shifonur
🏥kliniki*
«TRAVMATOLOGIYA-ORTOPEDIYADA ZAMONAVIY YECHIMLAR»
29.11.2018 · 👁 2,485

«TRAVMATOLOGIYA-ORTOPEDIYADA ZAMONAVIY YECHIMLAR»

VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazida «Travmatologiya-ortopediyada zamonaviy yechimlar» mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Seminar ishida 30 dan ortiq mutaxassis (ortopedlar, travmatologlar, jarrohlar, fizioterapevtlar va boshqalar) ishtirok etdi. Ular Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalarida, shahar klinik shifoxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-sanitariya birlashmasi tizimidagi davolash muassasalarida ishlaydi; Toshkent shahridagi xususiy tibbiyot muassasalari vakillari ham qatnashdi.

Seminar ishtirokchilari Latviya Respublikasining eng yirik travmatologiya-ortopediya va revmatologiya markazi – «ORTO» klinikasining yetakchi travmatolog-ortopedi, doktor VITOLDS YURKEVICHning ma’ruzasini tingladilar.

Seminarda ko‘tarilgan masalalar barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular muhokamada faol qatnashdilar.

Mehmonlar zamonaviy ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazi VITAMED MEDICALning texnologik imkoniyatlari bilan har tomonlama tanishdilar.

Seminarning barcha ishtirokchilariga belgilangan namunadagi tegishli sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, Dr. Valdis Yurkevich ishtirokida bepul konsultatsiyalar shaklida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida jami 30 dan ortiq bemor konsultatsiya oldi.

 

Yangiliklarni rasmiy saytimizda kuzatib boring: www.vitamed.uz
 

  Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda berishingiz mumkin – buning uchun elektron pochtaga so‘rov yuboring yoki biz bilan telefon orqali bog‘laning:

info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08

Telegram kanali - https://telegram.me/vitameduz

Tez yordam – 1063, (+998 78) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling, yaqinlaringizni asrang!

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar