Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Shifokorlar qaysi taom saraton hujayralarining aksariyatini "o‘ldirishini" aniqladi
23.11.2017 · 👁 2,919

Shifokorlar qaysi taom saraton hujayralarining aksariyatini "o‘ldirishini" aniqladi

Adelaida universiteti (Avstraliya) mutaxassislari laurin kislotasi (kokos moyining 50% ini tashkil etadi) odamlarda yo‘g‘on ichak saratoni hujayralarining 93% dan ortig‘ini davolashdan taxminan 48 soat o‘tgach yo‘q qilishi mumkinligini aniqladi, deb yozadi "Обозреватель".

Kokos moyi ko‘plab viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va parazitlarga qarshi kurashda tabiiy qurol hisoblanadi, shu bilan birga hazm qilish, jigar hamda teri va yaralarning bitishi uchun ham foydali. Bu mahsulot yaqinda yurak kasalliklari, Alsgeymer kasalligi va diabetga chalingan bemorlarni davolashda ham qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, kokos moyi tarkibida laurin kislotasi bor bo‘lib, u saraton hujayralarini zaharlashi, ayni paytda oksidlovchi stressni keltirib chiqarishi va shu tariqa saraton hujayralariga oksidlovchi stressdan yoki kislorod radikallarining ortiqcha ta’siridan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan glutation darajasini sezilarli pasaytirishi mumkin.

Laurin kislotasi odatda ona sutida bo‘ladi; bu immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega yog‘ kislotasidir.

Amerika ovqatlanish jamiyati o‘tkazgan tadqiqotlar organik kokos moyidagi yog‘ "diabet, osteoporoz, virusli kasalliklar (mononukleoz, gepatit C, gerpes), o‘t pufagi kasalliklari, Kron kasalligi, shuningdek saraton kabi holatlarni davolash va oldini olishda foydali bo‘lishi mumkin"ligini ko‘rsatdi.
Manba: www.segodnya.ua

 

 
 
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar