Андролог и Я новый счетчик
🏥kliniki*
Jig‘ildon qaynashi nima?
29.07.2021 · 👁 1,123

Jig‘ildon qaynashi nima?

Jig‘ildon qaynashi — keksa odamlarda eng ko‘p uchraydigan holatlardan biri. Bu bemorda oshqozon-ichak yo‘lining turli nuqsonlari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, jig‘ildon qaynashini keltirib chiqaradigan omillar juda ko‘p.
 
Jig‘ildon qaynashiga olib keladigan asosiy omillardan biri — noto‘g‘ri ovqatlanish. Bunga me’yoridan ortiq ovqat yeyish, fast-fud, ovqatni yaxshi chaynamaslik va yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish kiradi. Shirin, achchiq, qovurilgan, sho‘r, yog‘li taomlar va spirtli ichimliklar iste’mol qilish ham jig‘ildon qaynashiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shokoladli qahva, yangi va nordon mevalar, qandolat mahsulotlari oshqozonda kislotalilikni oshiradigan mahsulotlar guruhiga kiradi.
 
Bundan tashqari, dori qabul qilish ham oshqozonda noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
 
Xalq vositalari va retseptlar
 
Suv. Oshqozon shilliq qavatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun ozroq iliq suv iching.
Ichimlik sodasi. Taxminan 1 choy qoshiq sodani 300 ml iliq suvda eriting. U kislotani neytrallaydi, ammo ta’siri uzoq davom etmaydi — kislotalilik yuqori bo‘lgan hollarda yordam bermasligi mumkin.
 
Faollashtirilgan ko‘mir. Bu homilador ayollar uchun ham qo‘llasa bo‘ladigan vosita. Ko‘mir ortiqcha kislotani shimib oladi va uni organizmdan chiqaradi. Yengil hollarda 3-4 ta tabletka yetarli, lekin yaxshi samara uchun 10 tagacha qabul qilish mumkin. Tabletkani suv bilan ichish yoki suvda eritish kerak.
Olma sirkasi. Uni albatta suvda eritish (yarim stakan suvga 1 choy qoshiq) va ovqatdan oldin ichish kerak. Sirka jig‘ildon qaynashining yengil shakllarida yaxshi natija beradi.
 
Guruch qaynatmasi (xo‘r). Achishishni asta-sekin bosadi. Qaynatma ichishdan oldin iliq joyda bir necha soat turishi kerak — shunda foydaliroq bo‘ladi.
Tuxum po‘chog‘i. Po‘choqni yaxshilab maydalab, kuniga uch mahal 0,5 choy qoshiqdan iste’mol qilish kerak.
 
Agar yuqorida sanab o‘tilgan sabablar bartaraf etilgandan keyin ham surunkali jig‘ildon qaynashi saqlanib qolsa, demak, bu oshqozon-ichak yo‘lidagi muammolar bilan bog‘liq. Shuning uchun kechiktirmasdan gastroenterolog ko‘rigidan o‘tish zarur.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar