Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
AKFA Medline’dan foydali maslahatlar
18.10.2023 · 👁 2,001

AKFA Medline’dan foydali maslahatlar

AKFA Medline’dan Siz uchun foydali maslahatlar.
⠀
Sog‘ayib ketgan bemorlar tobora ko‘paymoqda!
⠀
Ko‘pchilikda COVID-19 kasalligi yengil shaklda o‘tayotgani quvonarli. Reabilitatsiyadan so‘ng bemorlar faol turmush tarziga tez qaytmoqda.
⠀
Biroq koronavirus infeksiyasi, boshqa har qanday kasallik singari, izsiz o‘tib ketmaydi.
⠀
COVID-19 dan keyin qanday tiklanish kerak? Va bu qanchalik zarur?
⠀
Kasallik yengil kechganda nafas a’zolaringiz va immunitetingiz jiddiy zarar ko‘rmaydi, siz tez sog‘ayib ketasiz, shuning uchun xavotirlanishga hojat yo‘q.
⠀
Agar siz O‘SV (o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi) apparatiga ulangan bo‘lsangiz, reabilitatsiya 8 haftadan bir yilgacha davom etishi mumkin. Davolanishdan keyin o‘pka tiklanmaydi deb qo‘rqish kerak emas!
Nafas tizimi funksiyasi pasaygan bemorlar maxsus nafas gimnastikasini va shifokorning barcha zarur tavsiyalarini bajarib, to‘laqonli hayot kechirishi mumkin.
⠀
Keyingi reabilitatsiya hamda COVID-19 va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning profilaktikasi uchun fizioterapiyaga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
⠀
Tibbiyot markazimizda fizioterapevtik davolashning quyidagi turlarini taklif etamiz:
-Elektroforez
-HI-TOP terapiya
-Lazer terapiyasi
-Magnit terapiyasi
-UVCH-terapiya
-Ultratovush
-Massaj
-Balneoterapiya
-DJT (davolovchi jismoniy tarbiya)
-Va boshqa ko‘plab muolajalar
⠀
Infeksiya qaytishi va odam qayta kasallanishi mumkinmi — hozircha noma’lum, shuning uchun hushyor bo‘ling, JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha tavsiyalariga rioya qiling.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar