Klinika bosh shifokori Aliyev Farrux Abduvahidovich bilan suhbat
Toshkentda “American Hospital” yurak-qon tomir jarrohligi markazi o‘z ishini boshladi - bu yurak-qon tomir kasalliklarini sifatli va o‘z vaqtida davolashga bo‘lgan umidimiz, ilg‘or texnologiyalar va iqtidorli yosh shifokorlarning ulkan tajribasi.
Ko‘proq bilish uchun klinika bosh shifokori Aliyev Farrux Abduvahidovich bilan suhbatlashdik.
Heartteam - O‘zbekistonning yurak jamoasi.
Kardiolog va intervension kardiolog. Samarqand tibbiyot institutining bakalavriatini, ToshPTI (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti)da kardiologiya bo‘yicha magistraturani tamomlagan, akad. V.V.Vohidov nomidagi RIXMda (Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi) intervension kardiologiya bo‘yicha qayta ixtisoslashgan. MAX Superspeciality Hospital klinikasida (Nyu-Dehli, Hindiston) soha bo‘yicha ta’lim olgan.
- Amerika gospitali nima?
- Bu turk va o‘zbek investorlarining sifatli va hamyonbop tibbiyot sohasidagi qo‘shma loyihasi bo‘lib, Toshkentda joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida ochildi, 2018-yil 23-yanvarda statsionar davolanishga birinchi bemorni qabul qildik. Klinika faoliyatini endigina boshlayapti, ammo odamlarning yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ehtiyoji yuqori ekani hozirdanoq ko‘rinib turibdi. Klinika bir necha qismdan iborat – bu poliklinika qismi, u yerda bemorlar dastlabki ko‘rikdan o‘tkaziladi, diagnostika qilinadi. Buning uchun bizda barcha zarur uskunalar bor: EKG, Xolter EKG, ExoKG, Tredmill, ichki a’zolar UZIsi va doppleri, rentgen tekshiruvi.
Uchta operatsiya xonasi bor, ulardan birida rentgen-endovaskulyar aralashuv, xalq tilida koronarografiya deb ataladigan muolaja o‘tkaziladi.
48 bemorni qabul qila oladigan 29 palatali statsionar bor. Standart, yarim lyuks va VIP palatalar mavjud.
Uskunalarimizning aksariyati, shuningdek stentlar va sarf materiallari ham Amerikada ishlab chiqarilgan. Mohiyatan - Amerika gospitali ko‘p mamlakatlarda ishlaydigan brend. Uning o‘ziga xos jihati – alohida olingan bir mamlakatda tibbiyotdagi yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoni.
-Ya’ni Amerika gospitalidagi davolanish narxini mahalliy klinikalar narxi bilan emas, balki xorijda davolanilsa to‘lanadigan narx bilan solishtirish kerakmi?
-- Palatada ovqati bilan yotish narxi –300 mingdan 600 minggacha. O‘zbekistondagi xususiy klinikalar narxlaridan unchalik farq qilmaydi. Ammo chet elda davolanish xarajatlarini hisoblasak, bizniki bir necha barobar past bo‘ladi. Hech qayerga borish, tavakkal qilish, navbat kutish, mablag‘ va yashash joyi izlash kerak emas, - axir, odatda, bu faqat bemorning o‘zi emas, unga hamrohlik qiluvchilar ham. Begona yurt stressi yo‘q, buning ustiga ona yurtda ham bundan yomon davolamasliklariga to‘liq ishonch bor. Qo‘shni mamlakatlardan ham murojaat qilishadi, chunki biz Isroil yoki Hindistondan yaqinroqmiz.
-Yaqinroq va odatiyroq. Klinikadagi shifokorlar kimlar? Mutaxassislar uchun qandaydir alohida saralash bormi?
-Klinikada yuzdan ortiq kishi ishlaydi, ulardan 30 nafari yuqori toifali shifokorlar. Ular Yevropa, Rossiya, Hindistonda malaka oshirgan va o‘qigan, amaliyot o‘tagan va mahoratini oshirgan. Ular uskunalar bilan ishlashni biladi, tibbiyot olamidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor, xalqaro konferensiyalarda muntazam qatnashadi.
Biz yagona maktab yaratdik, u orqali davlat muassasalaridagi hamkasblar bilan bilim almashamiz. Masalan, ertaga bizning O‘zbekiston yurak jamoamiz HeartteamofUzbekistan konferens-zalimizda trening o‘tkazadi. Mavzu «Yurakning paydo bo‘lishidan to to‘liq funksional holatigacha bo‘lgan yo‘liga ekskurs», ko‘rgazmali makropreparatlarda. Bular maxsus o‘quv konstruksiyalari, shuningdek anatomik teatrlardan olingan eksponatlar va odam yuragiga eng o‘xshash bo‘lgan qo‘y yuragida bajariladigan amaliy ishlar. Nostandart, zerikarli emas, bir xillikdan xoli.
Klinikada maxsus xona, trening markazi bor, u yerda shifokorlar operatsiyani real vaqtda kuzatishi mumkin. Biz klinikamizga noyob, qiziqarli holatlar uchun jahon tibbiyotining yetuk namoyandalarini, professorlarni taklif qilamiz. Ular operatsiya o‘tkazadi, uni maxsus kameralar yordamida monitorlarda kuzatish mumkin. Tibbiyot haqidagi Amerika filmlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, bu qanday kechishini taxminan tasavvur qila olasiz. Ya’ni operatsiya xonasida bemor tepasida to‘planib turgan internlar to‘dasi endi o‘tmishda qoldi. Va albatta, klinika iqtidorli shifokorlarni jalb etishga tayyor.
- O‘z sohangiz bo‘yicha millat salomatligini qanday baholaysiz?
- Unchalik qoniqarli emas. Yurak-qon tomir kasalliklari mamlakatimizda va umuman dunyoda o‘lim va sog‘liq muammolarining yetakchi sabablaridan biri. Bular boshdan kechirilgan infarkt, insultdan keyingi asoratlar, turli patologiyalar. Sabab nosog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish, stresslar va shifokorlar belgilagan sxemalar bo‘yicha davolanishni istamaslikda. Ko‘p miqdorda ichish kerak bo‘lgan dorilar bor, umrbod ichish kerak bo‘lgan dorilar bor. Muayyan beparvolik va taqdirga tan berish – katta muammolarning tez-tez uchraydigan sababi.
- Xususiy klinikalarning ochilishi bu muammoni hal qilishga yordam bera oladimi?
- Aholini xabardor qilish, profilaktika, shifokorlar tinmay gapiradigan narsa shu. Va, albatta, prezident va vazirlar mahkamasi qarori bilan xususiy klinikalarga bunday operatsiya va davolashni o‘tkazishga ruxsat berilgani juda katta yordam berdi – bu millat salomatligi sari katta qadam. Xususiy kompaniyalar uchun taqiqlangan tibbiy faoliyatning ko‘p turlariga hozir, litsenziya olingach, ruxsat berildi.
Ko‘p narsa shifokorlarning malakasiga, ularning kasbiy o‘sishiga ham bog‘liq. Shuning uchun faoliyatimiz yo‘nalishlaridan biri – ta’lim, bu yerda shifokorlar yetakchi mutaxassislardan trening o‘tashi va sertifikat olishi mumkin bo‘ladi.
- Odamlar qanchalik tez chiqariladi?
Klinika qisqa vaqtdan beri ishlayotganiga qaramay, statsionardagi o‘rinlarga hozirdanoq navbat bor. Ammo hammasi aniq vaziyatga bog‘liq, shunday bemorlar borki, ertalab tekshiruvdan, masalan, ambulator koronarografiyadan o‘tgan bo‘lsa, kechqurun ularga javob berilishi mumkin. Kimdir o‘n kungacha kuzatuv ostida yotadi, bu aniqlangan kasallikning og‘irligiga bog‘liq, masalan, yurak o‘tkir zararlanadigan miokard infarktida.
Yaqin orada oyoq venalarining varikoz kengayishi bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazamiz, bunday operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan, O‘zbekiston uchun noyob apparatni ro‘yxatdan o‘tkazishimiz bilanoq. Yaqin vaqt ichida yurakda «ochiq» operatsiyalar, koronar shuntlash, klapanlarni almashtirish, kardiomiopatiyalar, tomirlar anomaliyalari, yurak o‘smalari bo‘yicha operatsiyalar bo‘ladi.
Muhimi, bemor na dori, na sarf materiallarini izlaydi, bizda hammasi bor, uni bu yugur-yugurdan xalos etamiz.
Shuningdek, shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ham ko‘rsatamiz. Bu o‘rinda mamlakatga, xorijiy davlatlardagi kabi, sug‘urta madaniyati kirib kelishi muhim. Savodliroq va uzoqni ko‘ra oladigan bo‘lish, ehtimoliy muammo va xatarlarni sug‘urtalash kerak, shunda kasallik ofat bo‘lmaydi.
Klinikamizning yozilmagan shiori bor – hamma uchun ochiq, yaqin yordam. Shunga intilish kerak.
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →