shifonur
🏥kliniki*
Shifokor qabuli imkon qadar samarali o‘tishi uchun nima qilish kerak?
15.03.2019 · 👁 2,496

Shifokor qabuli imkon qadar samarali o‘tishi uchun nima qilish kerak?

Shifokorlarning o‘zi uchun tavsiyalar («gaydlaynlar»), ya’ni diagnostika va davolash algoritmlari hamda protokollari ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, bemorga ham ko‘p narsa bog‘liq. Davolash natijalariga bemorning jarayonga vijdonan yondashishga, shifokor bilan til topishishga va hatto uning kasbiy mahoratini baholashga tayyorligi jiddiy ta’sir qiladi.

Bemorlar uchun o‘zining va hamkasb shifokorlarning ko‘p yillik tajribasiga tayangan foydali maslahatlarni taniqli ilmiy-tibbiy ma’rifatchi, kardiolog shifokor, Yevropa kardiologlar jamiyati va Amerika yurak assotsiatsiyasi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Yaroslav Ashixmin berdi.

Puxta tayyorgarlik shifokor bilan tezroq til topishishga va uni sog‘lig‘ingizga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratishga chog‘lashga yordam beradi.
«Shifokorlar siz haqingizda o‘ylaydi-ku, aziz bemorlar, siz ham ular haqida o‘ylang, - deya chaqiradi Yaroslav Ashixmin. - Quyida bayon etilgan qoidalarga amal qilish, ishonmaysiz, sizga bo‘lgan munosabatni va (afsuski!) tibbiy yordam sifatini tubdan o‘zgartirishi mumkin».

1. Oldindan, 10 daqiqa erta keling. Vaqt - bizdagi eng qimmatli narsa. Shifokorlar nazdida «eng yomon bemor» - vaqt oralig‘ini band qilib, shunchaki kelmagan va ogohlantirmagan odam.

2. Sog‘lig‘ingiz holati haqidagi ko‘chirmalar va tahlil natijalarini o‘zingiz bilan oling.
Masalaga oqilona yondashing, deb maslahat beradi ekspert. Agar sizda uzoq davom etayotgan surunkali kasallik, eski og‘ir jarohat asoratlari va shu kabilar bo‘lsa, so‘nggi 3 - 5 yildagi eng jiddiy tekshiruvlarning ma’lumotnomalarini olib kelish mumkin. Umuman olganda esa, odatda, shifokorlarni so‘nggi bir yildagi joriy sog‘liq holati haqidagi ma’lumotnomalar qiziqtiradi.
Yana bir narsaga e’tibor bering: agar kardiologga borayotgan bo‘lsangiz, unga yuqumli kasalliklar shifoxonasidan olingan ko‘chirmalar ham, LOR va ginekolog xulosalari ham kerak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun faqat aniq shifokor ixtisoslashgan yo‘nalishni emas, sog‘lig‘ingizning barcha sohalarini tavsiflovchi ma’lumotnoma va tahlillarni oling. Bu davolashga puxta kompleks yondashuv uchun zarur.

3. Qabul qilayotgan va so‘nggi oylar davomida qabul qilgan barcha dorilaringiz hamda - albatta - biologik qo‘shimchalar, jumladan vitamin komplekslari ro‘yxatini yozib/chop etib oling. Dozalarini albatta ko‘rsating.

«Agar bemor “shunaqa oq romb shaklidagilaridan ichaman, hozir xotinimga qo‘ng‘iroq qilib aniqlab olaman” desa, davolash sxemasiga tuzatish kiritish unchalik oson emas», - deya ko‘p uchraydigan misolni keltiradi doktor Ashixmin.

4. Allergiyalaringiz, dorilarni ko‘tara olmaslik holatlari va boshdan kechirgan kasalliklaringizni bir varaq qog‘ozga sanab yozing.
«Ha, aytgancha, menda yana OIV/bolaligimda yurak operatsiyasi/miyaga qon quyilishi ham bor, lekin bularning hammasi ancha oldin bo‘lgan», - deydi ayrim bemorlar xonadan chiqayotganda, ba’zan esa umuman aytmay qo‘ya qoladi. Bunday qilmang, o‘zingizga yomon bo‘ladi, - deya ogohlantiradi ekspert.

5. Shifokorlarni ortiqcha ma’lumot bilan yuklamang.
- Insoniy jihatdan butun dardingizni va og‘ir hayotingizni to‘kib solishga urinishni tushunsa bo‘ladi. Ammo shifokor psixoterapevt bo‘lmasa, miokard infarkti yuz bergan kuni havo qanday bo‘lgani va gilosning qaysi navini ekkaningiz uning uchun aslida muhim emas. Ortiqcha sergaplik chalg‘itadi va chindan ham zarur tibbiy choralarga sarflanishi mumkin bo‘lgan vaqtni shunchaki o‘g‘irlaydi.

6. Shifokor dorini «uzoq muddat» yoki «doimiy» qabul qilishga tayinlasa, bu dorini aynan doimiy ichish kerakligini bildiradi. Yoki undan yaxshiroq dori ixtiro qilinmaguncha.

- Agar sizga tabletkani «sutkasiga 2 mg dozada, dozani o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror 15 kundan keyin shifokorning bevosita qabulida» ichish tayinlansa, bu 15 kundan keyin shifokor qabuliga qo‘l siltab, dori ichishni to‘xtatishingiz kerak degani emas, - deya ta’kidlaydi Yaroslav Ashixmin. - Bunday ifoda dorini, ehtimol, bundan keyin ham ichish kerak bo‘lishini, bundan tashqari, dozani oshirish zarur bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

7. Qabuldan keyin shifokor bilan qanday aloqada bo‘lishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rang. Unga messenjerlarda, pochtaga yozish mumkinmi, qachon qo‘ng‘iroq qilish qulay.

- Shifokorlar ko‘pincha shaxsiy telefonini beradi va belgilangan vaqtda qo‘ng‘iroq qilsangiz, bunga juda ham rozi, biz buni juda qadrlaymiz. Shu bilan birga, kelishib olingan taqiqlangan vaqtdagi qo‘ng‘iroqlarchalik shifokorlar asabini kuydiradigan narsa kam. Ko‘p shifokorlar ertalab soat 6 - 7 dan ishlaydi va kechki 9 da shifokorni uyg‘otib yuborishingiz mumkin.

8. Savollar bering: «Bundan yaxshiroq davo bormi? Yana biror narsa qilish mumkinmi?».
- Bu savolni bemorlarning ko‘pi bilan 1% i beradi. Vaholanki, aynan shu savol hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

9. Agar alomatlarga juda hissiyot bilan yondashsangiz, kardiolog va gastroenterologdagi davolanishga qo‘shimcha ravishda sizga psixiatr yoki psixoterapevt maslahati tavsiya etilishi mumkinligiga tayyor bo‘ling. Deyarli barcha og‘ir kasalliklar ruhiyatni jarohatlaydi, og‘riq go‘yo tanadan boshga ko‘chadi. Tanani davolasak ham, shikoyatlar qolishi mumkin, bu yerda psixoterapevtsiz iloj yo‘q.

10. Nimadir tushunarsiz bo‘lsa, tushuntirib berishni talab qiling. Oxirigacha. Shifokorning so‘zlariga ishonchingiz komil emasmi? Ikkinchi fikr uchun boshqa shifokorga murojaat qiling.

Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlari orqali va quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi. Telegram kanal: https://t.me/urologic_uz

 
 
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar