2017-YIL 29-IYUN KUNI VITAMED MEDICAL KLINIKASIDA «SHIFOKOR AMALIYOTIDA BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM. KOMBINATSIYALANGAN DORI VOSITALARINING AFZALLIKLARI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
2017-YIL 29-IYUN KUNI VITAMED MEDICAL KLINIKASIDA «SHIFOKOR AMALIYOTIDA BRONXOOBSTRUKTIV SINDROM. KOMBINATSIYALANGAN DORI VOSITALARINING AFZALLIKLARI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
2017-yil 29-iyun kuni VITAMED MEDICAL ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazida «Boehringer Ingelheim» farmatsevtika kompaniyasi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «Shifokor amaliyotida bronxoobstruktiv sindrom. Kombinatsiyalangan dori vositalarining afzalliklari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Seminar ishida 40 dan ortiq mutaxassis – umumiy amaliyot shifokorlari, terapevtlar, otorinolaringologlar, allergologlar, pulmonologlar, pediatrlar, laborant shifokorlar, sog‘liqni saqlash tashkilotchilari va boshqalar ishtirok etdi. Ular Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalarida, shahar klinik shifoxonalarida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-sanitariya birlashmasi tizimidagi davolash muassasalarida ishlaydi; Toshkent shahridagi xususiy tibbiyot muassasalari vakillari ham qatnashdi.
Davra suhbati ishtirokchilari VITAMED MEDICAL klinikasining pulmonolog shifokori, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti pulmonologiya kafedrasi assistenti, tibbiyot fanlari nomzodi Tashmetova Gulchehra Talipovnaning «Bronxoobstruktiv sindrom: klinik jihatlar» mavzusidagi taqdimotini hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Jambekova Gulnara Suleymanovnaning «O‘tkir bronxoobstruksiyada nebulayzer terapiyasi» mavzusidagi ma’ruza-taqdimotini tingladilar.
Davra suhbatida ko‘tarilgan masalalar barcha mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi, ular muhokamada faol qatnashdilar.
Seminar ishtirokchilariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Mehmonlar zamonaviy ko‘p tarmoqli davolash-diagnostika markazi VITAMED MEDICALning texnologik imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Sizni qiziqtirgan savollarni elektron pochtaga so‘rov yuborib yoki biz bilan telefon orqali bog‘lanib berishingiz mumkin:
info@vitamed.uz
+998 55 055 10 08
+998 55 055 10 08
Qo‘shimcha ma’lumot:
www.vitamed.uz
Telegram kanali - https://telegram.me/vitameduz
Tez yordam – 1063, (+998 71) 129-00-03
Sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizni asrang!
Shifokorga murojaat qiling
Maqoladagi ma'lumot umumiy xarakterga ega. Aniq tashxis va davolash rejasi uchun shifokor ko'rigi kerak — qo'ng'iroq qiling, qulay vaqtga yozib qo'yamiz.
📞+998 55 055 10 03 Onlayn yozilish →