23.02.2021 · 👁 1,482
Varikotsele nimasi bilan xavfli? Uni o‘zingiz payqashingiz mumkinmi? Qanday davolanadi?
Bu savollarga bugun UROLOGIC COMPLEX klinikasining urolog-androlog shifokori Rustamov Bahrom Rustamovich javob beradi.
Statistikaga ko‘ra, varikotsele erkaklar bepushtligining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir. Mohiyatan bu — urug‘ tizimchasi venalarining kengayishi bo‘lib, u ko‘pincha sezilarsiz kechadi va faqat moyak sohasidagi og‘irlik yoki vaqti-vaqti bilan simillovchi og‘riq bilan namoyon bo‘ladi.
Varikotselening xavfi shundaki, u moyaklarda venoz qonning dimlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa shu sohaning qizib ketishiga va spermatogenezning yomonlashishiga olib keladi hamda spermatozoidlar soni, ularning harakatchanligi va me’yoriy spermatozoidlar foizi kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kasallik rivojlanishining bir necha bosqichi farqlanadi:
1. 0-bosqich (subklinik) — ko‘rikda moyak venalarining kengayishi aniqlanmaydi, ularning varikoz kengayishini faqat UTT dopplerografiyasi yoki flebografiya yordamida aniqlash mumkin.
2. 1-bosqich — venalarning kengayishi kuchanganda aniqlanadi.
3. 2-bosqich — kengaygan venalar kuchanmasdan ham aniqlanadi.
4. 3-bosqich — moyak va urug‘ tizimchasining kengaygan venalari oddiy ko‘z bilan ko‘rinadi.
Bu shuni anglatadiki, kasallikni mustaqil ravishda faqat Sizga operatsiya kerak bo‘lib qolgan bosqichdagina payqash mumkin, shuning uchun urologda o‘z vaqtida profilaktik ko‘rikdan o‘tib turgan ma’qul.
Varikotsele qanday davolanadi?
Ko‘rsatmalar bo‘lganda (bepushtlik, og‘riq sindromi, moyak o‘lchamining kichrayishi, jinsiy sohadagi buzilishlar, spermogramma ko‘rsatkichlarining yomonlashishi) jarrohlik aralashuvi – varikotselektomiya o‘tkaziladi. Operatsiyaning mohiyati moyak urug‘ tizimchasining kengaygan venalarini bog‘lashdan iborat bo‘lib, bu qon oqimini yaxshilaydi va spermatozoidlar funksiyasini tiklaydi.
Agar varikotsele 0 yoki 1-darajada bo‘lsa, shifokor bir qator oldini olish choralariga rioya qilishni tavsiya etadi:
Plavka ko‘rinishidagi ichki kiyim kiyish;
Ovqatlanishni to‘g‘rilash — qabziyatga yo‘l qo‘ymaslik, achchiq va sho‘r taomlarni cheklash, yangi sabzavot va mevalar iste’mol qilish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilmaslik;
Jinsiy hayotni barqarorlashtirish;
Haddan tashqari jismoniy zo‘riqishlardan saqlanish
Operatsiyadan qochish uchun eng muhimi — varikotseleni o‘z vaqtida payqash, shuning uchun biz bugunoq Rustamov Bahrom Rustamovich maslahatiga quyidagi telefon orqali yozilishni tavsiya qilamiz:
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 55 055 10 03
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi