
13.06.2018 · 👁 2,543
AKFA Medline Ucard tizimiga ulangan
AKFA Medline tibbiyot markazi Ucard mobil ilovasi formatidagi yagona jamg‘arma tizimi tarmog‘ida hamkor bo‘ldi! Endi bizning xizmatlarimizdan foydalanish Ucard bilan yanada foydali bo'ldi!
Ushbu tizim foydalanuvchilarga doimiy xaridlar orqali virtual hisobda naqd pul olish imkonini beradi. Siz to'plagan ballaringizni sarflashingiz yoki ularni do'stlaringiz va oilangiz hisoblariga o'tkazishingiz mumkin.
Shunisi e'tiborga loyiqki, buning uchun komissiya yo'q. Ushbu tizim yordamida siz AKFA Medline tibbiyot markazi tomonidan ko‘rsatiladigan muayyan xizmat uchun to‘lov amalga oshirib, ballaringizni ham oshirishingiz mumkin.
Android va iOS platformasi uchun Ucard mobil ilovasini quyidagi havoladan bepul yuklab olish mumkin:
https://itunes.apple.com/us/app/ucard/id1367088297
https://play.google.com/store/apps/details?id=alim.qwerty.ucard_client
Ucard haqida batafsil ma'lumot: www.ucard.uz