Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Umurtqa pog‘onasi kasalliklari
18.10.2024 · 👁 1,981

Umurtqa pog‘onasi kasalliklari

Umurtqa pog‘onasi kasalliklari: erta aniqlash va davolash nima uchun muhim
 
Orqa og‘riqlari hayot sifatini sezilarli darajada pasaytirishi va harakatchanligingizni cheklashi mumkin. Umurtqa pog‘onasining ko‘plab kasalliklari asta-sekin va yaqqol belgilarsiz rivojlanadi. Umurtqa pog‘onasi muammolarini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash asoratlarning oldini olishi va sizga to‘laqonli hayotni qaytarishi mumkin. AKFA Medline University Hospital klinikasida biz sizga umurtqa pog‘onangiz salomatligini saqlashga va uning faoliyatidagi buzilishlar bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishga yordam berishga tayyormiz.
 
Umurtqa pog‘onasi salomatligini saqlash bo‘yicha maslahatlar
 
Muntazam jismoniy faollik: Mashqlar yordamida orqa va qorin mushaklarini mustahkamlang.
To‘g‘ri qomat: O‘tirganda va tik turganda orqangizning holatini kuzatib boring.
Sog‘lom ovqatlanish: Kalsiy va D vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling.
Og‘ir narsa ko‘tarishdan saqlaning: Agar yuk ko‘tarish zarur bo‘lsa, buni to‘g‘ri, tizzalarni bukib bajaring.
Vaznni nazorat qiling: Ortiqcha vazn umurtqa pog‘onasiga tushadigan yuklamani oshiradi.
 
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan simptom va belgilar
Orqa yoki bo‘yindagi surunkali og‘riq
Qo‘l-oyoqlarning uvishishi yoki jimirlashi
Harakatchanlikning cheklanishi
Mushaklar zaifligi
Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi
Agar sizda shu belgilar kuzatilsa, diagnostika uchun mutaxassisga murojaat qilish muhim.
 
E’tibor talab qiladigan umurtqa pog‘onasi kasalliklari
Umurtqalararo disk churralari
 
Tavsif: Umurtqalar orasidagi diskning yorilishi yoki bo‘rtib chiqishi, bu nerv ildizchalarining qisilishiga olib keladi.
Belgilari: Qo‘l yoki oyoqqa beradigan orqa og‘rig‘i, uvishish, mushaklar zaifligi.
Asoratlari: Surunkali og‘riq, sezuvchanlikning yo‘qolishi, hayot sifatining pasayishi.
Erta tashxisning ahamiyati: Asoratlar rivojlanmasidan oldin samarali davolash usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Davolash: Churrani minimal shikast bilan olib tashlash uchun mikroxirurgiya va endoskopiya.
Umurtqa kanali stenozi
 
Tavsif: Umurtqa pog‘onasi kanalining torayishi, bu orqa miya va nervlarning qisilishini keltirib chiqaradi.
Belgilari: Og‘riq, uvishish, qo‘l-oyoqlardagi zaiflik, muvozanat (koordinatsiya) bilan bog‘liq muammolar.
Asoratlari: Nervlarning doimiy shikastlanishi, qo‘l-oyoqlar funksiyalarining yo‘qolishi.
Erta tashxisning ahamiyati: Erta aralashuv qaytmas o‘zgarishlarning oldini oladi.
Davolash: Toraygan kanalni jarrohlik yo‘li bilan kengaytirish va nerv tuzilmalarini bo‘shatish.
Degenerativ kasalliklar
 
Tavsif: Spondiloartroz, spondilyoz, osteoxondroz — umurtqa pog‘onasi tuzilmalarining yeyilishi.
Belgilari: Surunkali og‘riq, harakatning tortilib qolishi, harakatchanlikning cheklanishi.
Asoratlari: Churralar shakllanishi, kanalning torayishi, nogironlik.
Erta tashxisning ahamiyati: Kasallikning zo‘rayishini sekinlashtirish va hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi.
Davolash: Dori-darmon terapiyasi, fizioterapiya, zarurat bo‘lganda — jarrohlik aralashuvi.
Umurtqa pog‘onasi jarohatlari
 
Tavsif: Jarohatlar oqibatidagi sinishlar, chiqishlar, chala chiqishlar.
Belgilari: O‘tkir og‘riq, deformatsiya, funksiyalarning buzilishi.
Asoratlari: Orqa miyaning shikastlanishi, falaj.
Erta tashxisning ahamiyati: Shoshilinch yordam jiddiy oqibatlarning oldini oladi.
Davolash: Umurtqa pog‘onasini stabillashtirish, tuzilmalarni jarrohlik yo‘li bilan tiklash.
Spinal deformatsiyalar
 
Tavsif: Umurtqa pog‘onasining qiyshayishlari — skolioz, kifoz, lordoz.
Belgilari: Ko‘zga ko‘rinadigan qiyshayish, og‘riq, orqa mushaklarining charchashi.
Asoratlari: Ichki a’zolar funksiyalarining buzilishi, surunkali og‘riq.
Erta tashxisning ahamiyati: Erta davolash samaraliroq va kamroq invaziv.
Davolash: Konservativ terapiya, korsetlar, jarrohlik yo‘li bilan tuzatish.
Erta tashxis nima uchun o‘ta muhim
 
Umurtqa pog‘onasi kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash davolashni erta bosqichlarda boshlash, asoratlarning oldini olish va yuqori hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi. Erta aralashuv ko‘pincha kamroq invaziv va samaraliroq bo‘ladi.
 
Mutaxassislarimiz va xizmatlarimiz
AKFA Medline University Hospital klinikasida umurtqa pog‘onasi kasalliklarini davolashda katta tajribaga ega yuqori malakali neyroxirurglar va ortopedlar ishlaydi. Biz zamonaviy diagnostika va davolash usullaridan, jumladan, mikroxirurgiya va endoskopik operatsiyalardan foydalanamiz. Markazimiz eng yaxshi natijalarni ta’minlash uchun ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan.

UMURTQA CHURRASIDAN QANDAY XALOS BO‘LISH MUMKIN?
Bugunoq konsultatsiyaga yoziling
Sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urishni keyinga qoldirmang. Mutaxassislarimiz qabuliga yozilish uchun bizga hoziroq qo‘ng‘iroq qiling. Biz sizga harakat quvonchini qaytarishga va og‘riqdan xalos bo‘lishga yordam beramiz.

 

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar