dr hasan
🏥kliniki*
Artroskopiya
16.06.2020 · 👁 2,176

Artroskopiya

Bugun sizga artroskopiya haqidagi foydali ma’lumotlar bilan tanishishni taklif etamiz.
⠀
Artroskopiya – avvalgi faol hayotingizga tezda qaytish imkonini beradi.
⠀
Jiddiy sport – jarohatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ayrimlari kasbiy faoliyatni qayta boshlab bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin.
⠀
Jarrohlik aralashuvlarining klassik usullaridagi og‘ir oqibatlar va uzoq tiklanishdan cho‘chib – ko‘pchilik shifokorga borishni so‘nggi daqiqagacha kechiktiradi va og‘riqni yengib, o‘z maqsadi sari intiladi.
⠀
Artroskopiya – og‘riq, shish va harakat cheklanishi bilan kechadigan sport jarohatlari, bo‘g‘im apparatining maishiy shikastlanishlari, shuningdek quyidagi bo‘g‘imlarning turli kasalliklari bo‘lgan bemorlarni tekshirish va davolash uchun zamonaviy kam invaziv muolajadir:
-tizza
-chanoq-son
-boldir-oshiq
-tirsak
-bilak-kaft
-yelka
⠀
Minimal jarrohlik aralashuvining bu avaylovchi usuli – bo‘g‘im apparati holati haqida aniq va to‘liq ma’lumot olish hamda aniqlangan patologiyalarni shu zahoti tuzatish imkonini beradi, vaqtingiz, asabingiz va mablag‘ingizni tejaydi.
⠀
Asosiy afzalligi – bemorlarimiz aralashuvdan keyin deyarli ertasi kuniyoq harakatchanligini saqlagan holda klinikadan chiqib ketadi.
⠀
Bo‘g‘im shikastlanishlari turli-tuman bo‘ladi, shuning uchun sizga avvalo ortoped-travmatolog shifokor maslahati zarur:
1141 yoki 71 2033003
Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5A
Beruniy metro bekati.
www.akfamedline.uz
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar