dr hasan
🏥kliniki*
Vitamed Medical klinikasidagi otorinolaringologiya bo‘limi
21.11.2017 · 👁 3,288

Vitamed Medical klinikasidagi otorinolaringologiya bo‘limi

Otorinolaringologiya sohasida tashxis qo‘yish uchun eng yangi tekshiruv usullari qo‘llanadi. Bular — burun bo‘shlig‘i, burun-halqum, hiqildoq va quloqning kompyuter hamda endoskopik diagnostikasi, ultratovush diagnostikasi, laboratoriya tahlillari.

VITAMED MEDICAL klinikasida quloq, tomoq, burun va burun yondosh bo‘shliqlari tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga zamonaviy, yuqori malakali poliklinika, statsionar va jarrohlik yordami ko‘rsatiladi, shuningdek, bu kasalliklarning oldini oluvchi profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.

Markazimizning texnik va ilmiy jihozlangani, shuningdek, LOR kasalliklarini aniqlash va davolashda eng yangi usullar hamda kompleks yondashuvning qo‘llanishi har bir bemorning sog‘ayishi uchun qulay muhit yaratadi.

Bizdagi uskunalar yordamida xavfli o‘smalarni erta aniqlash — diagnostika choralarida biz uchun ustuvor mezon.

LOR amaliyotida jarrohlik yo‘li bilan davolash unchalik ko‘p qo‘llanmaydi, chunki operatsiyaga konservativ davo natija bermagan yoki operatsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mutlaq ko‘rsatmalar bo‘lgan hollardagina murojaat qilinadi. Eng ko‘p tarqalgan aralashuvlar — tanglay murtaklarini lazer bilan destruksiya qilish, tonzillektomiya va adenoidlarni olib tashlash; shuningdek, biz burun yondosh bo‘shliqlari tizimining xavfsiz o‘smalari bo‘yicha endonazal endoskopik operatsiyalar o‘tkazamiz.

DAVOLASH USULLARI

Burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklari:

· burunning xavfsiz o‘smalarini olib tashlash;

· burun bo‘shlig‘ining rekonstruktiv-tiklovchi operatsiyalari (septoplastika, polipotomiya, pastki va o‘rta burun chig‘anoqlari plastikasi, pastki burun chig‘anoqlarini lazer bilan dezintegratsiya qilish va boshqalar);

· burun yondosh bo‘shliqlarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini konservativ va jarrohlik yo‘li bilan ( funksional endoskopik polisinusotomiya) davolash;

· Gaymoritni punksiyasiz davolash usuli.

Tomoq kasalliklari:

· surunkali tonzillitlarni jarrohlik va konservativ yo‘l bilan davolash;

· o‘tkir va surunkali faringit, laringitlarni davolash;

· halqum va hiqildoqning xavfsiz o‘smalarini olib tashlash;

· ovoz boylamlari poliplarini olib tashlash.

Quloq kasalliklari:

· o‘tkir va surunkali otitlarni davolash;

· eshitish pasayishini davolash;

· vestibulyar buzilishlarni davolash.

Maxsus davolash usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

· tiqinlarni chiqarish uchun tashqi eshituv yo‘lini yuvish;

· eshitishni yaxshilash uchun eshituv naylarini kateterlash;

· burunning oldingi va orqa tamponadasi, shuningdek, qon ketishini to‘xtatish uchun diodli lazerdan foydalanish;

· surunkali tonzillitda murtak lakunalarini yuvish va ferment preparatlarini murtak ichiga (intratonzillyar) yuborish;

· o‘tkir konduktiv eshitish pasayishini davolash uchun nog‘ora pardaning pnevmomassaji.

Klinikamiz LOR kasalliklarini ambulator va jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullarini, shuningdek, LOR jarrohligidagi endoskopik texnologiyalarni egallagan. Bu davolash natijalarida dunyoning eng yaxshi klinikalari standartiga erishish imkonini beradi.

ENDOSKOPIK JARROHLIK

Klinika statsionarida yuqori malakali mutaxassislar LOR patologiyalarini davolash bo‘yicha endoskopik usullar (Karl Storz, Zeiss, Modula-Europe) qo‘llangan holda katta hajmdagi jarrohlik amaliyotlarini bajaradi. Ilmiy ishlanmalar va zamonaviy apparatura qo‘llanadigan bu usullar a’zoni saqlab qolishni, operatsiya vaqtida a’zo va to‘qimalarning eng kam shikastlanishini ta’minlaydi, bu esa operatsiyadan keyingi davolanish va statsionarda yotish muddatini sezilarli qisqartirish imkonini beradi. Statsionardan chiqqach, bemorlar klinikamiz ambulatoriyasida dinamik kuzatuvda bo‘ladi.

VITAMED MEDICAL klinikasida yetakchi mutaxassislar qabul qiladi:

Ø Xudayberganov Said Igamberdiyevich, oliy toifali LOR shifokor

Ø Isakov Ulug‘bek Hasanovich, LOR shifokor

Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga istalgan vaqtda berishingiz mumkin: buning uchun elektron pochtaga so‘rov yuboring yoki biz bilan quyidagi telefonlar orqali bog‘laning:

info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08

Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz

Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03

Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!

Maqolaning tibbiy eksperti
Омонжонов Хусниддин Салохиддинович
otorinolaringolog (LOR) shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar