shifonur
🏥kliniki*
Antibiotiklar koronavirusni davolaydimi?
24.07.2021 · 👁 1,161

Antibiotiklar koronavirusni davolaydimi?

Bugungi kunda odamlar koronavirusni davolash yoki uning oldini olish uchun antibiotik qabul qilayotgan holatlar ma’lum. Hisob-kitoblarga ko‘ra, antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida butun dunyoda har yili 700 000 kishi vafot etadi. Bu koronavirusdan o‘lim holatlari sonidan kam emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, antibiotiklardan foydalanish tartibga solinmasa, 2050-yilga borib yiliga 10 millionga yaqin odam vafot etishi mumkin.
 
- Avvalo shuni aytish kerakki, antibiotiklar koronavirusni davolamaydi. Antibiotiklar virusga ta’sir qilmaydigan antibakterial vositalar bo‘lgani uchun ular virusning tarqalishiga sharoit yaratadi, - dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Muhabbat Ibragimova. - Antibiotiklarni retseptsiz va tartibsiz qo‘llash shunga olib keladiki, ular chindan ham zarur bo‘lganda organizmga ta’sir qilmay qo‘yadi. Sababi — organizmda antibiotikka chidamlilik paydo bo‘lgan bo‘ladi.
 
JSST «antibiotiklarga chidamlilik» va «ko‘p dorilarga chidamlilik» atamalarini qo‘llaydi. Chidamlilik faqat bitta antibiotikka nisbatan yuzaga kelishi mumkin, ko‘p dorilarga chidamlilikda esa bemorga hech qaysi antibiotik ta’sir qilmaydi. Buning oqibatlari juda yomon.
 
Koronavirus endigina tarqala boshlaganida odamlar buni shamollash deb o‘ylab, shifokor retseptisiz antibiotik icha boshladi. Koronavirusda antibiotik qabul qilinsa, bu kasallikka hech qanday ta’sir qilmaydi. Chunki uni bakteriya emas, virus keltirib chiqaradi. Bemorning ahvoli og‘irlashadi, immuniteti zaiflashadi.
 
Bunday sharoitda bemorni uy sharoitida ukol va infuziyalar bilan davolash o‘lim bilan yakunlanishi xavfini tug‘diradi.
 
Yana bir gap. Antibiotiklarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash tananing boshqa a’zolari faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
 
Xususan, odamda jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, bu vositani o‘zboshimchalik bilan qo‘llash o‘limga olib kelishi mumkin. Eng yomon oqibat — anafilaktik shok, ya’ni bemor tezda halok bo‘ladigan allergik reaksiya.
 
Shuning uchun antibiotiklarni faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish kerak. Aks holda kasallikdan tuzalaman deb, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishingiz mumkin.

 

Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar