19.11.2018 · 👁 2,482
Prostatitdan keyingi hayot
Prostatitni boshdan kechirgan erkaklarning aksariyati bu kasallik haqidagi eng kichik xotiralardan ham xalos bo‘lishga va avvalgi hayotiga qaytishga intiladi. Faqat buni ehtiyotkorlik bilan qilish kerak, chunki kasallik har doim qaytishi mumkin, demak, retsidivning (kasallik qaytalanishining) oldini olish uchun hamma narsani qilish zarur.
Shifokorlar remissiyaning uchta eng muhim qoidasini unutmaslikni tavsiya etadi, ya’ni – parhezga rioya qilish, sport bilan shug‘ullanish va dori vositalari bilan profilaktika o‘tkazish.
Prostatitning oldini olish uchun parhez
Prostatit paytidagi va undan keyingi parhez faqat vaznni kamaytirishga emas, balki butun organizmni sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Ko‘pincha bemorlar noxush alomatlardan qutulgach, ovqatlanish ratsionini nazorat qilishni to‘xtatadi, bunday qilmaslik kerak. Shifokor sizda endi prostatit yo‘qligini aytgan bo‘lsa ham, ovqatlanishning muayyan qoidalariga amal qilish zarur:
● Prostatani qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarni butunlay istisno qiling, ularni iste’mol qilish yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Alkogol, qovurilgan, yog‘li va achchiq taomlardan voz keching.
● Davolanish davridagi kabi, xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash zarur.
● Oshqozon-ichak yo‘lining me’yorida ishlashini ta’minlash uchun sut-qatiq mahsulotlarini, yaxshisi yog‘sizlarini iste’mol qilish muhim.
● Kasallik va dori qabul qilishdan keyin bemorning immuniteti zaiflashadi, shuning uchun kundalik ratsionga vitaminlarga boy mahsulotlarni kiritish muhim.
Taqiqlanganlar ro‘yxatiga alkogol, qovurilgan va achchiq taomlar, pishiriqlar, yarim tayyor mahsulotlar, qahva, konservalangan mahsulotlar, qo‘ziqorin va dudlangan mahsulotlar kiradi. Ularni remissiya davrida ham iste’mol qilmagan ma’qul.
Ratsioningizga albatta yangi sharbat va kompotlar, yog‘siz baliq va go‘sht, sabzavot va mevalar, bo‘tqalar, sut-qatiq mahsulotlari, dengiz mahsulotlari va asalni kiriting.
Bu parhez juda qattiq emas, ammo prostatit qaytishining oldini olish imkonini beradi.
Prostatitning oldini olish uchun sport yuklamalari
Sog‘aygandan keyin avvalgi kamharakat turmush tarziga qaytmaslik juda muhim. Agar sport zaliga borishga vaqt bo‘lmasa, kuniga o‘n daqiqani maxsus gimnastikaga ajratish kerak.
Masalan, Arnold Kegel ismli shifokor ishlab chiqqan mashqlarni ishga ketayotganda yoki kompyuter oldida o‘tirganda bajarish mumkin. Ular oddiy va shu bilan birga juda samarali.
Kegel gimnastikasi:
● Dumbalarni taranglashtirib va anusning mushak halqasini ichkariga tortib, chanoq mushaklarini 5-7 soniyaga qisqartiring, so‘ng ularni imkon qadar bo‘shashtiring. Mashqni o‘n marta takrorlash, bitta qisqarish vaqtini doimiy ravishda uzaytirib borish kerak.
● Siyish paytida siydik oqimini 5 soniyaga to‘xtatib, so‘ng jarayonni davom ettirish kerak. Ba’zan bu mashq qorinning pastki qismida va siydik yo‘lida noqulaylik tug‘diradi, ammo u bir necha kundan keyinoq yo‘qoladi.
Faqat davolovchi gimnastika bilan cheklanmang, ko‘proq vaqtni ochiq havoda o‘tkazishga, piyoda sayr qilishga va xonadonga liftda emas, zinadan ko‘tarilishga harakat qiling.
Prostatitning oldini olish uchun dori vositalari bilan profilaktika
Surunkali prostatitning noxush alomatlari hayotingizga qaytmasligi uchun dori preparatlarini qo‘llashni ham unutmaslik kerak. Asosiy davolash kursi tugaganidan keyin ham yiliga 2-3 marta dori vositalari bilan profilaktika o‘tkazish zarur. Bunday profilaktika prostatitning erkak hayotiga qaytishiga yo‘l qo‘ymabgina qolmay, adenoma va bepushtlikdan ham himoya qilishi mumkin.
Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlari orqali va quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi.
Maqolaning tibbiy eksperti
Рахмонов Oybek Махаммадмуйдинович
bosh shifokor, urolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 55 055 10 03
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
Shuningdek qabul qiladi