dr hasan
🏥kliniki*
7 ta foydali kuzgi mahsulot
26.10.2017 · 👁 2,429

7 ta foydali kuzgi mahsulot

Qaysi kuzgi mahsulotlar eng ko‘p zavq va foyda beradi, qaysilari esa zarar yetkazishi mumkin?

Qovoq
Bundan ko‘ra «firmali» kuzgi mahsulotni topish qiyin. Qovoq do‘konlarda yil bo‘yi bo‘lsa-da, eng yangisi — kuzgisi. Hosil (aytgancha, qovoq — rezavor meva ekanini bilasizmi?) avgust oxiridan noyabrgacha, kechki qishki navlar pishganda yig‘ib olinadi.
Qovoq kam kaloriyali (90% suvdan iborat, 100 grammida 20-30 kaloriya bor), shu tufayli ozish uchun ideal mahsulot hisoblanadi. Qovoq quyidagilarga boy: karotin — A vitamini manbai; «yoshlik vitamini» E; moddalar almashinuvi me’yorda kechishi va buyraklar to‘g‘ri ishlashi uchun zarur K vitamini; selen — usiz me’yoriy almashinuv jarayonlari bo‘lmaydi va yod o‘zlashtirilmaydi; linol kislotasi (bu organizm uchun hayotiy zarur, almashtirib bo‘lmaydigan omega-6 to‘yinmagan yog‘ kislotasi, qovoq yog‘idagi miqdori 30–45%) va fitosterollar — ular ichakda xolesterinning so‘rilish darajasini kamaytirib, qondagi miqdorini pasaytiradi.
Qovoq tarkibidagi kaliy va natriy suv-tuz almashinuvida qatnashadi hamda mushaklarni tonusda, terini esa — yaxshi holatda saqlaydi; fosfor miya hujayralari uchun zarur.
Qovoq — jigar kasalliklari bor odamlar uchun ideal mahsulot: u dimlangan, pechda pishirilgan, qaynatilgan holda va sutli sho‘rvalarda foydali. Kletchatkaga boy qovoq ichak ishini me’yorlashtiradi va diabetning oldini olish uchun tavsiya etilgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiradi.
Individual ko‘tara olmaslikni hisobga olmaganda, cheklovlar deyarli yo‘q. Shirin navlarni (masalan, muskat qovog‘ini) ozayotgan yoki diabet bilan og‘rigan kishilar muntazam yemagani ma’qul. Ayrim navlarning shakarliligi — 15%, ular desertlarda ishlatiladi. Ammo ba’zan o‘zingizni siylasangiz bo‘ladi — rafinadlangan shakarli shirinliklardan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi.

Sholg‘om
Rossiyaning o‘rta mintaqasida sholg‘omning ikkinchi hosili sentabrga to‘g‘ri keladi, kuzgi sholg‘omning yaxshi tomoni shundaki, uni uzoq saqlash mumkin. Rossiyaga kartoshka olib kelinguniga qadar aynan sholg‘om «ikkinchi non» bo‘lgan — uni har xil ko‘rinishda yeyishgan, ammo hozir avvalgi shuhratidan faqat maqol va ertaklar guvohlik beradi.
Aytgancha, bu ildizmevaning vazni 10 kg ga yetishi mumkin, o‘shanda uni sug‘urib olish chindan ham oson emas: butun oilani chaqirishga to‘g‘ri keladi; lekin odatda kechki sholg‘om taxminan 300–500 g keladi.
Aytish kerakki, sholg‘om o‘zini soyada qoldirib, siqib chiqargan kartoshkadan foydaliroq. Unda C vitamini — 100 g da naq 20 mg, sariq navlarida — karotin ko‘p, u B guruhi vitaminlariga boy, tarkibida PP vitamini — yog‘larning me’yoriy almashinuvi uchun zarur nikotin kislotasi bor.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, oq sholg‘om karam bilan bir qatorda saratondan himoya qiladi. Bundan tashqari, unda kaliy, mis, temir, marganes, rux, magniy, yod ko‘p. Ammo sabzavotlarda kam uchraydigan bir element bor, — bu oltingugurt, «go‘zallik minerali»: u yetishmasa sochlar xiralashadi va hatto to‘kiladi, tirnoqlar mo‘rtlashadi, teri holati yomonlashadi. Oltingugurt kollagen, keratin va melanin tarkibida muhim o‘rin tutadi, mushak va tog‘ay to‘qimalarining shakllanishida qatnashadi.
Qizig‘i shundaki, botanika nuqtai nazaridan sholg‘om — karamning... juda yaqin qarindoshi.

Karam
Eng oddiy oq boshli karam — C vitamini manbai. Ajablanarli, ammo tuzlanganda unda xom karamdagidan ko‘ra ko‘proq C vitamini hosil bo‘ladi (boshqacha aytib ham bo‘lmaydi).
Bu tolasi ko‘p, kletchatkaga boy parhez mahsulot; eng kaloriyali turi — kolrabi (46 kkal/100 g), eng kam kaloriyalisi — Bryussel karami (16 kkal/100 g), o‘rtada — oq boshli (24 kkal/100 g), qizil boshli (26 kkal/100 g), gulkaram (30 kkal/100 g).
Karam qon yaratilishini ta’minlaydigan, buyraklar va qalqonsimon bez ishini tartibga soladigan qimmatli aminokislotalarga boy.
Karamni xalq tabobati tarafdorlari juda yaxshi ko‘radi — har qanday dardga karam sharbatini ichishni (aytgancha, u juda achchiq) va bargini teri hamda boshga qo‘yishni tavsiya qilishadi. Biz uni o‘z o‘rnida — salat, sho‘rva, garnirlarda iste’mol qilishni, u bilan davolanmaslikni tavsiya etamiz.
Gastrit, yara kasalligi qo‘zigan paytda, oshqozon osti bezi kasalliklarida tuzlangan karam yeyish qat’iyan man etiladi, xomini esa — oshqozonning har qanday buzilishida yemagan ma’qul. Yana shuni yodda tutish kerakki, karam meteorizmga (qorin dam bo‘lishiga) sabab bo‘ladi.

Olma
Kuzda pishadigan qishki navlar — bizni bahorgacha kletchatka va vitaminlar bilan ta’minlaydigan mahsulot. Bundan tashqari, olma «parhez» deb ataladigan stollarning aksariyatiga xom holda bo‘lmasa, pishirilgan holda kiradi.
Tadqiqotlar olmaning onkologik kasalliklar oldini olishdagi samaradorligini tasdiqlaydi, ivitilgan olmada C vitamini — askorbin kislotasi ko‘p (xomidagidan ko‘proq).
Olmani yaxshi ko‘radigan ayollar jinsiy hayotda baxtliroq — bu haqda ham tadqiqotlar bor. Olma infarkt xavfini kamaytiradi. «Foydalar» ro‘yxatini cheksiz davom ettirish mumkin.
Qizig‘i shundaki, oshqozon kasalliklari bor odamlar olmani cheklangan miqdorda (yoki pishirilgan holda, shunda u hatto foydali) yeyishi kerak.

Qo‘ziqorinlar
Vegetarianlar va ro‘za tutuvchilar uchun ular — qimmatli oqsil manbai va qisman go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot, qolganlar uchun — ko‘proq noz-ne’mat va taomlarni rang-barang qilish imkonini beradigan mahsulot. Oktabrda o‘rta mintaqa o‘rmonlarida hali qo‘ziqorin ancha ko‘p bo‘ladi, shu jumladan ilgari yeyishli deb hisoblangan, buvi va bobolarimiz qovurib, tuzlagan turlari ham.
Gap svinushka qo‘ziqorinlari haqida ketyapti. Hali SSSR davrida, 1984-yilda bosh sanitariya shifokori o‘rinbosarining ko‘rsatmasi bilan ingichka svinushka zaharli deb tan olinganiga qaramay, qo‘ziqorin teruvchilarimiz uni bemalol teradi, tuzlaydi va marinadlaydi — «biz doim shunday qilganmiz». Bu ulkan xato! Svinushka boshqa zaharli qo‘ziqorinlardan mutlaqo boshqacha «o‘ldiradi» va sog‘liqqa zarar yetkazadi: u to‘playdigan zaharlar va zararli moddalar (masalan, seziy va misning radioaktiv izotoplari, og‘ir metallar tuzlari) hech qanday ishlov berishda chiqib ketmaydi, odam organizmiga tushgach esa — to‘planib boradi va autoimmun jarayonlarni ishga tushiradi.
Svinushkalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar «guldastasi» juda katta, shunday mazali va go‘yo xavfsiz svinushkalarni terishning asosiy «natijalaridan» biri — og‘ir buyrak yetishmovchiligi.

O‘rmon yong‘og‘i
Har qanday yong‘oq kabi kaloriyali va to‘yimli, bir hovuch yong‘oq ochlikni bemalol bosadi — bu mahsulot yengil tamaddi uchun ideal. Tarkibining 60 foizi — yog‘lar bo‘lishiga qaramay, bular foydali yog‘lar! B guruhi vitaminlari — asab uchun, rux — aytgancha, qovoq urug‘idagi kabi — erkaklar salomatligi uchun, magniy — ayollar salomatligi uchun (magniy ayniqsa davriy og‘riqlarda kerak).
Garchi bu mashhur ertakda chaqib bo‘lmagan o‘sha temir yong‘oq bo‘lmasa-da, u temirga ham boy va anemiyada juda tavsiya etiladi. Cheklovlar — faqat kaloriya bo‘yicha: shu qadar mazali va to‘yimliki, kaloriya me’yoridan juda tez oshib ketish va oshqozonda og‘irlik his qilish mumkin.
Feyxoa
Rossiyada u janubda — masalan, Qora dengiz sohilida o‘sadi. Feyxoa qayerdan kelgani muhim, chunki dengiz bo‘yida pishgan mevalarda yod 3-4 baravar ko‘p — feyxoaning eng qimmatli jihati shu. Yod iste’moli me’yorini qoplash uchun (bu kuniga 0,15 mg) kuniga atigi 1 dona yoki undan ham kam meva yeyish kifoya: 100 g feyxoada 8-9 dan 30-35 mg gacha yod bo‘ladi.
Feyxoa yong‘oq, asal, limon bilan juda yaxshi uyg‘unlashadi, bu mahsulot har qanday ko‘rinishda mazali —shakar bilan qiymalagichdan o‘tkazilgan holda, murabboda, kompotda, damlamalarda. Ammo shuni tushunish juda muhimki, endokrin kasalliklar bo‘lsa, feyxoa iste’mol qilish haqida shifokor bilan maslahatlashish kerak, yodga allergiya bo‘lsa esa — aniq mumkin emas.
Maqolaning tibbiy eksperti
Омонжонов Хусниддин Салохиддинович
otorinolaringolog (LOR) shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar