dr hasan
🏥kliniki*
Tez-tez qabziyat qiynayaptimi?
21.09.2022 · 👁 1,111

Tez-tez qabziyat qiynayaptimi?

❓ Tez-tez qabziyat qiynayaptimi? Nega bunday bo‘lishi mumkinligi va bu xavflimi-yo‘qmi, bu haqda 22 yillik ish stajiga ega gastroenterolog shifokor — Saipov Farrux Saydullayevich so‘zlab beradi.
 
«Xayrli kun, hurmatli obunachilar! Bugun biz nozik mavzu — qabziyat haqida gaplashamiz va uning kelib chiqish sabablarini ko‘rib chiqamiz.
 
Avvalo shuni aytmoqchimanki, qabziyat — bu me’yor emas. Bu ichakning sekretor va evakuator funksiyalari buzilganidan darak beruvchi belgilar majmuasidir. Qabziyat deb nafaqat haddan tashqari qattiq najasni, balki haftasiga 3 martadan kam hojatga chiqishni ham atash mumkin.
 
Asosiy sabablar:
 
• O‘simlik tolalari kam bo‘lgan ovqatlanish;
• Noto‘g‘ri ichimlik rejimi, ya’ni odam kam suyuqlik iste’mol qilganda;
• Tartibsiz yoki o‘zgarib turadigan ovqatlanish rejimi;
• Kamharakat turmush tarzi, keksa yosh, homiladorlik.
 
Endi esa xavfliroq sabablar haqida gaplashamiz:
• Yo‘g‘on ichak strikturalari (torayishi)
• Yo‘g‘on ichak saratoni
• Moddalar almashinuvidagi tizimli buzilishlar (gipotireoz, qandli diabet)
• Gemorroy va anal yoriqlar
• Ichak buralishi, atoniya, ta’sirlangan ichak sindromi
• Asab buzilishlari
 
Ko‘rib turganingizdek, sabablar beozor ham, hayot uchun xavfli ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmay, darhol gastroenterologga borgan ma’qul: u to‘g‘ri tashxis qo‘yadi va kasallik bo‘lsa, uni davolashga yordam beradi.
 
Sizni «Urologic Complex» klinikasida qabul qilishdan va oshqozon-ichak trakti muammolaridan xalos bo‘lishingizga yordam berishdan xursand bo‘laman».

Maqolaning tibbiy eksperti
Азизова Зулхумор Салохиддиновна
ginekolog-endokrinolog shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00