‘liq.
 
Mutaxassislarimiz sizga tekshiruvdan o‘tishni taklif qiladi, bu tashxisni va kasallikning qanchalik ifodalanganini aniqlashtirish imkonini beradi, so‘ngra natijalarga ko‘ra sizga tegishli davolash kursi tayinlanadi
Biz Sizga hayot quvonchini qaytaramiz !
 
Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin : http://profmed.uz/shw_services/urologiya
Shuningdek, telefon orqali: (+99871) 212-10-28, (+99871) 212-30-05
Manzilimiz: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 119-uy. “ProfMedService” klinikasi. Mo‘ljal: «Shahriston» metro bekati.
Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 04 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar