21.02.2017 · 👁 3,344
Kompyuter ko‘rish sindromi
Qabulga yozilish
Qo'ng'iroq qiling — qulay vaqtni tanlaymiz
VITAMED MEDICAL klinikasining 1-toifali shifokori – oftalmolog Abdulxakimova Rano Alisherovna sizni «Kompyuter ko‘rish sindromi» mavzusidagi maqola bilan tanishtiradi. Kompyuterning inson salomatligiga ta’siri haqidagi bahslar yarim asrdan beri tinmayapti. Oftalmolog shifokor sifatida ushbu maqolada siz bilan kompyuter ko‘rish sindromi mavzusini muhokama qilmoqchi edim. Bizning davrimizda kompyuter har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Kompyuter oldida bir xil holatda o‘tirib, nigohni ekrandan uzmay ko‘p vaqt o‘tkazar ekanmiz, ko‘zning yaqin masofada ishlashi bilan bog‘liq ko‘rish va ko‘z belgilari majmuasini his qilamiz. Boshlang‘ich bosqichda sindrom ko‘zning tez charchashi, qovoqlarning og‘irlashish hissi, tez-tez ko‘z pirpiratish bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, ahvol yomonlashishi mumkin. Shunda yorug‘likka sezuvchanlik rivojlanadi, ko‘zdan yosh oqishi paydo bo‘ladi. Shuningdek, bosh, bo‘yin, orqa, yelka sohasidagi noqulaylik va og‘riqlarga, shuningdek, ko‘zni harakatlantirgandagi yoqimsiz hislarga hamroh shikoyatlar bo‘ladi.
Kompyuter oldida ko‘p vaqt o‘tkazadigan odamlardagi barcha o‘xshash shikoyat va belgilarni birlashtirib, 1998-yilda amerikalik shifokorlar muomalaga yangi atama - kompyuter ko‘rish sindromini (Computer Vision Syndrome, CVS) kiritdilar.
Astenopiya (ko‘rish charchog‘i) - zo‘riqib ko‘rish ishidan so‘ng paydo bo‘ladigan, ko‘zdagi yoqimsiz hislar (sanchiq, achishish, qum tiqilgandek his, qizarish, ko‘rishning xiralashishi va boshq.) bilan kechadigan funksional buzilishlar.
Kompyuter ko‘rish sindromiga 12 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan odamlar eng ko‘p moyil. Asosiy shikoyatlar quyidagilar:
* ko‘zda achishish hissi,
* ko‘zda qum borligi hissi,
* ko‘z kosasi va peshona sohasidagi og‘riqlar,
* ko‘zni harakatlantirgandagi og‘riqlar,
* ko‘zning qizarishi,
* ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinish (diplopiya),
* yaqin buyumlardan uzoqdagilarga va aksincha qayta fokuslanishning sekinlashishi (akkomodatsiyaning buzilishi),
* ko‘rishning yomonlashishi,
* o‘qiganda tez charchash,
* bosh og‘rig‘i,
* jizzakilik,
* Mak-Kalax ko‘rish effekti yuzaga keladi. Agar nigohni ekrandan qora yoki oq buyumga ko‘chirsangiz, u ekranda ustun bo‘lgan rangga «bo‘yaladi».
Kompyuter ko‘rish sindromining oldini olish bo‘yicha maslahatlar
* Ishlash uchun maxsus kompyuter ko‘zoynaklaridan foydalaning.
* Kompyuter oldida ishlash vaqtini kuniga 4 soatdan oshmaydigan qilib cheklang.
* Yaqin masofada ishlaganda har 20-30 daqiqada albatta tanaffus qiling. Har bir soatlik zo‘riqib ishlashdan so‘ng ko‘zlaringizga 10-15 daqiqa dam bering. Eng yaxshisi - derazadan tashqariga qarash: nigohni yaqin buyumlardan uzoqdagilarga ko‘chirib, manzaradan zavqlanish yoki shunchaki osmonga qarash.
* Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish va oqilona ish tartibi katta ahamiyatga ega. Monitorning holati va yoritilganligini, shuningdek,
ish joyi va xonaning yoritilganligini sozlang. Yorug‘likning keskin o‘zgarishlaridan - masalan, monitori yorqin yoritilgan qorong‘i xonada ishlashdan saqlaning.
* Bolalar va o‘smirlar uchun qoidalarga rioya qilish ayniqsa muhim. Bolalarga shaxsiy kompyuter oldida faqat bilim olish maqsadida vaqt o‘tkazish tavsiya etiladi.
* Progressiv linzali maxsus ko‘zoynaklardan foydalaning, ularda aniq ko‘rish
zonasi turli masofalarda ishlaganda nigohning siljishiga mos keladi. ShKdan jadal foydalanuvchilarda bunday ko‘zoynaklarni qo‘llash ko‘rish charchog‘ini kamaytiradi. Foydalanuvchida ametropiya bo‘lsa, korreksiyalovchi ko‘zoynak taqish zarurligi haqidagi qarorni ko‘rikdan so‘ng oftalmolog shifokor qabul qiladi.
* Qulay holatda ishlang. Yaxshi ko‘rish va astenopiyaning oldini olish uchun yaxshi
qon ta’minoti muhim. Shuning uchun monitordan uzilganda jismoniy mashqlar yoki yoqa sohasini massaj qiling.
* Ko‘z uchun ko‘z yoshi o‘rnini bosuvchi maxsus tomchilardan foydalaning. Terapiyani tanlash uchun
albatta oftalmolog shifokor bilan maslahatlashing.
* Sanab o‘tilgan tavsiyalarga rioya qilinganda jizzakilik
va bosh og‘riqlari kamayadi, hissiy holat va ish qobiliyati yaxshilanadi.
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Sizni qiziqtirgan savollarni VITAMED MEDICAL klinikasi mutaxassislariga elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib, istalgan vaqtda berishingiz mumkin: info@vitamed.uz +998 55 055 10 08
Qo‘shimcha ma’lumot: www.vitamed.uz Telegramdagi kanal - https://telegram.me/vitameduz Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat:
+998 71 210-30-30
Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00