ONKOLOGIYADA MRT
Bugungi kunda onkologik kasalliklarni erta aniqlashga katta e’tibor qaratilmoqda, chunki to‘g‘ri tashxis qanchalik erta qo‘yilib, davolash qanchalik erta boshlansa, sog‘ayish va bemorning hayot sifatini yaxshilash imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, xastalikka qarshi kurashning keyingi taktikasini belgilash va kasallik oqibatini prognoz qilish uchun davolash jarayonida o‘sma holatini ishonchli kuzatib borish ham zarur.
Onkologiya amaliyotida tashxis qo‘yish va bemor holatini baholashning ishonchli usullaridan biri — magnit-rezonans tomografiya (MRT).
MRTning muhim afzalliklaridan biri– xavfsizligi. MRT tasvirlari magnit maydoni yordamida olinadi, u esa salbiy nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu tekshiruvni ko‘p marta, muntazam o‘tkazish imkonini beradi, bu esa o‘sma rivojlanishi dinamikasini kuzatish uchun ayniqsa muhim.
MRT o‘sma jarayonini aniqlash, uning joylashuvi, tarqalganligi va o‘lchamlarini belgilash, o‘sma bosqichini aniqlash, boshqa a’zolardagi metastazlarni topish uchun qo‘llanadi. Ushbu usul nur terapiyasi va kimyoterapiyadan keyin patologik jarayon dinamikasini xolis kuzatib borish imkonini beradi.
MRT, masalan, bosh miya o‘smasi bo‘yicha jarrohlik aralashuvini rejalashtirishda ajoyib ko‘makchiga aylanadi. Bu sohadagi operatsiyalar yuqori xavf bilan bog‘liq. MRT o‘sma chegaralarini va uning yondosh tuzilmalarga tarqalishini aniq belgilash imkonini beradi.
Kontrast preparat yuborish o‘sma chegaralarini yanada aniqroq belgilashga yordam beradi, uning xavfsiz yoki xavfli ekanligi haqida ko‘proq ma’lumot beradi, kontrastsiz tasvirlarda yomon ko‘rinadigan qo‘shimcha mayda o‘choqlarni aniqlashga ko‘maklashadi, ayrim hollarda esa (gipofiz, prostata bezining mayda hosilasiga shubha bo‘lganda) dinamik kontrastlashni qo‘llash o‘sma borligini tasdiqlash yoki inkor etishga yordam beradi.
Tomir rejimidan foydalanish patologik jarayonga tomirlarning qanchalik jalb etilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berishi mumkin.
Bularning barchasi jarrohga operatsiyaga tayyorgarlik jarayonida o‘z harakatlarini aniq rejalashtirish imkonini beradi. Oldindan olingan aniq ma’lumot bemorning hayotini saqlab qolishi mumkinligi shubhasiz.
Kimyoterapiya — bemorga o‘sma hujayralarini yo‘q qiladigan toksik preparatlar tayinlanadigan davolash turi. U ba’zan asosiy davo sifatida, boshqa hollarda esa — operatsiya kamroq shikastli bo‘lishi uchun o‘smani olib tashlashdan oldin uning o‘lchamlarini kichraytirish maqsadida qo‘llanadi. MRT yordamida jarroh o‘sma kerakli o‘lchamga yetgan va bemorni operatsiyaga tayyorlash mumkin bo‘lgan paytni aniq belgilay oladi. Axir bu muddat individual — barcha zarur o‘zgarishlar yuz beradigan aniq vaqt oralig‘i yo‘q, kimyoterapiyaning har bir ortiqcha kuni esa bemorga sog‘liq qo‘shmaydi, chunki bu preparatlar insonning sog‘lom hujayralari uchun ham zaharli.
Onkologiya amaliyotida MRT qo‘llanadigan sohalarni sanab o‘tamiz -bosh miya, ko‘z kosalari, burun yondosh bo‘shliqlari, so‘rg‘ichsimon o‘simta va quloq, hiqildoq, qalqonsimon bez, umurtqa pog‘onasi va skelet suyaklari, bo‘g‘imlar, qorin bo‘shlig‘i a’zolari, qorin parda orti bo‘shlig‘i va kichik tos, tashqi jinsiy a’zolar, har qanday joylashuvdagi yumshoq to‘qimalarning zararlanishi.
Ushbu usul ko‘p hollarda to‘liq ma’lumot beradi.
MRT nafaqat mahalliy o‘smani, balki metastazlar borligini ham aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, onkologiyada MRT kasallikni o‘z vaqtida aniqlabgina qolmay, davolashning eng maqbul taktikasini belgilash imkonini ham beradi.
VITAMED MEDICAL klinikasida tekshiruvlar MAGNETOM AERA, «Siemens» (Germaniya) magnit-rezonans tomografida o‘tkaziladi. Bu — eng murakkab diagnostik vazifalarni hal qilish uchun ekspert darajasidagi tekshiruvlarni o‘tkazish imkonini beradigan 1,5 T tizim. U 70 sm li ochiq tunnel va tizimning qisqa uzunligi (atigi 145 sm), shuningdek, shovqin darajasini pasaytiruvchi maxsus paket tufayli bemorlar uchun maksimal qulay sharoit yaratadi.
Yangi texnologiyalar qo‘llangani tufayli tizim butun tanani zamonaviy tekshirish uchun barcha imkoniyatlarni beradi.
Tekshiruvlarni oliy toifali yuqori malakali radiolog shifokorlar, tibbiyot fanlari nomzodlari o‘tkazadi.
Sizni qiziqtirgan savollarni har doim elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib berishingiz mumkin:
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
Qo‘shimcha ma’lumot:
Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 78) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →