shifonur
🏥kliniki*
Bachadon bo‘yni eroziyasi: belgilari, davolash
04.06.2020 · 👁 1,463

Bachadon bo‘yni eroziyasi: belgilari, davolash

Medimax klinikasida biz bilan bachadon bo‘yni eroziyasining belgilari va uni davolash haqidagi foydali ma’lumotlarni baham ko‘rishdi.
⠀
Ginekologiyada eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri — bachadon bo‘yni eroziyasi.
⠀
Statistikaga ko‘ra, bachadon bo‘yni eroziyasi reproduktiv yoshdagi ayollarning 1/3 qismida aniqlanadi, ya’ni bu muammoga juda yosh qizlar ham, tuqqan katta yoshli ayollar ham duch keladi.
⠀
Ushbu maqolada eroziya nimadan kelib chiqishi, uning belgilari va qanday davo qo‘llanishini ko‘rib chiqamiz.
⠀
Demak, bachadon bo‘yni eroziyasi – bu bachadon bo‘yni shilliq qavatining shikastlanishi. Mutaxassislar eroziyaning ikki turini farqlaydilar: chin va soxta.
⠀
Chin eroziya - epiteliyda nuqson yoki yara bo‘lgan holat.
Soxta eroziya - ko‘p qavatli yassi epiteliyning bir qavatli epiteliy bilan almashinishi.
⠀
Bachadon bo‘yni eroziyasiga aynan nima olib kelishini hozirgacha aniq aytish qiyin, ammo biz quyidagi sabablarni ajratib ko‘rsatamiz:
⠀
-immunitetning pasayishi;
-jinsiy hayotni erta boshlash (16 yoshgacha);
-erta homiladorlik (18 yoshgacha);
-tez-tez abort qildirish;
-jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar;
-jinsiy yetilish davridagi va homiladorlik paytidagi gormonal buzilishlar.
⠀
Bu kasallikning makkorligi shundaki, u ko‘pincha belgilarsiz kechadi, ayol muammo borligini sezmasligi mumkin va uni faqat ginekologning rejali ko‘rigida aniqlash mumkin.
⠀
Quyidagi belgilar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak:
⠀
-hayz siklining buzilishi;
-qorinning pastki qismida simillovchi og‘riqlar;
-jinsiy aloqadan keyin qon ketishi;
-yoqimsiz hidli g‘ayrioddiy ajralmalar.
⠀
Shifokor eroziya paydo bo‘lishining sababini aniqlagach, mutaxassis davolashni bir necha bosqichda boshlaydi:
⠀
-mahalliy terapiya;
-etiotrop, ya’ni sababchi omilga ta’sir ko‘rsatuvchi terapiya.
⠀
Agar kasallik asoratlangan bo‘lsa, jarrohlik aralashuvining quyidagi turlari tayinlanadi:
⠀
-elektrokoagulyatsiya;
-kriodestruksiya;
-lazeroterapiya;
-radioto‘lqinli jarrohlik usullari.
⠀
Maslahatga yoziling:
⠀
99871 264 13 00
99890 324 66 88
www.medimax.uz
http://t.me/Medimaxbot
Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar