Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Churralar
09.06.2020 · 👁 1,829

Churralar

"Urologic Complex"da churralar haqida barcha foydali ma’lumotlar.
⠀
Qorin yoki qorin devori churrasi - bu ichki a’zo yoki uning bir qismining cho‘zilgan qorin pardasi bilan birga biriktiruvchi to‘qimadagi nuqson orqali teri ostiga bo‘rtib chiqishi.
⠀
Churra churra xaltasidan, churra darvozasidan - bu qorin devori payi yoki mushaklaridagi churra chiqadigan nuqson - hamda churra tarkibidan – churra xaltasida joylashgan a’zo yoki a’zoning bir qismidan iborat.
Qorin old devori churralari turli joylarda bo‘ladi. Ular qorin devorining zaif joylari deb ataladigan sohalarda – chov sohalari, kindik, qorinning yon devorlari, qorinning o‘rta chizig‘ida hosil bo‘ladi.
⠀
Churra paydo bo‘lishi bo‘yicha xavf guruhlari:
qorin old devori mushaklari zaif odamlar, bu katta yoshdagilar va kamharakat turmush tarzini olib boruvchilarga xos;
hazm tizimi kasalliklari borlar hamda tez-tez qabziyatga moyil bo‘lganlarning barchasi;
tez-tez og‘ir yuk ko‘tarishga yoki boshqa zo‘riqishli jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar;
prostata kasalliklari va siydik chiqarish muammolaridan aziyat chekadigan odamlar;
yo‘tal xurujlari bilan kechadigan nafas tizimining surunkali kasalliklaridan aziyat chekadiganlar.
⠀
Churra paydo bo‘lishining ikki asosiy sababi:
qorin old devoridagi mushaklar va biriktiruvchi to‘qimaning zaifligi;
qorin ichi bosimining oshishi – u odam yo‘talganda, kuchanganda, og‘ir yuk ko‘targanda, ya’ni qattiq zo‘riqishda oshadi.
⠀
Moyillik tug‘diruvchi omillar:
yosh – katta yoshdagi odamlarda ko‘proq uchraydi;
irsiy moyillik;
Marfan va Elers-Danlo sindromlari – biriktiruvchi to‘qima tuzilishining buzilishi va zaifligi;
homiladorlik – bachadonning kattalashishi mushaklar va to‘qimalarning cho‘zilishiga olib keladi;
keskin ozish;
assit - qorinda suyuqlik to‘planishi;
semizlik;
qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi jarrohlik operatsiyasi.
⠀
Churra nimasi bilan xavfli?
Churraning tez-tez uchraydigan asoratlaridan biri - qisilish. Bu holat hayot uchun xavfli bo‘lib, zudlik bilan jarrohlik aralashuvini talab qiladi.
⠀
JARROHLIK YO‘LI BILAN DAVOLASH
Hozirgi vaqtda jarrohlik arsenalida operativ aralashuvni eng yuqori samaradorlik va eng kam jarrohlik shikasti bilan bajarish imkonini beradigan vositalar va usullar yetarli.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar