dr hasan
🏥kliniki*
Har bir erkak topshirishi kerak bo‘lgan tahlillar ro‘yxati
11.03.2019 · 👁 2,242

Har bir erkak topshirishi kerak bo‘lgan tahlillar ro‘yxati

Bayramlar arafasida shifokorlar kuchli jins vakillariga o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishni maslahat beradi.
 
So‘rovnomalar ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, ayollar o‘z sog‘lig‘ini erkaklarga qaraganda ancha sinchkovlik bilan kuzatib boradi. Masalan, shifokorlarga murojaatlar soni — hatto sababsiz, shunchaki tekshiruvdan o‘tish uchun. Insoniyatning kuchli yarmi vakillarining o‘ziga, aziz joniga e’tiborsizligi fojia bilan tugashi mumkin. Ekspertlarning fikricha, erkaklar umrining ayollar umridan ancha qisqa bo‘lishi sabablaridan biri aynan shunda yashiringan. Bayramlar arafasida shifokorlar erkak salomatligi haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga yordam beradigan beshta tahlildan iborat ro‘yxat tuzdi. Shikoyatlar bo‘lmasa ham, salomatlikning aynan shu ko‘rsatkichlarini doimo nazoratda ushlab turish kerak.
Birinchisi: xolesterin darajasi
 
Tibbiy laboratoriya ekspertining so‘zlariga ko‘ra, erkaklar uchun bilish zarur bo‘lgan eng muhim salomatlik ko‘rsatkichlaridan biri — qondagi xolesterin darajasi ko‘rsatkichi (yoki lipid profili deb ataladigan tahlil). Uni 35 yoshdan oshgan barcha erkaklar, shuningdek, hali bu yoshga yetmagan, lekin allaqachon ortiqcha vazni bor, ikkinchi turdagi qandli diabet bilan og‘rigan va qarindoshlarida u yoki bu yurak-qon tomir kasalliklari (stenokardiya, yurakning ishemik kasalligi, ateroskleroz va h.k.) bo‘lganlar topshirishi zarur. «Tekshiruv uchun venadan qon topshiriladi. Uning ma’lumotlari shifokorga organizmdagi yog‘ almashinuvi holati haqida tasavvur hosil qilish, yurak va qon tomirlar, shuningdek, jigar va o‘t pufagi kasalliklari paydo bo‘lish xavfini hisoblab chiqish imkonini beradi», - deydi Vladimir Muxin.
 
Odatda qondagi xolesterinning ikki turdagi ko‘rsatkichi tekshiriladi - yuqori zichlikdagi lipoproteinlar va past zichlikdagi lipoproteinlar. Xalq orasida ularni yaxshi va yomon xolesterin deb atashadi. Shifokorlar tomirlarda trombotik pilakchalar paydo bo‘lishiga olib keladigan ateroskleroz rivojlanishining sababini yomon xolesterin darajasining ortishidan izlashga moyil. Bundan tashqari, xolesterin darajasini bilish organizmdagi boshqa ko‘plab biologik jarayonlarni tushunish uchun ham muhim. Masalan, u jinsiy gormonlar, shuningdek, buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan stress gormoni — kortizol sintezida ishtirok etadi.
Ikkinchisi: muhim fermentlar
 
Ularga ALT va AST kiradi — ular modda almashinuvida ishtirok etadi. Ular ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi — hujayralarning yemirilish jarayoni boshlangani yoki ichki a’zolar (asosan — yurak mushagi yoki jigar) shikastlanayotgani haqidagi signal. Shu bilan birga, erkaklar ayollarga qaraganda zararli odatlarga ko‘proq moyil va sog‘lom ovqatlanish asoslariga kamroq amal qiladi, bu esa AST va ALT darajasining buzilishiga olib keladi. Me’yorda ALT ko‘rsatkichi 45 birlikdan (Birlik/l), AST esa – 47 dan (Birlik/l) oshmasligi kerak. «Bu ayollarnikidan biroz ko‘proq, chunki erkaklar sport bilan shug‘ullanganda jiddiy jismoniy yuklama oladi, og‘irroq jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi», - deb ta’kidlaydi ekspert.
 
Bu me’yoriy kattaliklar ko‘rsatkichlarining arzimas darajada oshishi hali hech qanday xavfli narsadan dalolat bermaydi. Masalan, bunday holat antibiotiklar yoki ayrim boshqa dorilar kursini o‘tagandan keyin yuz beradi. Biroq me’yor kuchli oshgan bo‘lsa, chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tish uchun asos bor (qaysi biridan — buni sizga shifokor aytadi). Yana — hech bo‘lmaganda vaqtincha hayotingizdan alkogol va nikotinni chiqarib tashlash, shuningdek, yog‘li ovqat iste’molini cheklash lozim.
Uchinchisi: testosteron
 
Ko‘pchilik erkaklar uchun testosteron darajasi ko‘rsatkichlari faqat ularning erkaklik quvvati barometri hisoblanadi. Aslida esa bu — butun organizm holatining barometri. Har qanday qon tomir muammolari birinchi navbatda potensiyada aks etadi. Shuning uchun erektil disfunksiya ko‘pincha odamda allaqachon qandli diabet, semizlik, ateroskleroz, metabolik sindrom va h.k. bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, gormonlar darajasidagi og‘ishlar hatto ancha yosh odamlarda ham yuz berishi mumkin, bu esa, jumladan, bepushtlik rivojlanishi xavfini ham tug‘diradi.
 
Erkakning gormonal fonidagi boshqa buzilishlardan ayollarga xos turdagi semizlik (yog‘ning son va ko‘krakda to‘planishi) dalolat berishi mumkin.
To‘rtinchisi: prostata-spetsifik antigen (PSA)
 
Erkak aholini dispanserizatsiya qilish dasturiga kiritilgan aynan shu onkomarker prostata saratonining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi; bu kasallik bugungi kunda rossiyalik erkaklardagi onkologik kasalliklar orasida ikkinchi o‘ringa chiqdi. Uning darajasiga qarab kasallikdan erta bosqichda, u ancha muvaffaqiyatli davolanadigan paytda shubhalanish mumkin. Qon tahlilini 40 yoshdan boshlab — yiliga bir marta topshirish kifoya.
Beshinchisi: najasdagi yashirin qon
 
Bu tahlilni muntazam topshirish har ikki jins vakillari uchun muhim. U orqali ichakning og‘ir patologiyalari, jumladan, kechki bosqichlargacha belgilar bilan namoyon bo‘lmaydigan onkologik jarayonlarning erta rivojlanishini aniqlash mumkin. «Qon oz miqdorda ajraladi va ichakda fermentlar ta’siriga uchraydi, natijada eritrotsitlar va gemoglobin rangini yo‘qotadi. Ularni faqat laboratoriya tekshiruvlari yo‘li bilan aniqlash mumkin», - deb aniqlik kiritadi ekspertimiz. Shunga qaramay, «ichak saratoni» tashxisini yuz foiz aniqlik bilan qo‘yish imkonini faqat kolonoskopiya beradi. Biroq najasni yashirin qonga tekshirish saraton darakchilarini — ichakdagi poliplarni aniqlashga yordam beradi, ulardan xalos bo‘lish esa og‘ir kasallik rivojlanishining oldini olish imkonini beradi.
 
...Ko‘rib turganingizdek, barcha tekshiruvlar ancha oddiy, ularni tezda topshirish mumkin. Shifokorlar erkaklarni o‘z sog‘lig‘iga beparvo bo‘lmaslikka chaqiradi.
 
Savollar bo‘yicha +998 55 055 10 03, +998 55 055 10 03 telefonlariga va Toshkent sh., Uchtepa tumani, 12-mavze, M. Shayxzoda ko‘chasi manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram kanal: https://t.me/urologic_uz
Maqolaning tibbiy eksperti
Абдусамадова Мадина Фаррух кизи
akusher-ginekolog · klinika «Urologic Complex»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 55 055 10 03 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar