VITAMEDMEDICAL KLINIKASIDA YETAKCHI OTORINOLARINGOLOG AVERBUX VLADIMIR MIXAYLOVICH ISHTIROKIDA MASTER-KLASS.
2018-yil 3 va 4-noyabr kunlari VITAMED MEDICAL klinikasida «Burun yondosh bo‘shliqlari tizimi, burun-halqum va burun to‘sig‘i sohasidagi jarrohlik operatsiyalari, burun to‘sig‘i perforatsiyasi plastikasi» mavzusidagi master-klassning onlayn translyatsiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligining Otorinolaringologiya ilmiy-klinik markazi yetakchi otorinolaringologi, tibbiyot fanlari nomzodi Averbux Vladimir Mixaylovich ishtirok etadi.
Jarrohlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: burun bo‘shlig‘i, burun yondosh bo‘shliqlari, bosh suyagi asosi va halqumning funksional endoskopik jarrohligi.
Ilmiy qiziqishlar doirasi: bosh suyagi asosi va burun-halqumning xavfsiz o‘smalarini olib tashlash, funksional rinoplastika, bosh suyagi asosidagi likvor oqmalarini va burun to‘sig‘i perforatsiyalarini plastik yo‘l bilan yopish, uyqudagi obstruktiv apnoe sindromi va xurrak bo‘lgan bemorlarni kompleks tekshirish va davolash, postnazal sindromni davolash, NBI – endoskopiyani qo‘llab LOR – a’zolari o‘smalarini erta aniqlash.
Shuningdek, 5-noyabr kuni soat 8:30 dan 11:30 gacha doktor Averbux V.M. ishtirokida bemorlar konsultatsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konsultatsiyalar pullik. Oldindan yozilish shart.
Master-klassning onlayn translyatsiyasini tomosha qilishda ishtirok etishni istagan mutaxassislardan quyidagi telefonlar orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz:
+998 55 055 10 08,(+998 97) 155-96-33.
Onlayn translyatsiya VITAMED MEDICAL tibbiyot markazining konferens-zalida bo‘lib o‘tadi: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 109A. Mo‘ljal – «Asia Tashkent» mehmonxonasi.
Sog‘ bo‘ling, yaqinlaringizni asrang!
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →