dr hasan
🏥kliniki*
Insultning 7 ta yashirin alomati
28.09.2021 · 👁 1,731

Insultning 7 ta yashirin alomati

Organizm holatidagi ayrim o‘zgarishlar insult alomati bo‘lib chiqishi mumkin, holbuki ularni boshqa, unchalik jiddiy va xavfli bo‘lmagan holatlarning ko‘rinishi deb o‘ylash oson.
Insult miyaning bir qismida me’yoriy qon ta’minoti to‘xtashini anglatadi – bunday holatda odam shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi. Shifokorlar ta’kidlashicha, insultga uchragan odam davoni qancha erta olsa, uning omon qolish va sog‘ayish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ular kattalarga insult belgilari haqida ko‘proq bilishni maslahat beradi, toki zarur paytda kasallikni darhol tanib, «Tez yordam» chaqirish mumkin bo‘lsin.
WebMD tibbiy portali ma’lumotiga ko‘ra, insultning asosiy alomatlari quyidagi o‘zgarishlardir.
Yuz. Asimmetrik bo‘lib qoladi, bir tomoni osilib tushadi, bunda ko‘z va og‘iz burchaklari pastga tushadi.
Qo‘llar. Jabrlangan odam ikkala qo‘lini bir vaqtda ko‘tarib, ko‘tarilgan holda ushlab tura olmaydi – birida kuchli holsizlik yoki uvishish paydo bo‘ladi.
Nutq. U noaniq, buzilgan bo‘lib qoladi yoki odam uyg‘oq ko‘rinishiga qaramay, umuman gapira olmasligi mumkin. Unga aytilayotgan gaplarni tushunishda qiyinchilik bo‘lishi mumkin.
Biroq portal ekspertlari yana shuni ta’kidlaydiki, insultdan darak berishi mumkin bo‘lgan, u qadar keskin bo‘lmagan alomatlar ham bor – ular ko‘pincha «sezilmay» qoladi, xavfsiz, jiddiy emas deb e’tiborsiz qoldiriladi yoki hatto e’tiborsizlik tufayli o‘tkazib yuboriladi.
  • Yuzdagi holsizlik, qovoq yoki labning osilishi.
  • Ko‘ngil aynishi.
  • Bosh aylanishi.
  • Uvishish.
  • Muvozanatni yo‘qotish.
  • Noaniq nutq.
  • Bosh og‘rig‘i.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yuqorida sanalgan muammolar ancha arzimasdek tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, insultlarda juda ko‘p uchraydi. Mutaxassislar ta’kidlaydi: o‘z ahvolingizni va tanadagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borish muhim, deb yozadi MedikForum.
Maqolaning tibbiy eksperti
Касимова Феруза Бахадировна
terapevt shifokor · klinika «Saba Darmon»
Qabulga yozilish va maslahat: +998 71 210-30-30 Qo'ng'iroq qilish
Ma'lumot tanishtirish xarakteriga ega. Alomatlar bo'lsa, shifokorga murojaat qiling.
Qabulga yozilish

Shifokorga murojaat qiling

Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.

📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →
Tashkent Medical Park
г.Ташкент, Учтепинский р-н, Chilonzor 12 кв., ул. М.Шайхзода, 7
Пн 08:30-20:00
← Barcha yangiliklar