Yurak kasalliklari haqidagi eng keng tarqalgan 5 ta afsona
Og‘ir kasalliklarning oqibatlaridan saqlanish uchun sog‘lig‘ingiz haqida hoziroq o‘ylab ko‘rish va yiliga kamida bir marta mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish kerak. Axir ba’zan kasallik o‘zini bildirmasligi mumkin yoki biz organizmimiz berayotgan signallarga shunchaki e’tibor bermaymiz.
Yurak kasalliklari xavfini baholashimizga xalaqit beradigan eng keng tarqalgan afsona va yanglish fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz:
Yurak kasalliklariga faqat keksa odamlar chalinadi
Nosog‘lom turmush tarzini olib boradigan va noto‘g‘ri ovqatlanadigan yoshlarda ham yurak kasalliklari rivojlanish xavfi bor. O‘tgan o‘n yilliklar statistikasi bilan solishtirganda, bugungi kunda yurak xurujidan 30–40 yoshdagi odamlar ko‘proq aziyat chekmoqda.
Yurak patologiyalari irsiy bo‘ladi. Ota-onangizda bunday kasallik bo‘lmagan bo‘lsa, Sizda ham bo‘lmaydi
Bu asosiy yanglish fikrlardan biri. Albatta, irsiy moyillik muhim o‘rin tutadi, ammo yurak xurujini keltirib chiqaradigan ko‘plab xavf omillari ham mavjud. Masalan, chekish, stresslar, yomon ekologiya va ovqatlanish.
Odamning vazni qancha katta bo‘lsa, u shuncha kam kasal bo‘ladi
Semizlikdan aziyat chekadigan odamda yurak mushaklari kasalligi va yuqori qon bosimi – kardiomiopatiya bo‘lishi mumkin. Vazn yo‘qotish qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Odam ozganida uning qon bosimi ham pasayadi.
Xolesterin darajasining oshishi yoki yuqori qon bosimi albatta o‘zini bildiradi
Eng keng tarqalgan xatolardan biri. Bu holatlar ogohlantiruvchi belgilar bermaydi, lekin yurak xuruji yoki insultga olib kelishi mumkin. Xolesterin darajasining oshishi arteriyalarni tiqib qo‘yishi va yurak yoki miyaga qon kelishini to‘sib qo‘yishi mumkin.
Ayollar yurak kasalliklaridan ko‘ra ko‘krak bezi saratoniga ko‘proq moyil
Yurak patologiyalaridan aziyat chekadigan ayollar soni saratonning barcha turlariga taalluqli ko‘rsatkichdan ancha yuqori. Shuning uchun ayollar ham o‘zini ehtiyot qilish uchun yurak kasalliklari belgilarini bilishi zarur. Shuni ta’kidlash joizki, chekish va kontratseptivlar qabul qilish xavfni 20% ga oshiradi.
Markazimizda tekshiruvdan o‘tib, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i haqida qayg‘uring!
Qabulga quyidagi telefon raqami orqali yozilish mumkin:
1141 yoki +998712033003
Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 5A
Beruniy metrosi.
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →