dr hasan
🏥kliniki*
Namangan shahrida neyroxirurg doktor Karanjin Singh Narang va onkolog doktor Devender Sharma ishtirokida bepul konsultatsiyalar o‘tkazildi
04.07.2017 · 👁 3,564

Namangan shahrida neyroxirurg doktor Karanjin Singh Narang va onkolog doktor Devender Sharma ishtirokida bepul konsultatsiyalar o‘tkazildi

NAMANGAN SHAHRIDA NEYROXIRURG DOKTOR KARANJIN SINGH NARANG VA ONKOLOG DOKTOR DEVENDER SHARMA ISHTIROKIDA BEPUL KONSULTATSIYALAR O‘TKAZILDI

«VITAMED MEDICAL» XK MChJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2017-yildagi «Sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2863-son qarori ijrosi yuzasidan, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazi, Hindistonning yetakchi klinikasi MEDANTA THE MEDICITY va Namangan viloyat onkologiya dispanseri o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida, shuningdek, 2017-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini amalga oshirishga muvofiq, joriy yilning 30-iyun kuni Namangan viloyat onkologiya markazida xayriya aksiyasi o‘tkazildi: dispanser shifokorlari MEDANTA THE MEDICITY klinikasi Neyroxirurgiya institutining neyroxirurgiya, spinal jarrohlik va bosh miyadagi miniinvaziv amaliyotlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Doktor Karanjit Singh Narang, MEDANTA THE MEDICITY klinikasi Onkologiya institutining onkologiya va onkogematologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Doktor Devender Sharma hamda VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazining plastik va qon tomir jarrohligi, xususan, gemangiomalar va qon tomir malformatsiyalarini davolash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, Grayfsvald universiteti (Germaniya) professori, tibbiyot fanlari doktori Sodiqov Rasul Rustamovich bilan birgalikda bepul konsultatsiyalar berdi.

Aksiya davomida jami 100 ga yaqin bemorga konsultatsiya berildi: ular orasida bosh miya, orqa miya, periferik nervlar va tayanch-harakat apparati patologiyasi, turli onkologik kasalliklar va ularning oqibatlari, xavfsiz qon tomir o‘smalari va gemangiomalari bor bemorlar bo‘ldi.

Yangiliklar, aksiyalar va chegirmalar haqida birinchilardan bo‘lib «Telegram»dagi kanalimiz orqali bilib oling: https://telegram.me/vitameduz

Sog‘ bo‘ling, yaqinlaringizni asrang!

Klinika xizmatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot:

+998 55 055 10 08

+998 55 055 10 08

www.vitamed.uz

 

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar