Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
ADENOMANI JARROHLIK YO‘LI BILAN DAVOLASH
09.03.2019 · 👁 3,108

ADENOMANI JARROHLIK YO‘LI BILAN DAVOLASH

Prostata adenomasi – peshob xaltasidan siydik oqimini buzuvchi xavfsiz o‘smadir. Bunday holatda adenoma olib tashlanishi kerak bo‘ladi. Uni operatsiya yo‘li bilan olib tashlashni ko‘pchilik bugungi kunda ham prostata adenomasidan to‘liq (radikal) tuzalishning yagona usuli sifatida ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Buning uchun samarali og‘riq qoldirish (bugunda bu ko‘proq hollarda spinal anesteziya) sharoitida, prostataning bir qism to‘qimasini qoldirib, shu yo‘l bilan siydik chiqarish kanalining prostata bo‘limidagi o‘tkazuvchanlikni tiklagan holda, siydik xaltasini ochishadi va adenomatoz to‘qimaning tugunlarini sug‘urib olish mumkin.
Albatta, jarrohlik yo‘li bilan davolash usullari takomillashib bormoqda. Maxsus yangi asboblarning paydo bo‘lishi siydik xaltasini an’anaviy yorishga tayanmay turib, umuman terini kesmasdan, buni siydik xaltasi va siydik chiqarish kanali oralig‘iga kiritiluvchi maxsus endoskoplar yordamida bajarish (transuretral rezeksiya - TUR) bilan adenomani olib tashlash imkonini beradi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: bu kasallik aniqlangani hamono nima uchun adenomani olib tashlashni (adenomektomiya) ishga solmaslik kerak? Bunga uchta g‘oyat jiddiy to‘siq bor:
1. Katta yoshdagi va qarilik yoshidagi bemorlarda operatsiya qilishning yuqori xavfi, hamroh bo‘lgan yurak-tomir, o‘pka, oshqozon-ichak va boshqa kasalliklar, qandli diabetdan aziyat chekuvchilarda operatsiyaning xavfliligi. Bu kasallik kechishidagi og‘irlashuv xavfi, og‘ir, ba’zida yaqin soatlardagi va operatsiyadan keyingi kunlardagi o‘lim xavfini beruvchi asoratlar. Bularning barchasi har bir bemorning o‘limini yoki umri qisqarishini mutlaqo istamaydigan jarrohlarning faolligini to‘xtatib turadi.
2. Operatsiyadan keyingi eng turli asoratlarning sezilarli foizi, hozirgi kungacha ham 10-12 va hatto 27% ga yetishi mumkin bo‘lgan siydik infeksiyasi bilan bog‘langan, bu shubhasiz bemorning operatsiyadan keyingi hayoti sifatini sezilarli yomonlashtirishga qodir. Bundan tashqari, bu operatsiya sezilarli davolash xarajatlari, hatto asoratlar yo‘qligida ham uzoq muddat kasalxonada bo‘lish bilan birga kechadi.
3. Afsuski, 10-25% bemorlar an’anaviy ochiq adenomektomiya operatsiyasidan keyin kutilgan yengillashishni olmaydilar va umrning qolgan qismini siydik chiqarishning jiddiy buzilishlari bilan o‘tkazadilar.
Maqolaning tibbiy eksperti
Джураев Хасан Каримович
urolog-androlog shifokor · klinika «Doctor Hasan»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 04 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar