Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Vitamed Medical klinikasidagi oftalmologiya bo‘limi
23.10.2017 · 👁 3,034

Vitamed Medical klinikasidagi oftalmologiya bo‘limi

Oftalmologiya bo‘limining faoliyati katta yoshli va bolalarga ixtisoslashtirilgan davolash-diagnostika va maslahat yordamini ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Mutaxassislarimiz belgilangan qoida va standartlarga muvofiq profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning zamonaviy usullaridan foydalanib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatadilar. Ko‘zning murakkab patologiyasini kompyuter texnologiyalari yordamida aniqlaydilar; ular tarkibiga dunyoga mashhur ishlab chiqaruvchilar — Carl Zeiss (Germaniya) va TOMEY (Yaponiya) kompaniyalarining tibbiy apparaturasi kiradi.

Bo‘limda ko‘rish a’zosi kasalliklarini aniqlash va davolash quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

Ø Ko‘zning yordamchi apparati kasalliklari;

Ø Ko‘zning oldingi va orqa qismining yallig‘lanish kasalliklari;

Ø Ko‘zning allergik kasalliklari;

Ø G‘ilaylikning murakkab turlari;

Ø Refraksion kasalliklar (Yaqindan ko‘rish, uzoqdan ko‘rish, astigmatizm);

Ø Kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolash;

Ø Glaukomani aniqlash va davolash;

Ø To‘r pardaning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari ( tug‘ma distrofiyalar, to‘r pardaning yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyasi);

Ø Diabetik, gipertonik retinopatiyalar;

Ø Jarohatlardan keyingi holatlar;

Ø Kompyuter sindromidagi ko‘z qurishi sindromi;

Ø Tug‘ruqni olib borish taktikasini belgilash uchun homilador ayollarda ko‘z tubini tekshirish;

Ø Ko‘rishni ko‘zoynak bilan korreksiyalash;

Ø To‘r parda va ko‘rish nervi kasalliklari.

Kataraktaning ultratovushli fakoemulsifikatsiyasi, glaukomani jarrohlik yo‘li bilan davolash, ko‘z yoshi yo‘llari o‘tkazuvchanligi buzilishi jarrohligi ( endoskopik dakriotsistorinostomiya), pterigiumektomiya va qovoqlardagi operatsiyalar o‘tkaziladi.

Oftalmologiya bo‘limi organizmning turli kasalliklari va ko‘rish a’zosining hamroh kasalliklari bo‘lgan bemorlarni keyinchalik birgalikda davolash maqsadida klinikaning yuqori malakali mutaxassislari bilan qo‘shma maslahatlar o‘tkazadi. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qon, ko‘z yoshi tahlillari va boshqa turdagi tahlillarning keng doirasi quyidagi nozologiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: demodekoz, akantameba keratiti, ko‘zning zamburug‘li zararlanishlari, autoimmun jarayonlar bilan kechadigan ko‘zning oldingi va orqa qismi yallig‘lanish kasalliklari, allergik kasalliklar.

Maqsadimiz - odamlarga ko‘rish qobiliyatini tiklash va saqlab qolishda yordam berish, shuningdek, ko‘z kasalliklari haqida to‘g‘ri tasavvur berish, bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng yangi diagnostika, davolash va profilaktika usullari haqida so‘zlab berish.

VITAMED MEDICAL klinikasida oftalmolog shifokor Abdulhakimova Ra’no Alisherovna qabul qiladi.

Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga har doim elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefonlar orqali bog‘lanib berishingiz mumkin:


info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08

Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz

Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03

Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar