Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Prostatit nima va unga qarshi qanday kurashish kerak
25.03.2019 · 👁 2,506

Prostatit nima va unga qarshi qanday kurashish kerak

Prostatit haqida hamma biladi, biroq faqat mutaxassislargagina ma’lum bo‘lgan nozik jihatlar bor. Maqolada prostatit, uning belgilari va davolash haqidagi eng muhim ma’lumotlar jamlangan
Prostata bezi nima uchun kerak?

Prostata bezi — erkak reproduktiv tizimining bir qismi. Shakli va kattaligi jihatidan u yong‘oqqa o‘xshaydi, uchta bo‘lakchadan iborat va siydik pufagidan biroz pastda joylashib, uni har tomondan o‘rab turadi. Uning asosiy vazifasi — spermani suyultirish uchun suyuqlik ishlab chiqarish, bu erkak fertilligiga hamda siydik chiqarish va eyakulyatsiya paytidagi motor funksiyaga ta’sir qiladi.
Prostatit nima?

Prostatit deb prostata bezining yallig‘lanishiga aytiladi. Kasallik ikki asosiy turda bo‘ladi:

1. Surunkali nobakterial prostatit yoki chanoqning surunkali og‘riq sindromi. Tadqiqotchilarning fikricha, u organizmning autoimmun reaksiyalari yoki chanoq sohasidagi nervlarning shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

2. O‘tkir va surunkali bakterial prostatit. Infeksiya uretra orqali prostata beziga tushganda yuzaga keladi. O‘tkir prostatit to‘satdan paydo bo‘ladi. Surunkalisi esa uzoq yillar davom etishi mumkin.
U tez-tez uchraydimi?

Kasallik ko‘p uchraydi, bu 50 yoshgacha bo‘lgan davrda siydik chiqarish yo‘llarining ancha keng tarqalgan patologiyasi. Chanoqning surunkali og‘riq sindromi populyatsiyadagi erkaklarning 10-15 foizida uchraydi.
Kim ko‘proq kasallanadi?

Chanoqning surunkali og‘riq sindromidan ko‘proq jarrohlik operatsiyasi yoki jarohat tufayli chanoqning nerv tolalari shikastlangan erkaklar aziyat chekadi. Stresslar kasallik boshlanishi ehtimolini oshiradi.

Bakterial prostatit ko‘proq siydik-tanosil yo‘llari infeksiyalaridan, ayniqsa takroriy va davolash qiyin bo‘lgan infeksiyalardan keyin yuzaga keladi.
Qanday belgilari bo‘lishi mumkin?

Surunkali prostatitning asosiy belgilari deb quyidagi sohalarning birida yoki bir nechtasida 3 oy yoki undan ko‘proq davom etadigan og‘riq yoki noqulaylik hisoblanadi:

• Oraliq sohasida;

• Qov usti sohasida;

• Jinsiy olat yoki yorg‘oq sohasida;

• Bel-dumg‘aza sohasida.

Og‘riq doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi, to‘satdan yoki asta-sekin paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, siydik chiqarish paytida yoki undan keyin uretrada og‘riq, hojatxonaga borishning kuniga 8 martagacha tezlashishi, siydik miqdorining ozligi va siydikni uzoq ushlab tura olmaslik bo‘lishi mumkin — siydik chiqarish istagi paydo bo‘lganda, erkak zudlik bilan hojatxonaga yugurishi kerak bo‘ladi.
Bakterial prostatitda quyidagilar bo‘lishi mumkin:

• siydik chiqarishning tezlashishi;

• siydik chiqarishda achishish yoki noqulaylik;

• jinsiy a’zolar, qorinning pastki qismi yoki bel sohasida og‘riq;

• urug‘ chiqarishning kechikishi;

• siydik oqimining kuchsiz yoki uzuq-yuluq bo‘lishi;

• siydik chiqarish yo‘llarining tez-tez infeksiyalari.
Prostatitda qanday tekshiruvlar kerak?

Avval shifokor bemordan so‘rab-surishtiradi, kasallik tarixini bilib oladi. So‘ngra chov limfa tugunlarini, tashqi jinsiy a’zolarni ko‘zdan kechiradi, prostata bezini to‘g‘ri ichak orqali barmoq bilan tekshiradi.

Qo‘shimcha ravishda siydik, qon, sperma tahlillari va chanoq a’zolarining ultratovush tekshiruvini tayinlaydi. Ba’zan biopsiya, ya’ni mikroskop ostida tekshirish uchun prostataning kichik qismini olish kerak bo‘ladi.
Prostatitni qanday davolash kerak?

Bu savolga javobni mutaxassislarga ishongan ma’qul. Infeksiya aniqlanganda odatda antibiotiklar tayinlanadi. Shuningdek, 5-alfa-reduktaza ingibitorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, mushaklarni bo‘shashtiruvchi vositalar tavsiya etilishi mumkin. Ko‘pincha fizioterapevtik, relaksatsion muolajalar, fitoterapiya, igna bilan davolash, BFQ (biologik faol qo‘shimchalar) qabul qilish ko‘rsatiladi.

Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlariga va Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram kanal: https://t.me/urologic_uz

Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar